..

elektron-nurli trubka asosidagi displey

Loyihani qo'llab quvvatlash uchub buyerga bosing
Ingliz tilida:
cathode-ray tube display
Rus tilida:
дисплей на электронно-лучевой трубке

Ekranida tasvir elektron-nurli trubka yordamida yaratiladigan displey. Ishlash uchun, displeydan tashqari tegishli adapter yoki karta zarur bo’ladi. Rangli tasvirni yaratish uchun va grafikadan foydalanish mumkin bo’lishi uchun grafik adapter zarur. Elektron-nurli trubka asosidagi displeyda tasvir fluoressensiyalanadigan ekranni elektron nur bilan bombardimon qilish orqali yaratiladi. Nur ekran bo’ylab chapdan o’ngga, yuqoridan pastga harakatlanadi, bitta o’tish ichida barcha gorizontal satrlar shakllantiriladi. Displeyning satr chastotasi – displey 1 s ichida shakllantiradigan satrlar soni; kadrlarning yangilanish chastotasi (kadr chastotasi) muhim ko’rsatkichlar hisoblanadi. Raqamli boshqariladigan displeylar keng tarqalgan. Yaqin vaqtda displeyli panellarga ommaviy o’tish kutilmoqda