..

ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT)

Loyihani qo'llab quvvatlash uchub buyerga bosing
Ingliz tilida:
data base management system (DBMS)
Rus tilida:
система управления базами данных (СУБД)

Rivojlangan so’rovlar tili yordamida ma’lumotlar bazasi ma’lumotlari tuzilmasini hosil qilish, saqlash, yangilash, yangi ma’lumotlar qo’shish, izlash amallarining bajarilishini ta’minlaydigan dasturiy ta’minot. Zamonaviy MBBTlari tranzaksiya mexa-nizmi orqali ma’lumotlardan bir vaqtda ko’plab foydalanuvchilarning erkin foydalanishlarini ta’minlaydi. Bunda bir foydalanuvchining olgan natijasi boshqasinikiga ta’sir qilmaydi. Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi tarkibiga dasturlash tili; dasturlar generatorlari – dasturlar tuzilishini, ma’lumotlar bazasi (MB) yaratilishini va ularning qayta ishlanishini osonlashtiradi; kompilyatorlar – mashina kodlaridagi boshqarish dasturlarini, dasturlarning ishlashini tezlashtirish va ularning muhitga bog’liq bo’lmasligi uchun generatsiyalaydi; hisobot generatorlari – foydalanuvchiga chiqish hujjatlarini operativ yaratish, tanlab olish, saralash va hisoblashlarni bajarish imkonini beradi; hujjatlashtirish vositalari – MB ni yaratish bilan bir vaqtda, matn va grafik ko’rinishlarda uning tavsifini yaratish, listinglar bo’lgan dasturlarni tavsiflash imkonini beradi. Ma’lumotlar bazalarining turlariga ko’ra, ierarxik, tarmoq va relyatsion MBBT mavjud. Amalda barcha MBBT «mijoz ‒ server» arxitekturali tarmoqda ishlashni ta’minlaydi.