..

Andre Morua. Qaytish

Loyihani qo'llab quvvatlash uchub buyerga bosing

Bu voqea fransuz asirlarini Germaniyadan — tutqinlikdan olib qaytayotgan poezdda boshlangan edi. Oʻn kishilik kupeda oʻn ikki kishi tiqilishgan. Ular uylari, oilalarini koʻrish imkoni tugʻilganidan gʻoyat hayajonda. Deyarli hammalarining ham fikru xayolini eng avvalo rafiqalari band etgan. Ayrimlarining koʻnglida umid uchqunlari chaqnar, baʼzilari esa xavotirlanib oʻylar edi: “Rafiqam avvalgiday vafodor va sodiqmikin? Uzundan-uzoq tanholik yoʻllarida qanday oʻzgarishlar roʻy berdi ekan? U bilan hayotni davom ettirish mumkin boʻlarmikin?”

Bola-chaqalilar, harholda, ancha xotirjam. Ularning rafiqalari bola tarbiyasi bilan kun oʻtkazgandir. Bu uchrashuv oʻnQaysizligi bolalar quvonchi tufayli yengil koʻchsa ajabmas…

Kupening bir burchagida baland boʻyli, qotmadan kelgan, koʻzlari chaqnoq, fransuzdan koʻra koʻproq ispanga oʻxshash kishi oʻtirar edi. Oʻzini Reno Leymari deb tanishtirgan bu odam shardeylik boʻlib, Perigorda yashardi. Tun ogʻushida ilgarilayotgan poezdning bir maromdagi taraqa-turuqini parovoz gudogi boʻlib turar, Reno esa roʻparasidagi hamrohi bilan gaplashib borardi.

— Saturnen, uylanganmisan?

— Boʻlmasam-chi! Urushdan ikki yil avval uylanganman, ikki bolam bor edi. Xotinimning ismi Marta. Suratini koʻrsataymi?

Past boʻyli, yuzi chandiq, ammo quvnoq Saturnen ichki choʻntagidan titilib ketgan katmonchani olib, yirtiq bir surat chiqardi-da, iftixor bilan Renoga uzatdi…

— O, juda chiroyli ekan, — dedi Leymari. — Shundoq goʻzalning oldiga hech xavotirlanmasdan qaytyapsanmi?

— Nega endi xavotirlanay?

— Chunki, xotining juda chiroyli, shuncha vaqt oʻzi yolQiz qoldi, atrofida esa boshqa erkaklar bor… — dedi Leymari.

— Kulgimni qistatyapsan! Mening Martam shundayki… manman degan yigitga ham qaramaydi. Biz shunday baxtiyor edikki… Besh yil mobaynida menga yozgan xatlarini koʻrganingda bormi?..

— E-e… bu xatlar! Men ham shunaqa iliq xatlardan ozmunchasini oldimmi! Ammo, baribir, tashvishdaman.

— Qiziq, xotiningga ishonmaysanmi?

— Ishonishga ishonamanku-ya, toʻgʻrirogʻi — ishonardim. Olti yil birga yashab, sirayam san-manga bormaganmiz.

— Xoʻsh?..

— E, ogʻayni, bu — odamning tabiatiga boQliq… Men boqibegʻamlikka ishonmaydigan odamlar toifasidanman. Oʻz-oʻzimga doimo: “Elenning tengi emasman, u goʻzal, juda aqlli, odobli” deb kelganman. Rostdanam xotinim juda bilimdon, qoʻlidan kelmaydigan ish yoʻq. Oʻar qanaqa matodan shundayin koʻylak tikadiki, hammaning havasi keladi. Oddiy kulbani jihozlashga kirishsa bormi, naq jannat qilib yuboradi… Shularni oʻylab turib oʻzimga-oʻzim deyman: axir yurtimizda kelgindilar qancha yil izgʻib yurishdi. Ular orasida mendan koʻra istarasi issiqroqlari boʻlgandir-ku… Qishloqning eng goʻzal ayoli — Elen shular eʼtiborini oʻziga jalb etmadimikin?..

— Nima boʻpti? Agar u seni sevsa…

— Shundayku-ya, ogʻayni, besh yil yolgʻizlikni tasavvur qila olasanmi? Elen Shardeyda musofir. Shardey mening yurtim, uning bu yerda hech kimi yoʻq. Shunday boʻlgach, yoʻldan toyishi hech gap emas-da…

— E-e, juda gʻalati ekansan-ku, esing joyidami oʻzi? Xoʻp, biror narsa yuz berdi ham deylik. Hayotda nimalar boʻlmayapti, axir! Menga qara, agar biror kimsa: “Sening Martang…” deb ogʻiz ochishi bilan men unga: “OQzingni yum. Xotin meniki, buni urush deydilar; u yolgʻiz edi; endi esa tinchlik. Biz hayotni qaytadan boshlaymiz”, — degan boʻlar edim.

— Men sendaqa emasman-da, — dedi Leymari. — Agar qaytganimdan keyin biror narsa sezsam bormi…

— Unda nima qilasan, xotiningni oʻldirasanmi?! Tentak ekansan-ku!

— Yoʻq, unga qoʻlimni ham tekkizmayman. Oʻatto bir ogʻiz gapirmayman. Ammo oʻsha zahotiyoq Qoyib boʻlaman. Uzoqlarga ketib qolaman, nomimni oʻzgartirib yashayman. Uy-joy — hammasini unga qoldirib ketaman. Menga hech narsa kerak emas, qoʻlimda hunarim bor… Hayotimni tamomila oʻzgartirib yuboraman. Bilmadim, bu balki telbalikdir, ammo tabiatim shunday. Menga baxt butun boʻlsa, yoinki…

Poezd uzoq gudok chalib, relslarni sharaqlatib vokzalga kirib keldi. Ikki suhbatdosh jim boʻlib qolishdi.

Shardey oqsoqoli qishloq oʻqituvchisi edi. U juda koʻngilchan va ehtiyotkor odam. Reno Leymari poezdda qaytib kelayotganligi haqida u ministrlikdan xabar oldiyu, oʻzi borib Elenga aytishga ahd qildi. Oqsoqol borganida Elen bogʻida kuymalanib yurgan edi. Bu — qishloqning eng xushmanzara boQlaridan boʻlib, eshikning ikki tomonini atirgullar bezab turardi.

— Leymari xonim, sizni yaxshi bilaman, erining qaytib kelayotganidan ogoh qilib qoʻyish lozim boʻlgan ayollardan emassiz. Ammo, shuni aytishim kerakki, xatti-harakatingiz, odobingiz bilan butun qishloq ahlining hurmatiga sazovor boʻlgansiz. Oʻatto ogʻziga kelganini ayamay, har qanday ayolni badnom qiladigan Qiybatchi xotin-xalajlar ham sizni yomonlashga soʻz topolmayaptilar.

— Biror narsa topishar, oqsoqol, — dedi Elen jilmayib.

— Men ham shunday boʻlar, deb oʻylagan edim, ha oʻylagan edim!… Ammo siz ularni ham rom qilib qoʻydingiz. Men sizning quvonchingizni oʻz koʻzim bilan koʻrgani keldim. Shunisi ham borki, uning kelishiga hozirlik koʻrishingiz kerak, Leymari xonim. Turmush oQir, hammamizning ahvolimiz maʼlum: har kuni dasturxon tuzay olmaymiz-ku…

— Juda yaxshi qilibsiz, janobi oqsoqol. Men Renoni shundayin kutib olayki!.. Yigirmanchi avgustda dedingizmi? Poezd soat nechalarda kelarkin? Bilmaysizmi?

— Ministrlikdan xabar qilishlaricha, soat yigirma uchda yoʻlga chiqadi. Bu poezdlar juda imillab yuradi… Tever vokzalida poezddan tushsa, bu yergacha Reno yana toʻrt kilometr piyoda bosadi. Menimcha, u tushda yetib kelsa kerak.

— Men uni kutib olishga shundoq hozirlik koʻrayki, janobi oqsoqol, shohona bir dasturxon tuzayki… Shundoq xushxabarni keltirganingiz uchun mingdan-ming rahmat sizga.

— Shardeyda sizni hamma hurmat qiladi, jonidan sevadi, desa ham boʻladi. Siz asli bu yerlik emassiz, ammo hamma sizni hamqishloq deb biladi.

Nihoyat oqsoqol xayrlashib chiqib ketdi.

Elen Leymari eri kelishidan bir kun avval butun uyni saranjom-sarishtaladi: pollarni yaraqlatib, deraza pardalarini eskirgan lentalarigacha yangiladi. Keyin qishloq sartaroshinikiga borib, sochini jingalak qilib keldi. Tuni bilan boshiga setka kiyib yotdi. Sal-pal uxladimi-yoʻqmi, yana azonlab turib oldi. Soʻng, kiyimlarini bir-bir koʻzdan kechirdi. Uzoq yolQizlik davrida bir marta ham kiyilmagan, oʻzi sevgan shohi ich koʻylagini ajratib qoʻydi. “Qaysi koʻylagimni kiysamikin, bir vaqtlar erim yoqtirgan zarhal yoʻlli havorang koʻylagim qalay ekan?” Ammo uni kiyib koʻrgach, darhol yechib tashladi: oʻtgan yillar davomida shunchalik ozib ketganidan, koʻylak xalpillab, bellari osilib qolgan edi. Yoʻq, oʻzi tikkan qora koʻylagini kiya qoladi: yoqasini bejab, beliga rangdor belboQ taqadi.

Dasturxon tuzashga kirishishdan avval, Elen eri yoqtirgan taomlarni eslashga harakat qildi. 1945-yil Fransiyada hali ahvol ogʻir edi. Birini topsang, biri yoʻq… Eri esa shokoladni yoqtirardi. Shokolad topib boʻlarmishmi? Yaxshiyamki, kichkinagina shaxsiy xoʻjaligi bor. Shu tufayli tovuqlar tuxum berib turadi. Eri doimo: “Quymoqni hech kim sendek mazali tayyorlay olmaydi” deb maqtardi. Reno yaxna goʻshtni, qizartirib pishirilgan olmani ham xush koʻrguchi edi. Lekin shardeylik qassob ikki kundan beri doʻkonni ochmay qoʻydi… Elen oʻtgan kuni soʻyilgan tovuQini yaxshilab qovurdi. Qoʻshni qishloqdagi doʻkonchi yashirincha shokolad sotar ekan, deb qoʻshnisidan eshitgan edi, borib-kelishga ahd qildi. “Soat sakkizda ketsam, toʻqqizgacha qaytib kelaman… Ketgunimcha dasturxon tuzab qoʻysam, kelgandan keyin faqat oshxonada band boʻlaman”, oʻyladi Elen va ishga kirishib ketdi. U juda hayajonlangan, shu bilan birga, behad shod edi. Oʻavo shunaqa ham yaxshi ediki… nazarida hech qachon oftob bunchalar charaqlamagandek… Elen shirin xayollar bilan dasturxon tuzashga tushdi.

“Qizil katak oq dasturxonni yozaman. Toʻyimizdan keyingi ilk bor yozgan dasturxonimiz shu. Pushti likopchalarning gullari Renoga juda yoqardi… Bir shisha vino va gullar qoʻyaman. Axir u stolda gul boʻlishini qanchalar yaxshi koʻrardi: “Gullarni hammadan ham chiroyli dastalaysan”, — derdi takror-takror.

Elen uch xil gul: oq moychechak, qizil lola, binafshani dastaladi, shinamgina bezatilgan xonani oʻzi uzoq tomosha qildi.

Rostdanam hamma narsa joyida edi.

Ne-ne baxtiqaroliklarga duchor boʻlgan Reno shuncha judolikdan keyin uy-joyi va xotinini oʻsha-oʻshaligicha koʻrib quvonib ketsa kerak… Derazaning bu tomonidan turib Elen katta toshoynaga qaradi. Ozgina ozganini aytmasa, oʻzi ham deyarli oʻzgarmabdi. U baxtiyorlikdan gangib qolayotganini his qilardi…

“Yetar! — dedi oʻziga-oʻzi, — tezroq bora qolay… Soat necha boʻldiykin? Voy, toʻqqizdan oshibdi-ku! Bu ishlar oʻylaganimdan koʻra koʻproq vaqtimni olibdi-da. Poezd soat oʻn ikkilarda keladi, degan edi oqsoqol. Men undan avval qaytaman”. Soʻng, uydan shoshilinch chiqib ketdi…

Leymarilar uyi qishloq chekkasida boʻlgani uchun ham koʻzlari chaqnoq, oriq soldatning boQ tomon oʻtganini hech kim koʻrmadi. U charaqlagan oftobu xushbaxtlikdan, asalarining gʻoʻngʻillashidan gullarga maftun boqib, bir muddat mastona turib qoldi. Keyin ohistagina chaqirdi:

— Elen!

Oʻyech kim javob bermadi. U yana bir necha bor: “Elen! Elen!” deb chaqirdi. Javob boʻlmagach, xayoli qochib, deraza yoniga bordi: ikki kishi uchun tuzalgan dasturxon, gul va vinoni koʻrib yuragi gupillab urib ketdi. U bir muddat devorga suyanib qoldi.

“Yo rabbim! Xotinim yolgʻiz emas ekan!” — oʻyladi Reno.

Bir soat keyin Elen qaytib kelganida qoʻshnisi unga:

— Renoni koʻrdim, u chopib ketayotgan ekan. Shuncha chaqirsam ham qayrilib qaramadi, — dedi.

— Chopib ketayotuvdi, deysizmi? Qaysi tomonga ketayotuvdi?

— Tever vokzali tarafga.

Elen avval oqsoqolnikiga yugurdi, u hech narsadan xabarsiz edi.

— Juda qoʻrqayapman, shunday qoʻrqayapmanki, oqsoqol janoblari. Uning feʼli tor, juda rashkchi. Ikki kishilik dasturxon tuzalganini koʻrib… Oʻzini kutayotganligimni bilmagan. Hozirning oʻzidayoq uni topish kerak, oqsoqol janoblari, topish kerak! U endi butunlay qaytib kelmasligi mumkin. Men uni shunday sevamanki!..

Oqsoqol vokzalga velosipedchi yubordi, politsiyachilarni ogohlantirdi, ammo Reno Leymari Qoyib boʻlgan edi. Elen issiqdan soʻligan gullar va tuzalgan dasturxon yonida tuni bilan tuz totmay tong ottirdi.

Oradan bir kun, bir hafta, bir oy ham oʻtdi. Bu baxtsiz kundan soʻng yana qancha yillar ham oʻtdiki, eridan hamon darak yoʻq…

Reno oʻqigach qaytib kelar, degan umidda bu hikoyani yozdim.

Fransuz tilidan Nazira Yusupova tarjimasi