..

MS OFFICE

Loyihani qo'llab quvvatlash uchub buyerga bosing
Ingliz tilida:
MS OFFICE
Rus tilida:
MS OFFICE

Hujjatga yo’naltirilgan ko’p funksiyali dasturiy mahsulot. Microsoft firmasi tomonidan ko’plab tashkiliy masalalarni avtomatlashtirish uchun ishlab chiqilgan. MS Office tarkibiga quyidagi ilovalar kiradi: Word – matn redaktori, Excel – elektron jadvallar, Access – ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi, Power Point – taqdimotlarni tayyorlash va o’tkazish tizimi. Barcha ilovalar amalda yagona interfeysga ega bo’lib, har qanday foydalanuvchi o’rganishi uchun qulay. Har bir ilovadan mustaqil foydalanilishi mumkin. Agar, standart vositalar bilan ilovani aniq bir vazifa uchun sozlash imkoni bo’lmasa, MS Office ga o’rnatilgan Visual BASIC for Application. Dasturlash tilidan foydalanilishi mumkin. MS Office Windows operatsion tizimi boshqaruvida va Apple firmasining kompyuterlarida ishlaydi.