Frilanser — odam-kompaniya
Loyihani qo'llab quvvatlash uchub buyerga bosing
Keyingi ikki yil davomida jahoning eng yaxshi AT-kompaniyalari tarixi haqida muntazam ravishda hikoya qilib keldik, ularda o’nlab va hatto yuz minglab xodimlar mehnat qiladilar. Bugun har doim faqat bir odam ishlaydigan odam – kompaniya haqida hikoya qilishga qaror qildik. Bugun frilans hodisasi va frilanserlar haqida hikoya qilamiz.
Frilanser — odam-kompaniya
Frilanser (ingliz tilida freelancer — erkin tadbirkor, erkin ishbilarmon, yollanma xodim; ko’chma ma’noda — erkin rassom) — faqatgina ma’lum ishlarni bajarishga yollanadigan, ish beruvchi bilan uzoq muddatli shartnoma tuzmasdan ishni bajaruvchi kishi (shtatdan tashqari xodim). Autstaffing davomida ishlarni bajarish uchun taklif etilgan xodim ham frilanser hisoblanadi. Biror-bir kompaniyaning doimiy xodimi hisoblanmasdan, frilanser bir vaqtda turli mijozlar uchun buyurtmalarni bajarishi mumkin. Frilanser termini «o’rta asr yollanma jangchisini» ta’riflash uchun birinchi bor Valter Skottning «Ayvengo» romanida tilga olingan.
Frilanser ko’p hollarda — Internet, gazeta e’lonlari orqali yoki shaxsiy aloqalari yordamida (do’stlari, tanishlari, qarindoshlari va yaqinlari) o’z xizmatlarini o’zi taklif etadi. Frilans jurnalistika (matn yozish bilan bog’liq faoliyat boshqa turlari), kompyuterli dasturlashtirish hamda barcha ko’rinishidagi dizayn (reklama, veb-dizayn, interyer dizayni va shu kabilar), tarjima, turli xildagi maslahatlar berish faoliyati, xususiy foto va videosuratga olish kabi faoliyat turlarida, ayniqsa, keng tarqalgan.
Frilans-xizmatlar bozori hozirgi kunda Yevropa va Amerikada ancha keng rivojlangan va MDH davlatlarida jadal sur’atlarda rivojlanmoqda, o’z xizmatlarini taklif etuvchi ijrochilar hamda masofada bo’la turib, hamkorlik qilishga tayyor bo’lgan xususiy shaxslar va tashkilotlar qatorida borgan sari ko’proq yangi ishtirokchilar jalb etilib borilmoqda. Frilans-xizmatlar bozori tushunchasi rus tilida unchalik aniq va rasmiy hisoblanmaydi, balki ko’p ishlatiladigan va talabga ega hisoblanadi. Ushbu holatda, frilans tushunchasida o’z so’zi yo’q ekan, unda shunday tushunchani faqat bir necha so’zlar yoki buyurtmalar va xizmatlar bozorida (birjada) mehnat qilish, individual mehnat faoliyati (IMF) yoki xususiy tadbirkorlik faoliyati kabi iboralar bilangina ta’riflash mumkin.
Ijobiy tomonlari
Frilanser uchun
• Faqat o’z ishini bajarish.
• Maksimal darajada qulay ish sharoitlarini yaratish: ish vaqti, shaxsiy ish joyi, kiyimi, xona harorati rejimi va boshqalar.
Ish beruvchi uchun
• Ish joyida o’tkazgan vaqti soatlari uchun emas, balki faqat bajargan ishi uchun haq to’lash imkoniyati.
• Frilanserlardan foydalanish ish beruvchiga turli mintaqalardan yanada yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish, shu bilan birga, ofisda qimmat ish joyi tashkil qilmasdan, tejash imkonini beradi.
Internetda frilans
Frilans — bu masofada ishlash, uning mohiyati bir shaxs yoki firma ma’lum vazifani bajarishni yoki insonning doimiy ish bajarishni o’z zimmasiga olishidan iborat bo’lib u boshqa shaharda va hatto boshqa mamlakatda bo’lishi mumkin. Internet rivojlanishi bilan frilans keng tarqaldi: tarmoq va tegishli axborot va bank texnologiya-lari ba’zi toifa xodimlariga ofislarda kam paydo bo’lishlariga, hatto to’la uyda/masofadan turib ishlashlariga imkon yaratdi.
Hozirgi kunda internetda masofadan turib ishlab, maosh olib hayot kechiruvchi frilanserlar barqaror qatlami shakllandi. Frilans dizaynerlar, dasturchilar, optimizatorlar, kopirayterlar, tarjimonlar, hamkorlik dasturlari ishtirokchilari, injener-loyihachilar orasida keng tarqalgan. Frilanserlarga navbatdagi buyurtmalarni topishlariga yordam berishga mo’ljallangan ko’plab ixtisoslashtirilgan saytlar ishlab turibdi.
Frilans statistikasi
AQSH mehnat bo’yicha Departamenti, Mehnat statistikasi byurosining 2005-yil ma’lumotlari bo’yicha:
• AQSH’da taxminan 10,3 mln. ishchilar mustaqil pudratchilar (frilanserlar) hisoblanadilar.
• AQSH’ning 7,4 % ishchilarini frilanserlar tashkil etadi.
Salbiy tomonlari
Frilansda ko’plab ustunliklari mavjud, ular sababli ko’plab mutaxassislar ofisda ishlashni tashlab, masofadan ishlashga o’tadilar. Erkin ish grafigi, jahldor boshliqlarning yo’qligi, qiziqarli buyurtmalar va internet mavjud bo’lgan Yer kurrasining istagan joyida ishlash imkoniyati, bularning barchasi frilanser ishining juda qulayliklarini ta’minlaydi. Biroq barcha yerda bo’lgani kabi frilansda ham o’zining salbiy tomonlari va kamchiliklari mavjud, masofadan turib ishlash yordamida daromad qilishni istagan barcha bu haqida bilishi kerak.
1. Barqarorlikning yo’qligi. Frilanserning ish haqi — bu barqaror bo’lmagan oylik ish haqi, frilanserning daromadi butunlay bajarilgan buyurtmalar soni va xizmatlarga o’rnatilgan narxlarga bog’liq bo’ladi. Agar doimiy buyurtmalar bilan ta’minlovchi doimiy buyurtmachilar bo’lsa, frilanser juda yaxshi daromad olishi mumkin. Ammo agar doimiy buyurtmalar bo’lmasa, unda frilansdan daromad ham unga mos bo’ladi.
2. Buyurtmachilarni o’zi izlashi. Buyurtmachilarni rahbariyat yoki maxsus bo’lim izlash bilan shug’ullanadigan ofisda ishlashdan farqli ravishda, frilanserlar buyurtmachilarni o’zlari izlashlariga to’g’ri keladi. Boy portfoliosi va ijobiy obro’ga ega bo’lmagan, endi ish boshlayotgan frilanserlarga, ayniqsa, qiyin bo’ladi. Shu sababli ular buyurtmalar qidirishga va buyurma berishi mumkin bo’lganlar bilan muloqotda bo’lishga ko’p vaqt sarflashlariga to’g’ri keladi, katta mijozlar tarkibini yig’ishlari va o’zlarini doimiy buyurtmalar bilan ta’minlashlari uchun ular past narxlarni taklif etishga majbur bo’ladilar.
3. Ish vaqtini rejalashtirish. Buyurtmalarni muvaffaqiyatli bajarish va yaxshi daromad olish uchun har bir frilanser to’g’ri ish grafigini tuzishni bilishi kerak. Frilanserlarga ish vaqtini rejalashtirishga jiddiy e’tibor qaratishlariga va ko’pincha o’z ish bajarish grafiklarini ko’pchilik hollarda boshqa mintaqalarda joylashgan buyurtmachi ish vaqti soatlariga moslashtirishlariga to’g’ri keladi.
4. Jonli muloqotning yo’qligi. Jonli muloqot har bir inson uchun zarur va ushbu mazmunda frilans, afsuski, ofisda ishlashga nisbatan ancha farq qiladi. Frilanserlarning ko’pchiligi bir o’zi yolg’iz ishlaydi va ularning butun muloqotlari (hamkasblari va buyurtmachilar bilan) onlayn rejimida o’tadi. Ko’pchilik endi boshlovchi va tajribali frilanserlar uchun ushbu holat frilansning eng katta kamchiligi hisoblanadi.
5. Ijtimoiy kafolatlarning yo’qligi. Ofisda ishlashni tashlashdan qo’rqadigan ko’pchilik insonlar uchun ushbu holat frilansning eng jiddiy kamchilik tomonlaridan biri hisoblanadi. Past ish haqi va qattiqqo’l boshliqlarga qaramasdan, ofis xodimlari ijtimoiy kafolatlar (haq to’lanadigan kasallik varaqasi va ta’tillar, nafaqa to’lovlari) bilan ta’minlanganlar. Frilanser ushbu ijtimoiy imtiyozlardan foydalanish imkoniga ega emaslar va shuning uchun ular dam olishlariga o’zlari haq to’lashlari, shaxsiy «pensiya jamg’armasini» yaratishlariga va kasal bo’lmaslik uchun o’z salomatliklari haqida qayg’urishlariga to’g’ri keladi.
Frilanser bo’lish har kimga ham nasib bo’lmasligini aytib o’tish zarur. Faqatgina o’zini nazorat qilish hissi rivojlangan, kasbiy malakasiga hamda savdo bo’yicha menejer, buxgalter, xavflar menejeri bunga qo’shimcha yurist malakasiga ega bo’lgan intizomli insonlar frilanser bo’la oladilar.
Frilanser — odam-kompaniya. Ushbu insonning butun hayoti — biznes, biznes esa — butun hayotdir. U betob bo’lishga haqli emas, chunki hech kim unga betobligi uchun haq to’lamaydi. O’z daromadlari, xarajatlarini u o’zi rejalashtirishi, mijozlarni izlashi zarur. Xizmatlarini o’zi reklama qilishi kerak. Mana shunday insonning ishiga birgina salbiy bahoning o’zi ko’pincha yaqin kunlarda barcha mijozlaridan ajralib qolishini anglatadi. Frilanserlarda kun tartibi yo’q, shu kabi dam olish kunlari va bayramlar ham yo’q.
Кovorking
Kovorking (ingl. co-working, hamkorlikda ishlovchilar) — bu ishtirokchilar mustaqil va erkinliklaricha qolgan holda o’z faoliyatlari uchun umumiy muhitdan foydalanadigan ish modeli. Xususan, kovorking masofada ishlovchi xodimlar, tarjimonlar, dasturchilar, dizaynerlar va ish boshlayotgan tadbirkorlar, frilanserlar oarsida keng tarqalgan. Kovorking uyda ishlash va alohida ofisdan foydalanish o’rtasida oraliq o’rin egallaydi.Shu kabi hamkorlikda ishlash uchun har bir alohida muhitni ham kovorking deb ataladi.
Tarixi
2005-yilda yosh dasturchi Bred Nyuberg o’zining kasbiy o’sishi jarayonida zamonaviy va dolzarb tanlash muammosiga duch keladi. «Hozir mening tanlovim yoki ma’lum aniqlik va xodimlar bilan muloqot bilan ofisda ishlash yoki, o’zining erkinligi va mustaqilligi bilan frilans („erkin rassom“) bo’lishdan iborat. Lekin nima uchun unisiga ham va bunisiga ham ega bo’lishim mumkin emas?» — deb o’ylaydi u va ikkala variandan birgalikda foydalanadi. Ofis binosida katta xonani ijaraga olib, u o’zi kabi “erkin rassomlarga” unda ishlash uchun foydalanishni taklif etdi. Ish joyini tashkil qilish yangi sxemasini u kovorking (hamkorlikda ishlaymiz) deb atadi — hamkorlikdagi ofisda birgalikda ma’lum sonli frilanserlar va startap-jamoalar mehnat qiladilar.
Моdel
Odatda, hamkorlik ofislari oshxona, bir yoki bir necha suhbatlashish joylari va kerakli ofis uskunalari — Wi-Fi-internetdan tortib to printerlar va skanerlargacha jihozlangan katta xonalardan iborat bo’ladi. Doimiy asosda ushbu muhitdan foydalanuvchilarning har biri har oyda ma’lum miqdorda haq to’laydi, uning miqdori unga ish joyi butunlay biriktirilganligi, bo’sh bo’lgan stol yoki divandan foydalanishiga bog’liq bo’ladi. Ko’pchilik kovorking-ofislar bepul sinov ish kunini taqdim etadilar.
Аuditoriya
Коvorking ofislar frilanserlar uchun hamda xodimlari turli shaharlarda yoki mamlakatlarda mehnat qiluvchi kompaniyalar uchun ham qulay. Xususan, hamkorlikdagi ofislar o’zi uchun yangi hisoblangan bozorga endi kirib kelayotganlar (begona shaharda yoki mamlakatda) va shu bilan bir vaqtda to’laqonli ofisni ijaraga olishga etarli mablag’ga ega bo’lmaganlar uchun eng mos echim bo’lib qolishi mumkin.
Коvorking madaniyati
Коvorking kasbiga ham va ishtirokchining mavqeiga ham va xona va hamjamiyatning kengligiga ham hech qanday alohida cheklashlar qo’ymaydi. Kovorking harakati ishtirokchilari «Open source»dan o’z hamkasblari ruhida harakat qiladilar: ular umumiy veb-saytlarda o’z tajribalari va g’oyalarini o’rtoqlashadilar.
Ustunliklari
• Hamjamiyat. Boshqa insonlar bilan muloqotda bo’lish — bizning kompyuterlashgan jamiyatimizda yuqori qimmatga egaligi. Hamkorlik ofisi yangi biznes-aloqalarni o’rnatishga, doimiy ravishda g’oyalar va tajriba almashishga imkon beradi.
• Kasbiy rivojlanish. Ko’plab kovorking-muhitlar ta’lim olish muntazam dasturini tashkil qiladilar.
• O’zaro yordam va loyihalarni jadallashtirish. Shunday ofisda katta loyiha bo’yicha jamoani to’plash bu ishni mustaqil bajarishga qaraganda ancha engil. Kovorking-hamkorlik ishning turli jihatlari bo’yicha mentorlik (maslahatlari) yordamini topishga imkon beradi.
• Qulay muhit. Ish bajarishga yo’nalganlik, yuqoridan nazoratning yo’qligi va manfaatlari bo’yicha birlashgan hamjamiyat ishlash uchun qulay sharoitlar yaratadi.
Kаmchiliklari
• Qimmatligi. Uyda ishlashga qaraganda kovorking-markazgacha va uyga qaytishga vaqt va yo’lkira haqi talab qilinadi.
• Хavfsizlik. Jamoatchilik joylarida o’z buyumlarini ehtiyot qilish kerak.
• Shovqin va e’tiborni tortuvchi hodisalar. Kovorkingda alohida ofisdagiga qaraganda, diqqatni jamlash qiyinroq bdir.