..
grafik redaktor (muharrir)
Loyihani qo'llab quvvatlash uchub buyerga bosing
- Ingliz tilida:
- graphics editor
- Rus tilida:
- графический редактор
Kompyuter yordamida ikki o’lchovli tasvirlarni tuzish va tahrir qilish imkonini beradigan dastur (yoki dasturlar paketi). Izoh ‒ Grafik redaktorlarning turlari: 1 Rastrli grafik redaktorlar. Nisbatan ommalashgan redaktorlar: Microsoft Windows va MAC OS X operatsion tizimlari uchun Adobe Photoshop. GNU/Linux va boshqa POSIX standartiga muvofiq operatsion tizimlari uchun GIMP redaktori. 2 Vektorli grafik redaktorlar. Nisbatan ommalashgan redaktorlar: Corel Draw, Macromedia Free Hand − Windows uchun, Inkscape − barcha operatsion tizimlar uchun.