..

kiritish/chiqarish qurilmalari

Loyihani qo'llab quvvatlash uchub buyerga bosing
Ingliz tilida:
input/output device
Rus tilida:
устройства ввода/вывода

Turli ish prinsiplariga asoslangan, lekin funksional jihatdan ma’lumotlar, komandalar kiritilishini va ma’lumotlar chiqarilishini bajaradigan fizik qurilmalar. Ma’lumotlarni kiritish qurilmalari: manipulyatorlar (klaviatura, sichqoncha, joystik, trekbol, trekpoint, skaner, pero, sensorli panel), datchiklar, mikrofon, videokamera. Ma’lumotlarni chiqarish qurilmalari: printer, plotter, radiokarnay, televizor. Kiritish/chiqarish qurilmalari: telefon, teletayp, teletekst, telefaks, displey.