..
Bul algebrasi
Loyihani qo'llab quvvatlash uchub buyerga bosing
- Ingliz tilida:
- Boolean mathematics
- Rus tilida:
- булева алгебра
Matematik mantiqning, mulohazalar va ular ustida bo’ladigan amallarni o’rganadigan bo’limi. Mantiq algebrasining xususiy holi. Mulohaza – bu, har qanday tasdiq; chin yoki yolg’on bo’lishi mumkin. Mulohazalar ustida muayyan amallar bajariladi: «va» & bilan belgilanadi, konyunksiya deb ataladi; «yoki» V bilan belgilanadi, dizyunksiya deb ataladi, «agar …, u holda» > bilan belgilanadi, implikatsiya deb ataladi; «ekvivalentlik» «yo’q» bilan belgilanadi, inkor deb ataladi. Aniqlanish (tavsif) sohasi mulohaza, qiymatlar sohasi 1 deb belgilanadigan haqiqat (chin) yoki 0 deb belgilanadigan yolg’on bo’lgan funksiya tushunchasi kiritilgan. Funksiyalar, ko’pincha, haqiqiylik jadvallari deb ataladigan jadvallar bilan berilishi mumkin.