..
«mijoz-server» arxitekturasi
Loyihani qo'llab quvvatlash uchub buyerga bosing
- Ingliz tilida:
- architecture «client-server»
- Rus tilida:
- архитектура «клиент-сервер»
Dasturiy ta’minot va/yoki texnik vositalar arxi-tekturasi, bunda o’zaro bog’langan ikki qism – mijoz va server ajratiladi. Mijoz foydalanuvchi bilan birgalikda ishlashni ta’minlaydi, serverga so’rovlarni shakllantiradi va ularga javob oladi. Server asosiy ma’lumotlar saqlanishini ta’minlaydi va mijozning topshirig’ini bajaradi. Bu arxitekturada ishlashda strukturalangan so’rovlar tili (Structured Query Language – SQL)dan foydalaniladi. Ba’zan «mijoz-server» arxitekturasi deganda, ayni shu funksiyalar bo’lgan texnik vositalar arxitekturasi tushuniladi.