..

Deepin linux hmm.....

Loyihani qo'llab quvvatlash uchub buyerga bosing

Bir yil avval xitoylik muhandirlar bilan bir uskuna ustida ishlashga to’g’ri kelib qolgan edi. Aniqrog’i O’zbekistonga birinchi marta xitoydan olib kelingan juda qimmatbaho uskuna texnik nosoz holatda yetib kelgan. Baxtni qarangki ushbu muammoni yechimi topish jamoamizdagi ikki kishiga nasib qildi.

O’sha vaqtda xitoylik muhandislar bir hafta o’zlari yasagan qurilmani titkilab hech vaqo topa olishmadi. O’sha kasallik tarqagan uxandagi birinchi covid markazni qurgan “Maccura biotechnology CO”ning deyarli barcha muhandislari uskunani titkilab ko’rishiga to’g’ri keldi. Lekin natija salbiy bo’lgan edi.

O’zbekistondan esa men va yana bir ustozim. Kalishdan pashshao’ldirgich yasagan o’zbeklar bitta uskunani remont qila olmasa uyatli dedikda uskunani ketvorgan ayol badanini istagan o’chko’zdek yechintirishni boshladik. Bir hafta bo’lmasada 2 sutka ichida muammo qaysi blokda ekanini topdik. Xitoyga yangi ehtiyot qism buyurtma qildik, bir oydan keyin esa o’sha qismni almashtirgach haq ekanimizni isbotlab berdik. Ungacha xitoy muhandislari bilan ancha-muncha bahsli vaziyatlar bo’ldi.

Ayanan o’shanda xitoy muhandislaridan anchagina ko’ngil qolgandi. Ayniqsa ularni ingliz tilini buzib gapirishi, katta bir korporatsiyada bittagina operatir chet tilidan xabardor ekani, muhandislar bloklar asosida ishlagani sabab qurilmaga qaraydigan umumiy muhandis yetishmasligi achinarli holat edi.

Lekin bugun xitoy dasturiy muhandislarining bir ishini kuzatganimdan so’ng fikrlarim yaxshilanishiga yana bir turtki bo’ldi. Albatta birgina kompaniya sabab butun mamlakatga baho berish xato, lekin ba’zida shu kichik omil ham katta oboroni to’kishga sabab bo’lishini unutmaslik lozim.

Fikrimni yaxshilashga “Deepin Technology CO”ning Deepin linux distributivi sabab bo’la oldi.

Avvalroq ushbu distrodan foydalanib ko’rmagan bo’lsamda u haqida doimo eng chiroyli operatsion tizim degan maqtovlarni eshitgan edim.

Chindan ham kompyuterimga ushbu osni o’rnatib ko’rgach go’zallik aslida nima ekanini yana bir bora his qildim.

Linux yadrosi asosida juda ko’p operatsion tizim (distributiv) lar qurilgan. Linuxdan foydalanmoqchi bo’lgan odamning oldida avvalo 6000dan ortiq distordan birini tanlash vazifasi yotadi. Hattoki siz top distrolar haqida izlanganizda ham kamchiqim tanlov o’ylantirib qo’yadi.

Masalan ubuntu: Bu linuxning eng ko’p qurilmalarni qo’llay oladigan, juda ko’p dasturlar jamlanmasiga ega distributivi. Yoki arch: Ushbu distro xuddiki qurilish mahsulotlariga o’xshaydi, nima qurishni o’zingiz hal qiladi.

Umuman olganda har bir linux distributivining o’z filosofiyasi mavjud. Filosofiyalar esa kamchiliklarsiz emas.

Ro’yxatni juda uzun davom ettirish mumkin. Soddaroq qilib aytaganda linux oddiy foydalanuvchilar ishlatishi uchun emas.

Lekin Deepin loyihasi muhandislari linuxdagi aynan yuqoridagi eng rasvo qobiqni yorib o’ta olishgan.

  1. Installler - Odatiy distrolardagi kabi murakkab jarayonlardan voz kechilgan. Shunchaki kerakli sozlamalarni tanlab ketish orqali operatsion tizimni ish faoliyatiga tayyorlash mumkin.

  2. Deepin uchun alohida ilovalar ishlab chiqishgan. Masalan deepin notes va deepin draw dasturlarini shunchaki yorib qo’yishipti.

  3. Ish stoli muhiti (DE) gnome yoki odatiy xfce emas balkim os uchun alohida yozilgan.

  4. Dock - Boshqa ish stoli muhiti va operatsion tizimlardagi kabi qo’pol emas. Juda sodda sodda va kerakli narsalar bilan jihozlangan.

  5. Sozlamalar - vanihoyat xuddi macosdagi kabi barchasi bir joyda va tushunarli tarzda joylashtirilgan.

  6. File manager - finder dasturi kabi juda ajoyib va ixcham ishlangan.

  7. App store - Har qanday ilovani hech qanday muammosiz o’rnatish mumkin. Na terminal na snap paketlar shart emas.

  8. Operatsion tizimdan foydalanish uchun qo’llanma - Sodda va rasmlar bilan to’laqonli tushuntirilgan.

  9. Driverlar - driverlarni avtomatik aniqlash va deepin serveri orqali o’rnatishni taklif qilish

  10. Brauzer - Endi rasvo mozillani chetka surib chrome o’rnatish shart emas. Dasturchilar vanihoyat mozilladan voz kechib chrome api asosida qulay brauzer qilishipti.

  11. Oddiy foydalanuvchi uchun kerakli barcha ilovalar birinchi o’rnatishni o’zidayoq mavjud.

Umuman men hozircha kamchiliklar ko’rmadim. Barchasi o’z o’rnida. Endilikda har qanday foydalanuvchi bemalol linuxdan foydalansa bo’ladi.

Operatsion tizim keng qamrovda huawei noutbooklarida qo’llaniladi va uni istalgan boshqa qurilmaga ham o’rnatish mumkin. Loyiha bugungi kunda xitoy hukumati tomonidan moliyalashtirilar ekan. Balkim yutuqning asosiy sababi ham shundadir. Unga shunchaki ko’ngilli dasturchilar safi bilan emas balkim qorni to’q dasturchilar ko’zi bilan qaray olishgan.

Bizda ham qachonlardir Doppix (Do’ppi kiygan linux) loyihasi mavjud edi. Keyinchalik adashmasam aynan moliyalashtirilmagani sabab loyiha to’xtatilgan. Deepin hukumatning o’rinli e’tibori nimalar qila olishini qaysidir jihatdan isbotlay ham olipti.

Men ushbu distributiv dasturchilari oldida shlyapamni yechdim. Ularga oddiylik, chiroy va qulaylik uchun tashakkur.