algoritm
Loyihani qo'llab quvvatlash uchub buyerga bosing
- Ingliz tilida:
- algorithm
- Rus tilida:
- Алгоритм
Oldindan belgilangan, aniq ko’rsatma. Muayyan tarzda boshlanadigan va qadamlarning qat’iy soni ichida natijaga olib keladigan diskret (qadamma-qa-dam) jarayonni belgilaydi. Birmuncha sodda tushunchalar orqali aniqlab bo’lmaydigan boshlang’ich matematik tushunchalarga kiradi. Har bir algoritm yo’l qo’yiladigan boshlang’ich ma’lumotlarning ko’pligi bilan, boshlang’ich holat bilan, yo’l qo’yiladigan oraliq holatlarning ko’pligi bilan, bir holatdan boshqa holatga o’tish qoidalari bilan, oxirgi natijalarning ko’pligi bilan, oxirgi holat bilan berilishi mumkin. Bu parametrlarning muayyan vazifasiga bog’liq ravishda, algoritmlarning klasslari aniqlanadi, masalan, chiziqli, siklik algoritmlar, sa-ralash algoritmlari va h.k. Algoritmni ishlab chiqish-da har doim uni bajaruvchi ko’zda tutilishi kerak. «Algoritm» so’zi IX asrda yashagan O’rta Osiyolik olim al-Xorazmiy nomidan olingan.