matn redaktori
Loyihani qo'llab quvvatlash uchub buyerga bosing
- Ingliz tilida:
- source editor
- Rus tilida:
- редактор текста
Matnli hujjatlar yaratilishi va ularning to’g’rilanishi ta’minlanadigan dastur yoki uning bir qismi. Matnli hujjatlar – bu, oddiy maqolalar, dasturlarning matnlari, operatsion tizim komandalaridir. Har qanday foydalanuvchi interfeysi matn bilan ishlashni ta’minlashi, demak, tarkibida matn redaktori bo’lishi kerak. Dunyoda barcha kompyuterlar ishlash vaqtining 80 foizga yaqini matnlar bilan ishlashga ketadi. Turli maqsadlar uchun ko’plab yaxshi redaktorlar ishlab chiqilgan. Universal va keng foydalaniladigan redaktorlardan Microsoft firmasining Word va Leksikon matn redaktorlarini ko’rsatish mumkin. Matn redaktorlarining asosiy funksiyalari segmentlarni ajratish, ulardan nusxa olish va ko’chirish, orqaga qaytarish mumkinligi, so’zlarni avtomatik ko’chirish, orfografiyani tekshirish, formatlash, turli shriftlardan foydalanib bosish hisoblanadi. Redaktorlar matnga grafik redaktorlar yordamida tayyorlangan grafik material va jadvallarni kiritish imkonini beradi.