..

standart PCMCIA

Loyihani qo'llab quvvatlash uchub buyerga bosing
Ingliz tilida:
PCMCIA standart
Rus tilida:
Стандарт PCMCIA

Tashqi qurilmalar (xotira, modemlar) ni bloknotli kompyuterlarga ulash uchun kartalar interfeysi va o’lchamlarini belgilaydigan standart. PCMCIA standartining yangi versiyasi. Uzatish tezligini 133 Mbyte/s gacha ta’minlay oladigan 32-razryadli shina interfeysi – CardBus qo’llaniladi; energiya iste’molini boshqarish vositalariga ega, xotiradan to’g’ridan-to’g’ri foydalanish mumkin, ko’p funksional kartalarni qo’llaydi. Izoh ‒ O’zaro yuqoridan pastga moslashtirilgan PCMCIA –I,II,III kartalar (platalar) turi mavjud. I turdagi platalardan xotiraning turli xillarini ulash uchun foydalaniladi, qalinligi 3,3 mm II turdagi platalardan turli xil kiritish/chiqarish qurilmalarini, egiluvchan magnit diskdagi to’plagichlarni, modemlar, tarmoq platalarini ulash uchun foydalaniladi, qalinligi chetlarida 3,3 mm, o’rtasida 5 mm III turdagi platalardan qattiq diskovodlarning turli xillarini, peyjerlarni ulash uchun foydalaniladi, qalinligi chetlarida 3,3 mm, o’rtasida 10 mm.