..
relyatsion ma’lumotlar bazasi
Loyihani qo'llab quvvatlash uchub buyerga bosing
- Ingliz tilida:
- relational database
- Rus tilida:
- реляционная база данных
O’zaro bog’langan ikki o’lchamli (relyatsion) jadvallar yig’indisi. Har bir jadval bitta mohiyatni aks ettiradi. Relyatsion ma’lumotlar bazasida ikkita jadval orasidagi aloqalar aloqa kaliti (bosh jadval kaliti) orqali ta’minlanadi. Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash uchun, jadvallardan, shakllar, so’rovlar, hisobotlar, makroslar va modullardan foydalaniladi. Jadvallar ma’lumotlar bazasida axborotni saqlash uchun foydalanuvchilar tomonidan tuziladi, bunda har bir mohiyatga bitta jadval mos keladi. Jadval (maydon) ustunlari rekvizitlarning qiymatlarini, jadval (yozuv) satrlari esa, mohiyat nusxalarini ichiga oladi.