..

dasturlash

Loyihani qo'llab quvvatlash uchub buyerga bosing
Ingliz tilida:
programming
Rus tilida:
Программирование ru- программирование

Dasturiy ta’minot yaratish bo’yicha nazariy va amaliy faoliyat. Dasturlashning nazariy masalalari yangi dasturlash tillarini ishlab chiqishga, dasturlarning to’g’riligini dalillash usullarini ishlab chiqishga, murakkabliklarni kamaytirishga taalluqli. Dasturlash amaliyoti translyatorlar, qulay dasturlash muhiti, aniq ma’lumotlar bazalari va boshqarish tizimlarni loyihalash, o’qitishni ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. Dasturlash jarayoni – bu, nafaqat qandaydir tilda dastur tuzish, balki vazifaning qo’yilishida, algoritmni ishlab chiqishda, ssenariyni yaratishda ishtirok etish hamdir. Dasturlashning o’zi iteratsion jarayon bo’lib, vazifani tushunishdan, algoritm, modullar ishlab chiqishdan, modullarni sozlashdan, test topshiriqni yechishdan, natijalarni solishtirishdan, vazifalar qo’yilishini aniqlashtirishdan va keyingi iteratsiyadan iborat. Sifatli dasturlashni ta’minlash uchun, strukturaviy dasturlash texnologiyasi mavjud.