..

xavfsiz kompyuter

Loyihani qo'llab quvvatlash uchub buyerga bosing
Ingliz tilida:
safe computer
Rus tilida:
безопасный компьютер

Ishlash paytida odamlar salomatligiga xavf tug’dirmaydigan kompyuter. Asosiy zararli ta’sirni elektron-nurli trubka bazasidagi monitor, kompyuter vujudga keltiradigan elektromagnit maydonlar ko’rsatadi. Kompyuterning zararli ta’sirini cheklash maqsadida, MPR I standarti (Shvetsiya) qabul qilingan, 1990 yilda yanada qat’iyroq MPR II standarti qabul qilindi. Bu standartlar ko’plab mamlakatlarda qabul qilingan. Ushbu standartlarni qanoatlantiradigan monitorlar LR (Low Radiation – past nurlanish) markasiga ega. Qoidalarga ko’ra, katta yoshdagi kompyuterdan foydalanuvchining uzluksiz ishlash davomiyligiga 2 soatdan oshmasligi bolani – yoshga bog’liq ravishda, 10 minutdan 20 minutgacha bo’lishi kerak. Eng kam tanaffus 15 minut qilib belgilangan. Foydalanuvchi ko’zidan monitor ekranigacha bo’lgan masofa kamida 50 sm, optimal 60-70 sm bo’lishi kerak. Monitor ekranidan qo’shni qator monitori orqa devorigacha bo’lgan masofa kamida 2 m, yon devorlar orasidagi masofa esa, kamida 1,2 m bo’lishi kerak. Katta yoshdagi bitta foydalanuvchiga to’g’ri keladigan maydon 6 m2 dan kam bo’lmasligi kerak.