..

xizmatlari integratsiyalashgan raqamli tarmoq

Loyihani qo'llab quvvatlash uchub buyerga bosing
Ingliz tilida:
integrated services digital network (ISDN)
Rus tilida:
цифровая сеть с интеграцией услуг

Kommutatsiyalanadigan telefon liniyasi bo’ylab o’tadigan raqamli aloqa xalqaro standarti, kompyuter va multimedia (ovoz, video) trafikini uzatishda foydalaniladi. Odatda, foydalanuvchining ISDN liniyasi ikkita 64 kbit/s tezlikli kanal orqali ma’lumotlar uzatilishini ta’minlaydi, 16 kbit/s tezlikli kanaldan boshqaruvchi axborotni uzatish uchun foydalaniladi. Lokal tarmoqlar ISDN kanalga marshrutizator orqali, alohida foydalanuvchilar esa, ISDN modem orqali ulanadi. Tashkilotlar uchun, 23×64 kbit/s ISDN kanalni – boshqaruvchi kanalni ulash imkoniyati mavjud.