..
klaviatura
Loyihani qo'llab quvvatlash uchub buyerga bosing
- Ingliz tilida:
- keyboard
- Rus tilida:
- клавиатура
Ma’lumotlarni kompyuterga qo’lda kiritish uchun xizmat qiladigan qurilma. Klaviaturalar klavishlar soni bilan ajralib turadi. IBM o’xshash kompyuterlar uchun 101 ta klavishli klaviatura standart hisoblanadi, bu klaviaturada funksional klavishlar, harflar, raqamlar va yordamchi simvollar bloklari, kursorni boshqarish klavishlari; raqamli klaviatura (kiritish oson bo’lishi uchun takrorlanadi) bloklari ajratilgan. Klavishlar har gal bosilganda protsessorga klavishda chizilgan simvol kodi emas, balki keyin dasturiy yo’l bilan simvol bilan bog’lanadigan kla-vish kodi yuboriladi. Bunday yondashuv teriladigan simvollarni tez o’zgartirish imkonini beradi.