..
oyna
Loyihani qo'llab quvvatlash uchub buyerga bosing
- Ingliz tilida:
- window
- Rus tilida:
- окно
Displey ekranining to’rtburchakli qismi, u orqali ilova yoki uning qismi bilan birga ishlash amalga oshiriladi. Grafik foydalanuvchi interfeyslarida va barcha mumkin bo’lgan qobiqlarda keng qo’llaniladi, status satri, sarlavha va menyu kabi standart elementlarni o’z ichiga oladi. Ekranning dastur va jarayonlar bajarilishi mumkin bo’lgan qismi. Bir vaqtda bir nechta oyna ochilishi mumkin. Masalan, bir oynada elektron pochta dasturini ochish, boshqasida elektron jadval bilan ishlash, uchinchisida raqamli kamerada tasvirni yuklash, to’rtinchisida esa Internet-magazinda buyurtmani rasmiylashtirish mumkin. Oynani yopish, hajmini o’zgartirish, vazifalar panelida tugmalarni burish yoki ekranda to’laligicha aks ettirish mumkin.