..

bloknotli kompyuter

Loyihani qo'llab quvvatlash uchub buyerga bosing
Ingliz tilida:
notebook computer
Rus tilida:
блокнотный компьютер

Statsionar shaxsiy kompyuterning keng funksional imkoniyatlariga ega bo’lgan portativ kompyuter. So’nggi modellari Pentium 4 protsessoriga, 256 Mbyte gacha operativ xotiraga, 40 Hbyte gacha qattiq diskka, ichiga o’rnatilgan DVD, kompakt-disk va faks-modemga ega. Kompyuterning ba’zi qurilmalari statsionar qurilmalardan farq qiladi: displey odatda, suyuq kristalli, monoxrom yoki rangli (passiv yoki aktiv matritsali); protsessor unumliligi bo’yicha statsionar protsessorlardan farq qilmaydi, biroq energiya iste’moli kam; klaviaturada klavi-shalar soni kam. O’zining ta’minot manbai yordamida ishlash vaqti 2 soatdan 8 soatgacha. Bloknotli kompyuterlarda statsionar qurilmalar – display, klaviaturadan foydalanilishi mumkin. Og’irligi 1,5 kg dan 3-4 kg gacha, kompyuter quvvatiga bog’liq. Bunday kompyuterlardan yo’lda, xizmat safarida, ilmiy, jurnalistik, pedagogik va boshqa faoliyatda foydalanish mumkin. O’lchamlari yanada kichikroq, og’irligi yanada kamroq bo’lgan subbloknotli kompyuterlar chiqarilmoqda.