soddalashtirilgan modellash tili
Loyihani qo'llab quvvatlash uchub buyerga bosing
- Ingliz tilida:
- unified modeling language (UML)
- Rus tilida:
- унифицированный язык моделирования
Dasturiy ta’minot ishlab chiqish sohasida, obyektlarni modellashtirish uchun grafik tasvirlash tili. UML ko’p sohalarda foydalanish uchun mo’ljallangan til hisoblanadi, bu UML model deb ataluvchi, tizimning abstrakt modelining grafik ko’rinishini tasvirlovchi ochiq standartdir. UML dasturiy tizimda aniqlik kiritish, tasvirlash, loyihalash va hujjatlashtirish uchun yaratilgan. UML dasturiy ta’minotda foydalanish bilan cheklanib qolmaydi. Uni shu kabi biznes-jarayonlarni modellashtirish, tizimli loyihalash va tashkilotlar strukturasini tasvirlashda qo’llash mumkin. UML dasturiy ta’minot dasturchilariga umumiy tushunchalarni (klass, komponent, umumlashtirish, birlashtirish va o’zini tutish kabi) tasvirlashni grafik izohlashda kelishuvga erishish hamda loyihalash va arxitekturada ko’proq e’tibor qaratishga imkon beradi.