..
shaxsiy raqamli sekretar
Loyihani qo'llab quvvatlash uchub buyerga bosing
- Ingliz tilida:
- personal digital assistant
- Rus tilida:
- персональный цифровой секретарь
Odatda, klaviaturasi bo’lmaydigan portativ kompyuterning bir turi. Ma’lumotlarni sensorli pa-nelga kiritish/chiqarish maxsus ruchka yordamida amalga oshiriladi. Shuning uchun, ba’zan qo’lda yozish bilan kiritiladigan kompyuter deb ham ataladi. Shaxsiy raqamli sekretar katta operativ va doimiy xotiraga ega. Parallel yoki ketma-ket interfeys orqali boshqa kompyuter bilan ma’lumotlar almashinish mumkin. Maxsus operatsion tizim boshqaruvi ostida ishlaydi. Shaxsiy raqamli sekretarning eng mashhuri Apple firmasining Newton idir.