amaliy dasturiy kompleks
Loyihani qo'llab quvvatlash uchub buyerga bosing
- Ingliz tilida:
- software application suite
- Rus tilida:
- прикладной программный комплекс
Yagona kompleksga birlashtirilgan ilovalar. Amaliy dasturiy kompleksga kiradigan har bir ilova mustaqil ishlashi mumkin. Ilovalarni yagona kompleksga birlashtirish, foydalanuvchi bilan ularning o’rtasida bir xil interfeyslar mavjudligini bildiradi. Masalan, Microsoft Office amaliy dasturiy kompleks keng ma’lum. Uning tarkibiga quyidagi ilovalar kiradi: Word – matn protsessori, Excel – elektron jadvallar, Access – ma’lumotlar bazasi, PowerPoint – prezentatsiya. Integratsiyalashgan tizimlardan farqi shundaki, amaliy dasturiy kompleksning har bir elementi imkoniyatlari bo’yicha integratsiyalashgan ti- zimlardagi analogiga qaraganda birmuncha kuchli, amaliy dasturiy kompleksda maxsus umumiy muhit yo’q. Har bir ilova ishlaydigan muhit Windows hisoblanadi.