axborot tizimi
Loyihani qo'llab quvvatlash uchub buyerga bosing
- Ingliz tilida:
- information system
- Rus tilida:
- информационная система
1 Muayyan tarzda o’zaro bog’langan va qandaydir yaxlitlikni hosil qiladigan (moddiy yoki ideal) elementlar yig’indisi. Tizim sifatida voqelikning istalgan obyekti qarab chiqilishi mumkin. Har qanday tizim o’z mohiyatiga ko’ra, axborot hosiladir, chunki uning elementlarining o’zaro aloqasi axborotning bir joydan boshqa joyga uzatilishi vositasida amalga oshiriladi. Axborot tizimi, axborot bu tizimning kirish va chiqish mahsuloti bo’lishligi bilan tavsiflanadi. Bunday tizimda texnologik jarayon axborot xarakterida bo’ladi, energetik va moddiy jarayonlar ta’minlovchi rolini bajaradi. 2 Tashkiliy jihatdan tartiblashtirilgan hujjatlar (huj-jatlar to’plamlari), shu jumladan, axborot jarayonlarini amalga oshiradigan hisoblash texnikasi va aloqa vositalaridan foydalanilgan, axborot texnologiyalari yig’indisi.