..

Ubuntu va vanilla gnome

Loyihani qo'llab quvvatlash uchub buyerga bosing

Ubuntu distributivi ixlosmandlari 18.04 versiyadan so’ng ko’ngillari ancha sovigani tabiiy, chuni Cannonical tomonidan oxirgi versiyalarda radikal o’rgarishlar amalga oshirilmoqda. Masalan gtkning to’liq port qilinmagani yoki ko’plab ilvalar snap asosida ishlayotgani bunga misol. Shuningdek ubuntuning qizil mavzusi allaqachon hammani zeriktirgan. Ho’sh bulardan qanday qutilish mumkin? Bugun birgalikda aynan shu mavzuni ko’rib chiqamiz.

Ushbu blogpostni yozishga sabab mening o’zimdagi sabab 4k monitor bo’ldi, chunki hdpi monitorlarini hozircha xfce, lxqt va shunga o’xshash minimal desktop enviromentlar qo’llab quvvatlamayapti (lubuntu mening kumirim edi).

Ishni boshlash uchun yangi distributiv o’rnatish tavsiya etiladi, mendagi tanlov ayni damda ubuntu 22.04 LTS.

Snapni to’liq o’chirish

Snap albatta Bentley avtomobillariga Moskvich 420 dvigatelini qo’yishga o’xshaydi, undagi vurtualizatsiya sababli ilovalar chidab bo’lmas darajada sekin ishlaydi. Shuningdek boshqa ko’plab cheklovlargayam kelajakda duch kelish mumkin. Bularni bartaraf etishning oson yo’li undan voz kechish.

Avvalo snapd orqali o’rnatilgan ilovalar ro’yxatini aniqlaymiz:

snap list

Yuqoridagi ro’yxatga asoslanib snap orqali o’rnatilgan barcha ilovalarni o’chiramiz:

sudo snap remove --purge firefox 
sudo snap remove --purge snap-store 
sudo snap remove --purge gnome-3-38-2004 
sudo snap remove --purge gtk-common-themes 
sudo snap remove --purge snapd-desktop-integration 
sudo snap remove --purge gnome-42-2204 
sudo snap remove --purge bare 
sudo snap remove --purge core20 
sudo snap remove --purge core22 
sudo snap remove --purge snapd 

Snap orqali o’rnatilgan ilovalar o’chirilgan snapd’ning o’zini apt orqali o’chiramiz:

sudo apt remove --autoremove snapd 

Snapd o’chirilgani bilan keyinchalik ubuntu yangilanishlarida apt tomonidan qayta o’rnatiladi shu sababli apt uchun snapni o’rnatishga cheklov qo’yish lozim:

sudo -H gedit /etc/apt/preferences.d/nosnap.pref

Yuqoridagi faylga quyidagilarni kiritamiz va saqlaymiz:

Package: snapd  
Pin: release a=*  
Pin-Priority:  -10

Apt uchun yangilanish beramiz:

sudo apt update

Agarda sizga firefox keyinchalik kerak bo’lsa uni mozillaning o’zining repozitoriyasidan o’rnatish uchun alohida sozlamalar kiritish lozim, bu uchun quyidagi buyruqlar ketma-ketligini amalga oshiramiz.

sudo apt install --install-suggests gnome-software
sudo add-apt-repository ppa:mozillateam/ppa
sudo apt update
sudo apt install -t 'o=LP-PPA-mozillateam' firefox

Firefox apt orqali o’rnatilganiga qaramasdan endigi holatda yangilanishlar olmaydi yoki snap orqali yangilanish so’rab muammo chiqarishi mumkin. Shu sababli mozilla uchun apt yangilanishiga qo’shimcha sozlamalar kiritamiz va keyinchalik apt yangilanish vaqtida mozilla uchun ushbu buyruqni ishga tushiradi:

echo 'Unattended-Upgrade::Allowed-Origins:: "LP-PPA-mozillateam:${distro_codename}";'  | sudo tee /etc/apt/apt.conf.d/51unattended-upgrades-firefox

Shuningdek firefox yangilanishni mozillateam repositoriyasi orqali olish ustuvorligini oshiramiz.

sudo -H gedit /etc/apt/preferences.d/mozillateamppa
Package: firefox*  
Pin: release o=LP-PPA-mozillateam  
Pin-Priority:  501

Snap muammosi bizda hal bo’ldi!

Gnome

Ubuntu odatda gnome uchun alohida ubuntu-gnome-desktop paketini ishlatadi biz unga teginmagan holda qo’shimcha ikkita paket o’rnatamiz va keyingi yonishda desktop almashtiramiz.

sudo apt install vanilla-gnome-desktop gnome-session

Gnome uchun login mavzusini almashtiramiz (majburiy emas):

sudo update-alternatives --config gdm-theme.gresource 

Qo’shimcha shrift va mavzularni o’rnatamiz:

sudo apt install fonts-cantarell adwaita-icon-theme-full

Gnome tweaks dasturining Appearance bo’limi orqali quyidagilar uchun Adwaita mavzusini tanlaymiz:

Applications
Cursor
Icons

Gnome tweaks dasturining fonts bo’limidan:

Interface Text: Cantarell Regular 11
Document Text: Cantarell Regular 11
Monopace Text: Monospace Regular 11
Legacy Window Titles: Cantarell Regular 11

Kompyuterni o’chirib yoqamiz va login bo’limida Gnome on Xorg sessiyasini tanlaymiz va bizda barchasi ishlashga tayyor.

Xulosa

Ubuntu vanilla gnomeda va snaplarsiz ishlashni boshlach sizda resurslar sarfi miqdoriyam kamayadi. Bu ham albatta foydaga ishlaydi.