..
muammoga yo‘naltirilgan dasturlash tili
Loyihani qo'llab quvvatlash uchub buyerga bosing
- Ingliz tilida:
- problem-oriented programming language
- Rus tilida:
- проблемно-ориентированный язык программирования
Til tuzilishining o’zi va/yoki ma’lumotlar strukturasi ishlab chiqiladigan masalalarning o’ziga xos xususiyatlarini aks ettiradigan dasturlash tili. Deyarli barcha ma’lum bo’lgan universal dasturlash tillari ixtisoslashtirilgan, muammoga yo’naltirilgan tillar sifatida ishlab chiqilgan. Masalan; Fortran tili ilmiy hisoblashlar uchun mo’ljallangan til sifatida, Pascal ‒ o’qitish uchun, Si ‒ tizim dasturlarini ishlab chiqish uchun, COBOL ‒ iqtisodiy masalalarni hal qilish uchun, LISP‒ sun’iy intellekt masalalarini hal qilish uchun, Fox ‒ ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari bilan bog’liq vazifalar uchun ishlab chiqilgan.