..
vaqtni taqsimlash
Loyihani qo'llab quvvatlash uchub buyerga bosing
- Ingliz tilida:
- time sharing
- Rus tilida:
- разделение времени
Kompyuterning bitta markaziy protsessor bilan ishlash rejimi, bunda protsessor muntazam ravishda bir vazifani hal qilishdan boshqasiga o’tib turadi. Vaqtning taqsimlanishini operatsion tizim amalga oshiradi. Bu rejimdan ko’p dasturli «bir vaqtda» ishlash uchun foydalaniladi. Protsessor barcha ishlarni izchil, lekin juda tez bajaradi. Shuning uchun, har bir vazifaga juda qisqa muddatga protsessor resurslari ajratilsa, foydalanuvchiga ishlar parallel bajarilayotgandek tuyuladi. Vaqtni taqsimlash rejimi UNIX va Windows tizimlarida yaxshi amalga oshirilgan. Masalan, vaqtni taqsimlash rejimida bir vaqtda matn redaktori bilan ishlash, qandaydir faylni bosishga chiqarish va ma’lumotlarni tarmoq orqali qabul qilish mumkin.