axborot
Loyihani qo'llab quvvatlash uchub buyerga bosing
- Ingliz tilida:
- information
- Rus tilida:
- информация
Qandaydir predmet sohadagi hodisalar, jarayonlar, voqealar, faktlar to’g’risidagi, axborotni qayta ishlash tizimiga kiritilgan yoki turli tashuvchilarda taqdim etishning turli shakllarida uning natijasi bo’lgan va berilgan predmet soha obyektlarini boshqarish jarayonida qabul qilinadigan qarorlarni optimallash uchun foydalaniladigan (zarur bo’lgan) ma’lumotlar; turli obyektlar va ular o’rtasidagi o’zaro aloqalar to’g’risidagi bilimlar jami. Birmuncha tor ma’noda elektron hisoblash mashinasining xotirasiga kiritiladigan, u yerda saqlanadigan, keyinchalik qayta ishlash va foydalanish uchun mumkin bo’ladigan ma’lumotlarni o’zida ifodalaydi. Zamonaviy fan va amaliyotdagi eng dolzarb, fundamental va munozarali tushunchalardan biri hisoblanadi. Umumiy ta’rifning yo’qligi tufayli, turli predmet sohalarda turlicha talqin qilinadi.