..

pozitsion sanoq tizimi

Loyihani qo'llab quvvatlash uchub buyerga bosing
Ingliz tilida:
positional computation system
Rus tilida:
позиционная система счисления

Sonlarni yozishda raqamlarning joylashgan o’rni ahamiyatga ega bo’ladigan sanoq tizimi. Har bir pozitsion sanoq tizimida asos bo’ladi. Har qanday son asos raqamlardan tuzilgan ketma-ketlik ko’rinishida yoziladi. Asos raqamlari soni asosning o’ziga teng bo’ladi. Asos, har bir raqamning salmog’i katta qo’shni razryadda turgan raqam salmog’idan necha marta kichikligini ko’rsatadi. Qurilgan pozitsion sanoq tizimlarining soni har qanday bo’lishi mumkin. Informatikada asosan to’rtta tizimdan: o’nlik, ikkilik, sakkizlik va o’n oltitalik tizimdan foydalaniladi. Pozitsion sanoq tizimlari hisoblashlar, ham butun, ham kasr sonlarni ko’rsatish uchun juda qulay.