..

NetBurst

Loyihani qo'llab quvvatlash uchub buyerga bosing
Ingliz tilida:
NetBurst
Rus tilida:
NetBurst

Protsessorlarning yuqori takt chastotalariga erishish maqsadida ishlab chiqilgan arxitektura. NetBurst arxitekturasining o’ziga xos xususiyatlari giperkonveyerlash va an’anaviy instruksiyalar keshi o’rniga mikrooperatsiyalar ketma-ketligi keshining qo’llanilishi hisoblanadi. NetBurst arxitekturasining protsessorlari to’rtta asosiy strukturaviy blokdan iborat: instruksiyalar bajarilishini amalga oshiradigan, bajaruvchi qurilmalar, shuningdek, bajaruvchi qurilmalarning birgalikda ishlashini ta’minlaydigan qurilmalar. Ma’lumotlar oldindan tanlanishi, tarmoqlanishlarni oldindan prognozlash va instruksiyalarni dekodlash (x86 murakkab instruksiyalarni ichki oddiy instruksiyalar – mikrooperatsiyalarga o’zgartirish) uchun javob beradigan kirish bloki. Mikrooperatsiyalar bajarilishining optimal tartibini tashkil qilish qurilmalari. Protsessorning xotira kichik tizimi bilan birgalikda ishlashini (o’zaro bog’lanishini) ta’minlaydigan qurilmalar guruhini o’zida ifodalaydigan xotira interfeysi.