..

strukturaviy dasturlash

Loyihani qo'llab quvvatlash uchub buyerga bosing
Ingliz tilida:
structured coding
Rus tilida:
структурное программирование

Jiddiy dasturiy komplekslarni ishlab chiqish metodologiyasi va texnologiyasi. Quyidagi prinsiplarga asoslangan: dasturlash yuqoridan pastga tomon amalga oshirilishi kerak; butun loyiha bitta kirish va bitta chiqish bo’lgan modullarga bo’linishi kerak (modulning optimal o’lchami – displey ekranidagi satrlar soni); dastur va algoritm logikasi faqat uchta asosiy strukturaga – ketma-ket bajarish, tarmoqlanish va takrorlanishga yo’l qo’yishi kerak. Dasturning har qanday nuqtasiga boshqarishni topshirish operatoriga yo’l qo’yilmaydi, ishlab chiqish vaqtida hujjatlar dasturlash bilan bir vaqtda, dasturga sharhlar ko’rinishida tuzilishi kerak, strukturaviy dasturlashning maqsadi – dasturlarning ishonchliligini oshirish, o’zgartirish va qo’llashni ta’minlash, ishlab chiqishni osonlashtirish va tezlashtirishdir.