..
dasturlash tili
Loyihani qo'llab quvvatlash uchub buyerga bosing
- Ingliz tilida:
- programming language
- Rus tilida:
- язык программирования
Odam tomonidan ta’riflanadigan va kompyuter yordamida hal qilinadigan muayyan muammolarning qulay tavsiflanishini ta’minlaydigan formal til. Dasturlash tili sintaksis va semantika kabi ikkita tashkil etuvchidan iborat. Til konstruksiyalaridan mashina komandalariga o’tishni til translyatori amalga oshiradi. Dasturlash tillari masalani qanday atamalarda ta’riflash kerakligiga ko’ra, yuqori va quyi daraja tillariga ajratiladi. Agar, til tabiiy tilga yaqin bo’lsa, yuqori daraja tili deb, mashina komandalariga yaqin bo’lsa, quyi daraja tili deb ataladi.