..
shaxsiy kompyuter
Loyihani qo'llab quvvatlash uchub buyerga bosing
- Ingliz tilida:
- personal computer
- Rus tilida:
- персональный компьютер
Individual foydalanish uchun mo’ljallangan kompyuter. Kompyuterni shaxsiy kompyuterlar klassiga kiritishning asosiy kriteriylari: o’lchamlarining kichikligi, ularga xizmat ko’rsatish zaruratining yo’qligi, narxining pastligi, funksional universalligi va modernizatsiyalashning soddaligi. Shaxsiy kompyuterlarning yaratilish tarixi 1974 yildan boshlanadi. Shu yili MTTS (AQSh) firmasi Intel 8080 mikroprotsessori asosida Altair kompyuterini ishlab chiqdi. 1975 yilda Stefan Voznyak va Stiv Jobs Apple nomi ostida kompyuter ishlab chiqdilar va dastlabki 200 ta kompyuterni yig’dilar. 1976 yilning oxirida ular shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan Apple firmasini tuzdilar.