..

Nokia - Ajdarning o'limi

Loyihani qo'llab quvvatlash uchub buyerga bosing

Bugun ushbu brendni eshitgan odam xayoliga birinchi navbatda nostalgiya kelsa kerak. Tarixni eslab ko’z yoz qilishga shoshilmang. Nokia hali ham biz bilan, katta kompaniyalardan boshlab Ilon Mask tirikchiligigacha shularga bog’liq.

Avvalo kompaniyaning o’z tarixidan boshlasak. Qadim-qadim zamonlarda 19-asrning ikkinchi yarmida, Finlandiyaning chekka bir qishlog’ida Frederik Idestam ismli amaki kompaniyaga asos solgan. Nokia avvaliga yog’ochni qayta ishlash ya’ni qozog’ ishlab chiqarish bilan shug’ullangan. Kompani nomi Finlandiyadagi Nokianvirta daryosi nomidan kelib chiqqan. Fincha nois ko’plikda esa nokia - qora suvsar ma’nosini anglatadi.

Nokianvirta

1896-yildan boshlab kompaniya elektronika dunyosiga kirib kela boshlagan. Ularning birinchi navbatdagi mahsulotlari elektr energiyasi va uning taqsimoti uchun kabellar ishlab chiqarish bo’ldi. Albatta keyinchalik buning o’zi bilanoq cheklanib qolishmadi, velosiped&avtomobil va ular uchun ehtiyor qismlar, shinalar, harbiy aslahalargacha yetkazib berishgan.

Nokia etiklarini kiygan bo’larmidingiz?

1960-yilga kelib AT&T tomonidan tijorat modemlari, 1963-yilda esa Bell System tomonidan birinchi radiotelefon taqdim etildi. Nokia esa butun dunyoni hayratga solgan holda 1969-yilda impulslarni modulatsiya qiluvchi uskuna asosida raqamli telefoniyani taqdim qilib qo’ya qoldi. 1970-yilda esa Nokia DX 200 avtonom telefon stansiyasini kommunikatsiya bozoriga chiqarishdi. Shu orqali kompaniya yangi avlod texnologiya bozorida peshqadamlarning biriga aylanishni boshladi. Shuningdek o’sha davr miqyosida nokia birinchi marotaba ARPni dunyoga taqdim etdi. ARP bu avtomobillarda qo’llanilgan radiotelefoniya standarti hisoblanadi.

Nokia tomonidan ishlab chiqilgan harbiy xabar almashuvchi qurilma

Nokia kompyuter qurilmalari olamini ham chetlab o’tmagan. 1981-yil 29-sentabrda birinchi shaxsiy kompyuter MikroMikkoni taqdim etishdi. Keyinchalik ushbu kompyuter Fujitsu tomonidan ErgoPro markasi ostida ishlab chiqarilgan.

Mobil telefonlarga keladigan bo’lsak. Nokiani bu qismda alohida e’tiborga olmaslik imkoni yo’q. 1991-yilda birinchi GSM telefon Nokia 1011 ishlab chiqarilgan bo’lsa, deyarli 25-yildirki butun dunyoning katta qismini o’zlarining ushbu turdagi qurilmalari bilan to’ldirishdi. Bugungi kungacha kompaniya o’zining mijozlariga 600dan ortiq turli modellarni taqdim etgan (tasavvurga sig’dirish oson emas).

Lekin aynan mobil telefonlar masalasi nokianing jahon bozoridan ketishiga majbur qildi. Albatta MicroSoftdek kompaniya uni vayron qilmaganiga hozir hammasi boshqacha bo’lardi.

2008-yilgi xalqaro krizis davri nokia uchun ham zarar yetkazmasdan qolmagan. Shuningdek aynan o’sha davrlarda Apple tomonidan yaxgi taqdim etilgan Iphone, Googlening androidlari bozorning katta qismini egallashni boshlagan edi. Iphone birinchi versiyasi taqdim qilingandayoq nokia mahsulotlarning sotuv hajmi 53%ga tushib ketgan edi.

Qulash davrida Yorma Ollila kompaniyaga rahbarlik qilgan. Aynan shu inson sababli jahon hamjamiyati katta miqdordagi nokia telefonlariga ega bo’lgan. Boshlang’ich krizisda Yorma vaziyatdan chiqish uchun turli yo’llarni qidirishni boshlaydi, asosiy navbatda u symbian hech qachon android yoki ios bilan raqobat qila olmasligini bilar edi. Shu sababli nokia o’zining Maemo tizimini ishlab chiqishni boshlaydi. Albatta kompaniya boshida ushbu tizim uchun yetarlicha sarmoya kiritmagan. Buning o’rniga ular boshqaruv tizimini ya’ni rahbariyatni yaxshilash borasida bosh qotirishgan. Boshqaruv uchun esa Risto Siylasmani taklif etgan. Risto mantiqiy jihatdan yaxshi kadr edi. Chunki aynan shu inson tomonidan symbian os uchun antiviruslar, xavfsizlik qismlari ishlab chiqarilgan. Shuningdek Risto boshqaruvga kelgan vaqtining o’zidayoq kompaniyaning yaxshi bir muammosini aniqlay olgan. Aniqroq aytadigan bo’lsam nokiada har bir qurilmani ishlab chiqarish uchun alohida jamoalar, jamoa ichida alohida muhandislar, analitiklar, marketologlar faoliyat yuritgan. Qurilma bir biriga yaqin prinsipda ishlab chiqilgan bo’lsada dasturiy qism alohida sanalgan. Shuningdek turli jamoalar har doim ham bir birlari bilan yaqin aloqada bo’lishmagan. Masalan nokianing biror bir qurilmasida muammo chiqadigan bo’lsa va xuddi shu muammo boshqa qurilmada ham uchrasa, buni to’g’rilash uchun odatda jamoalar turliligi sabab ko’proq vaqt ketgan, ba’zida shundayligicha qolgan.

Risto Siylasma

Risto esa umumlashtirish taklifini kiritadi. Eslatib o’tish kerak bu takliflardan avval, ya’ni aynan shu inqiroz boshinig o’zidayoq kompaniya kapitali 111 milliard dollarga ega edi, ayni damda esa 30 milliard dollar.

2008, 2009-yillar ham nokia uchun juda qayg’uli darajada omadsiz keldi deb bo’lmaydi. Samsung yangi avlod telefonlarida sifatli ekranlar taqdim etgan vaqtda, nokia undan orqada qolishni boshlagan edi. Lekin sunday holatda ham kompaniya bundan katta miqdorda zarar ko’rmagan. Aniqrog’i bu ikki yildan foyda bilan chiqishgan.

Aynan shu sababli ikki rahbar fikrlari o’rtasida turli ziddiyatlar chiqishni boshlagan. Raqobatchilardan yaxshi modellar chiqib kelishi nokiani o’ldira olmadi. Yorma kompaniyani o’z holicha qoldirishni istadi. Risto esa zaruriy holat bilan strukturani to’liq almashtish fikrida edi.

O’sha davrlarda Nokia jahon bozori sifatida Shimoliy Amerikani ham qo’lgan olishni rejalashtirgan edi. Ularga esa Amerika xarakteridan yaxshi xabardor inson kerak edi. Bu uchun Microsoftdan Stiven Elop tanlab olindi.

Elop kompaniyalar uchun daromad olib keladigan oltin baliq sifatida ko’rilgan doim. Masalan Macromediada rahbarlik qilgan vaqtida Macromedia Flash player orqali Adobega juda katta daromad keltira olgan. Shuningdek “Jupiter Networks”dagi bir yillik faoliyati davomida kompaniya aksiyalarini 75%ga ko’tara olgan. Keyinchalik Microsoftda ham Office mahsulotlari sotish masalasida faoliyat olib borgan. Nokia aynan shu sababli ushbu insonni taklif qilishni yaxshi yechim deb qaraydi.

Elopni nokiaga Yorma amaki taklif qiladi. Bu taklif uchun esa shunchaki ishga kirishning o’ziga Elopga 6 million dollar pul mablag’i beriladi. Tasavvur qilib ko’ring biror kompaniyaga ishga kirishga rozi bo’lganingiz uchungina sizga 6 million dollar pul to’lashsa :)

Stiven Elop

Yangi xodimning tashrifi kompaniya uchun omad keltirdi deb bo’lmaydi. Elop, Risto va Yorma o’rtasidagi ziddiyatdan foydalana oldi. U Risto bilan ittifoqdosh bo’ldi. Shuningdek yana bir qiziq tomoni Yorma uchun direktorlar kengisha bilan uchrashishga ham ruxsat bermadi. Bu orqali esa nokia imkoniyatlarini o’rganishni boshlaydi. Nokia qulashni boshlagan edi, lekin chala jon jangchi bo’lsada butun dunyo bozorining 31% qismiga egalik qilardi. Ya’ni har qanday holatda ham nokiani qulatish imkoni yo’q edi. Lekin uni qulatishdi.

Elop faktlar va raqamlar orqali manipulatsiya qilishni boshladi. Statistikalarni rasvo holatda ko’rsatib nokiani android va applega raqobat qila oladigan yangilik qilishga jalb qila boshladi. Meegoni esa muvaffaqiyatsiz loyihaga chiqardi. Aslidachi? Aslida barchasi unday bo’lmagan. Nokiada raqobatchilarda mavjud bo’lmagan va boshqalar qila olmaydigan o’ziga xos texnologiyalar ham bor edi. Modemlar, akkumlyatorlar, kameralar. Ulardagi yagona kamchilik dasturiy qismda edi xolos. Ammo bu muammoni meego va maemo hal etishi kerak edi. Meego o’z davri uchun juda yaxshi operatsion tizim bo’lgan. Chiroyli, qulay va tezkorlik bilan ishlar edi. Elop esa Meego asosidagi qurilmalarni qimmatlikda ayblash va ular uchun yetkaziladigan ilovalarni ta’minlash imkonsizligini bahona sifatida olishni boshladi. Lekin meego qurilmalar o’sha davrda android va appledan arzon bo’lgan. Meego&Maemo uchun ilovalar ishlab chiqarish ham muammo emas edi. Shuningdek ushbu opratsion tizim linux debian asosida qurilgani sabab android va desktop ilovalarni osonlikcha o’qitish imkoni mavjud edi.

Maemo ishchi stolidan namuna

Boshqa bir operatsion tizim sifati Android bor edi. Lekin google to’liq boshqaruvchi hech qachon nokiaga taqdim etmas edi. Shu sababli yechim sifatida birgina variant windowsga o’tish taklifi kiritildi :)

Mobil Windows bu kompyuter uchun ishlab chiqarilgan versiyaning juda ko’p qismini olib tashlangan varianti bo’lgan. Nokia qurilmalarida ushbu operatsion tizimdan foydalanganlar boshida mamnun edi. Chunki operatsion tizim sekinlashmasdan ishlar edi. Mantiqan to’g’ri, hech vaqosi bo’lmagan tizim qanday sekinlashsin?

Windows mobileda kamchiliklar avvalgi symbian yoki meego&maemodan ham ko’proq edi. Meego&Maemo opensource asosida qurilgani sababli hamjamiyat tomonidan kamchiliklar to’g’rilash tezkorlik bilan amalga oshirilardi. Windowsda esa buning imkoni yo’q. Aynan shu sabab windows mobiledagi kamchiliklar to’g’rilanishini mijozlar bir necha yillar kutishdi.

2011-yillarga kelib nokiada bir necha turdagi shaxsiy operatsion tizimlar bo’lgan:

symbian: Smartfonlar uchun

s30 va s40: Oddiy telefonlar uchun

meego: smartfon, noutbuk, planshet va televizorlar uchun

maemo: n seriyalali qurilmalar uchun

meltemi: arzon smartfonlar uchun sysbianga alternativ

Rahbariyat esa muammolarga ko’ndalang yechim topish uchun konkret savollarni berishni boshladilar. O’zlaridagi operatsion tizilarni saqlab qolishlari kerakmi yoki boshqa bir operatsion tizimga o’tish? Agarda boshqa turdagi operatsion tizimga to’laqonli o’tishmoqchi bo’lishsa bu konkret android bo’ladimi yoki windows?

Elop symbian va boshqa operatsion tizimladan voz kechgan holda windows foydasiga ishlash taklifini olg’a suradi albatta. Nokia investorlari va boshqa rahbarlar esa bunga qarshiliklaricha qolishgan edi. Elop bunday vaziyatdan chiqish uchun aynan shu yilning feval oyida butun kompaniya xodimlariga elektron xabar yo’llaydi.

Xabarda Elop kompaniyani muzlagan okegan ustida yonayotgan neft platformasiga qiyoslaydi. Xodimlarga esa ikkisidan birini tanlash savolini qoldiradi. Ya’ni olovda yonish yoki suvda cho’kish. Shuningdek u apple, android va xitoyning turli kompaniyalari ulardan uzib ketayotgani, nokia esa texnologik jarayonda orqada ketayotganini ham ta’kidlaydi.

Xodimlarga yuborilgan xabar tasodifan OAVgacha yetib boradi va “Nokia bosh direktori o’z mahsulotlari sifatsiz va raqobatbardosh emas deb o’ylaydi” sarlavhasi ostida chop etiladi. Bu esa nokianing o’limi edi…

Keyinchalik nima bo’lganidan xabaringiz bo’lsa kerak. Nokia to’laqonli windowsga o’tdi. Birinchi mahsulot sifatida esa lumia 800 taqdim etildi. Ihtehzo qiladigan bo’lsak bu meego asosida qurilgan n9 edi aslida. Faqatgina yangi OS va korpusda windows logotipi tushirilgan holatda. Qachonlardir nokia voz kechgan model.

Nokia o’zi tanlagan yangi operatsion tizimda ko’p ham yashay olmadi. Microsoft atiga 5 milliard dollarga brend va unga tegishli potentlarni sotib oldi. Elop ham bundan foyda ko’rdi. Kompaniya sotilganidan so’ng salkam 10 million yevro premiya, 4 million yevro kompensatsiya, 20 million yevro hajmga ega nokia aksiyalari va 1.4 million yevroga ega oylik. Aniq aytadigan bo’lsak Stiven Elop nokia sotilishidan umumiy 33 86 0000 yevro foyda ko’rdi. Microsoft Elopni ko’p ham olib qolmadi. Keyinchalik kadrlar qisqaruvi bahonasida ishdan bo’shatib yuborishdi.

Noki brendi albatta bugun ham tirik. Mobil telefonlar bozorining 1% qismini ham egallay olmagan. Daromad sifatida esa asosan 5G orqali kun ko’rmoqda. Nokianing sodiq va yaxshi injinerlari sabab 5G ham ular tomonidan rivojlantirilmoqda.

Achinarlisi esa nokia degan nom maktab laboratoriyasiga o’xshash joyda qolgan xolos.