Uchinchi qism. OLOV LOVULLAB YONADI
Loyihani qo'llab quvvatlash uchub buyerga bosing
Koʻcha boʻylab tizilgan uylarda. birin-sirin chiroqlar yonar, eshiklar lang ochilardi. Odamlar olovni tomosha qilish uchun tashqariga otilar edi. Bitti va Monteg, biri vazmin, qoniqish bilan, ikkinchisi koʻzlariga ishonmay, tomoshaning bosh sababchisi boʻladigan, xonadonga tikilib turishardi: hozir bu yerda mashʼallar bilan xuqqavozlik qilib, olov yutadilar.
— Mana, maqsadingizga yetdingiz, — soʻz qotdi Bitti, — moʻysafid Monteg quyoshga qarab parvoz qilmoqchi boʻldi-yu, qanotlarini kuydirib olgandan keyin, buning tagiga yetolmay boshini qashib
qoldi. Hovlingizga koʻppakni yuborganimda sizni ogohlantirganim yetarli boʻlmaganmidi?
Montegning qotib qolgan yuzidan hech narsani uqib boʻlmasdi, u zilday boshi tosh kabi ogirlashib asta atrofini chamanday gulzor pushtalari oʻragan mudhish, zulmat ichidagi qoʻshni uy tomon buralganini sezdi.
Bitti jirkanganday oʻshqirdi:
— Shalviramang-ye! Nahotki shu moʻrtgina jinni xonimcha anvoyi gullar, yaproqchalar, kapalaklar, quyoshning botishi kabi siyqa afsonalari bilan es-hushingizni olib qoʻygan boʻlsa? Bilamiz, hammasini bilamiz. Uning kartochkasiga hammasi yozib qoʻyilgan. Ehhe, naq bilganday joyiga tushibman, shekilli? Avzoyingizdan shundoqqina koʻrinib turibdi. Yakkam-dukkam oʻt-oʻlanu oyning oʻrogʻi emish! Turgan-bitgani yolgʻon! Xoʻsh, shu narsalari bilan sizga nima naf keltirdi?
Monteg Samandarning sovuq qanotiga choʻqqayib oʻtirdi. U yogʻoch kabi qotib qolgan boshini oʻng-chapga, oʻyg-chapga bir necha marta buradi.
— U Hammasini koʻrgan. Uning- hech kimga zarari tegmagan. U hech kimga tegmagan.
— Hech kimga tegmagan! Koshki edi shunday boʻlsa! Oldingizda muqom qilib yurmaganmi? Eh oʻsha muqaddas qiyofalariyu, takabburona saqovliklariyu, yagona isteʼdodlari — he yoʻq, be yoʻq insonni oʻzini aybdor deb his qilishga majbur qiladigan yaxshilik qilish ishqibozlaridan oʻrgildim. Hammasini jin ursin! Oʻrningda ham oromingni buzib yarim tunda charaqlagan quyosh kabi oʻzlarini koʻrsatib turishadi!
Uyning eshigi ochilib ketdi: zinapoyadan sovuqdan qotib qolgan qoʻli bilan chamadonni siqib ushlab Mildred yugurib tushdi. Yoʻlka boʻylab chiyillab tormoz berib taksi toʻxtadi.
— Mildred!
U, yonginasidan qotib qolgan gavdasini tik tutib yugurganicha oʻtib ketdi. Upa surganidan beti oppoq, lablarini boʻyashga ulgurmaganidan ogʻzini ajratish qiyin edi.
— Mildred, nahotki xavf-xatar signalini sen bergan boʻlsang?
U chamadonini mashina ichkarisiga suqib, oʻrindiqqa choʻkdi, tush koʻrayotganday gʻoʻldiradi.
— Shoʻrlik “qarindoshlarim”-yey, boyaqishlar-yoy, bechoralar-yey! Hammasi tamom, hammasi jahannamga ketdi, hammasi…
Bitti Montegning yelkasidan tutib qoldi. Mashina birdan qoʻzgʻalib, oʻsha zahoti soatiga yetmish milgacha tezlik olib, koʻchaning oxirida koʻzdan gʻoyib boʻldi.
Nimadir jaranglab xuddi qirrali shisha, oyna va shaffof prizmalardan yaratilgan orzular chil-chil sinib sochilib ketganday boʻldi. Monteg qayoqdandir bosib kelgan quyun zarb bilan turtib yuborganday bexosdan orqasiga oʻgirilib qaradi. Ne koʻz bilan koʻrsinki, Stounmen va Blek, boltalar bilan qulochkashlab, yelvizak shamolga yoʻl ochib, deraza romlarini chopib sindirar edilar.
Tungi kapalakning qanotlari sovuqqora toʻsiqqa kelib urilganday tovush eshitildi.
— Monteg, bu men, Faberman. Meni eshitayapsizmi? Nima boʻldi?
— Endi oʻzim qopqonga tushdim, — javob berdi Monteg.
— Zap kutilmagan voqea boʻldi-da! — qichqirdi Bitti. — Hozir har bir kishi oʻzini boshiga hech qanday ish tushmaydi, deb hisoblaydi va bunga qattiq ishonadi. Boshqalar oʻlsa oʻlib ketaveradi-yu, men tirik qolaveraman, menga buning hech qanday aloqasi, javobgarligi yoʻq. Biroq ular bor-da, hamma gap ana shunda. Uni izohlashga hojat bormikan? Gap ishning oqibatiga borib taqalganda, gap sotib oʻtirish befoyda boʻlsa kerak, toʻgʻrimi, Monteg?
— Monteg, siz qutulib qola olasizmi? Qocha olasizmi? — soʻradi Faber.
Monteg ohista uy tomon yura boshladi, ammo u oyoqlari avval yoʻlkaning sementlariga, keyin tunda nam tortgan oʻtga qadam bosayotganini sezmas edi. Bitti qaydadir yonginasida turib shiq etib chaqmoqtoshini yoqdi. Montegning koʻzlari mahliyo boʻlgancha yolqinning toʻq- sariq tiliga qadaldi.
— Biz uchun olovning tushunib boʻlmaydigan jozibasi boisi nimada ekan? Yoshu qarini nimasi bilan oʻziga tortadi ohanrabodek? — Bitti lipillagan yolqinni oʻchirib, yana yokdi, —. Olov abadiy harakatdir. Odamzot doimo izlagan narsasini, baribir, topmadi. Abadul-abad shunday. Agar olovga gʻov solishmaganda butun hayotimiz davomida oʻchmay yonib turgan boʻlardi. Xoʻsh, olovning oʻzi nima? Sir. Jumboq! Olimlar ishqalanish va molekulalar haqida nimadir deb vaysashadi, biroq ochigʻini aytganda, hech narsani bilishmaydi. Olovning eng qudratli tomoni shundaki, u masʼuliyat va oqibatlarning kulini koʻkka sovuradi, Agar biron muammo haddan tashqari mushkullashsa, uni oʻchoqqa tashlang. Mana, siz, Monteg, hozir xuddi shunday ogʻir yuk boʻlib turibsiz. Olov tez, yengilgina va muqarrar sizdan meni xoli qilar. Chirishga ham hech narsa qolmaydi. Qulay. Ozoda. Chiroyli. Monteg shu topda koʻzlariga bu qadar begona va gʻalati boʻlib tuyulgan uyiga qarab turardi:tun yarimdan oqqan, qoʻshnilar shivirlashar, singan oyna parchalari sochilib yotar, huv anovi pol ustida muqovasidan ajratib olingan oqqush patlari kabi sahifalar har tomonga uchib ketgan edi. Qanaqaligini ajratib boʻlmaydigan kitoblar shunday gʻarib koʻrinadiki, toʻgʻrisi, ularni deb shu qadar achinishga arzimas edi — ular shunchaki sargʻayib ketgan qogʻoz, qora betlar, tit-piti chiqib ketgan muqovalar edi, xolos. Hammasiga Mildred sababchi, albatta. Ehtimol, u kitoblarni boqqa yashirayotganini koʻrganu, ularni yana uyga kiritib qoʻygan. Eh, Mildred, Mildred.
— Hamma ishni oʻzingiz bajarsangiz deyman, Monteg. Kerosin va gugurt bilan emas, qadam-baqadam, oʻtsochar bilan yondirsangiz. Oʻz uyingizni oʻzingiz tozalab chiqishingiz kerak.
— Monteg, yashirinib qocholmaysizmi?
— Yoʻq! — deb qichqirdi Monteg umidsizlikka tushib, — Mehanik it tufayli buning iloji yoʻq!
Buni Faber eshitdi. Biroq buni menga aytayapti, deb brandmeyster Bitti ham eshitdi,
— Ha, it shu atrofda, — javob berdi u, — nayrangbrzlik qilishni xayolingizga ham keltira koʻrmang. Tayyormisiz?
— Ha. — Monteg oʻtsocharning tutqichini koʻtardi.
— Oʻt och !
Oʻtsochar vishillab olov purkab, kitoblarga zarb bilan urilib, ularni devor tomonga surib yubordi. Monteg yotoqxonaga kirdi-da, keygbar oʻringa qarab ikki marta oʻt ochdi. Shitir-shitirlab bir pasda ularga oʻt ketdi va gurillab yona boshladi. Monteg oʻrin-toʻshakning olovga moyilligini xayoliga ham keltirmagan edi. Keyin yotoqxona devorlari hamda xotinining pardozlik kursisini ham yoqib yubordi, chunki hammasini oʻzgartirishni astoydil istardi. Stullarni, stollarni, oshxonada esa pichoqlar, sanchqilar, plastmassaddn qilingan idish-tovoklar — hammasini, bu boʻm-boʻsh uyda uni ertagayoq unutadigan, uni tashlab ketib xayolidan chiqargan, “Chigʻanoq” radio quloqlariga nimani shivirlasa, faqat shuni tinglab yakkash shahar kezib uchayotgan begona xotin bilan qanday yashaganini eslatib turuvchi narsalarni oʻt qoʻyib, yoqdi. Xuddi avvalgidek oʻt yoqish unga huzur bagʻishlardi. Oʻz jahliga erk berib yoqish, parcha-parcha qilib sindirish, vayron qnlish Tilka-pora qilish, dardisar muammoni yoʻq qilish unga xush yoqardi. Hal qilishning iloji yoʻqmi, marhamat, muammo ham boʻlmaydi! Olov hammasini hal qiladi!
— Monteg, kitoblar!
Kitoblar qanoti kuygan qushlar kabi sakrab jizgʻanak boʻlar, qanotlari qizil va sariq patlarga oʻxshab lovullardi.
Keyin u devorlariga uyqu elitgan, xayollari puch, tushlari qor kabi sovuq, miyasiz, bahaybat maxluqlar yashirinib olgan mehmonxonaga kirdi. Uchta silliq devorga qarata oʻt ochdi. Vakuum kolbalar qattiq vishillagan ovoz chiqarib sindi—boʻshliq Montegga shiddatli gʻuvillash, maʼnosiz qichqiriq bilan aks-sado berdi. U, xuddi shunday puch va maʼnosiz ramzlar yaratadigan boʻshliqni tasavvur qilmoqchi boʻldi, ammo buning uddasidan chiqa olmadi. Boʻshliq oʻpkalariga kirib olmasligi uchun bir zumgina nafas olmay tura oldi, xolos. Xuddi pichoq bilan kesganday, boʻshliqni tilib, orqaga tisarildi-da, sovgʻa tariqasida xonaga yana bir ulkan toʻq-sariq olov alangasini purkadi. Devorlarning oʻtga chidamli qatlami chaqnab, uy oʻt-olov ichida silkina boshladi.
— Ishingizni tugatganingizdan keyin, — shundoqqina orqasida Bittining ovozi eshitildi, — qamoqqa olinganingizni nazarda tuting.
Uy bir uyum laqqa choʻgʻ va qop-qora qurumga aylanib qulab tushdi. U yer bagʻirlab yotar, och-qizil, kulrang kukun par toʻshakday uni qoplagan vayronagarchilik uzra yuqoriga oʻrmalagan tutun jigʻasi havoda elas-elas jimirladi. Vaqt tungi uch yarim edi. Odamlar uy-uylariga tarqalishdi: sirk masxarabozligidan bir toʻp kul va shagʻal qolgan, tekin tomosha tugagan edi.
Monteg oʻtsocharni darmonsiz qoʻllarida tutib turar, yuzlari qorakuyaga belangan, oʻzi jiqqa terga botgan edi. Boshqa oʻt oʻchiruvchilar orqasida miq etmay toʻrishardi: ularning yuzini miltillab soʻnib borayotgan yolqinlar yalligʻi zaif yoritib turardi. Monteg gapirishga ikki marta ogʻiz juftladi. Nihoyat, fikrini bir joyga toʻplab soʻradi:
— Xavf-xatar signalini xotinim berganmidi?
Bitti tasdiqlab bosh irgʻadi.
— Oldinroq uning dugonalari xuddi shunday qilishgan edi, faqat shoshmaslikka ahd qiluvdim.
Qanday boʻlmasin, baribir, tuzoqqa tushardingiz. Oʻngga ham, soʻlga ham qaramay, sheʼrlarni deklamatsiya qilib, aqlli ish qilmadingiz, Monteg! Gʻoyat ahmoqona takabburlik bu! Odam bolasiga ozgina qofiyali misralarni oʻqishga berdingizmi, tamom, oʻzini olam-jahonning sultoni deb his qiladi. Uz kitoblaringiz bilan moʻjiza yaratmoqchi boʻldingiz. Aslida ularning hech kimga keragi ham boʻlmay qoldi. Oʻzingizni nima koʻyga solib qoʻyganingizni bir oʻydab koʻring, botqoqqa shu qadar botib ketdingizki, jimjilogʻim bilan turtsam, sizni yutib yuboradi!
Monteg tosh qotib turardi. Larzaga kelgan zamin va gurillagan olov bir necha daqiqa avval uyini yer bilan tep-tekis qilib yuborgan, vayronalar ostida Mildred hamda butun oʻtmish hayoti koʻmilgan edi.
Oʻrnidan qoʻzgʻalishga madori yetmasdi. Oʻtib ketgan boʻron aks sadosi tobora susayib, botinidan eshitilar, oʻta charchoqlik, esankirash, qahr-gʻazabdan tizzalari bukilib-bukilib ketardi. U Bittining shapaloqlab urishlariga ham bosh egib indamay yuzini tutib turdi.
— Monteg, siz tentaksiz! Gʻirt ahmoqsiz! Ayting-chi, nima maqsadda shunday qildingiz?
Montegning quloqlari tom bitgan edi. Xayolan u jonsiz, qorakuyaga belangan tanasini mana shu savdoyi telbaning ixtiyorida qoldirib, uzoqlarga qochib ketgan edi.
— Monteg, qoching! — iltijo qilardi Faber.
Monteg unga quloq tutdi.
Boshiga kelib tushgan kuchli zarbdan orqaga uchib ketdi. Ichida Faberning shivirlashlari va qichqirishlari eshitilib turgan koʻk oʻqdoncha otilib yoʻlkaga tushdi. Bitti sovuq iljayib uni changallab yerdan oldi-da, qulogʻiga tutdi. Monteg uzoqdan kelayotgan ovozni eshitdi:
— Monteg, sizga nima boʻldi? Tirikmisiz?
Bitti oʻqdonchani qulogʻidan olib, choʻntagiga soldi.
— Gap bu yoqda deng! Demak, men oʻylagandan ham koʻproq narsalar bu yerda sir tutilar ekan-da. Boshingizni engashtirib nimagadir quloq tutishingizni koʻruvdim. Avvaliga quloqlaringizga “Chigʻanoq” qoʻyib olgansiz degan xayolga boruvdim, keyinchalik esa birdaniga es-hushingiz joyiga kelib qolgani menda shubha uygʻotgan edi. Baribir tagiga yetamiz, oʻshanda sherigingizning holiga voy.
— Bekor aytibsiz! — qichqirdi Monteg.
U oʻtsocharning tepkisini surdi. Bitti olazarak boʻlib uning barmoqlariga tikildi, koʻzlari baqraydi. Monteg bu koʻzlardan ajablanishni uqdi. Oʻzi ham beixtiyor qoʻllariga tikildi, ular yana nima qilib qoʻydiykin?
Keyinchalik boʻlib oʻtgan butun sir-sinoatini eslab, oxir-oqibatda uni qotillik qilishiga pishang bergan narsa shu qoʻllarimidi yoki Bittining qullari biron narsa qilishga shay turganiga munosabati edimi, tushunolmasdi, momaqaldiroqning gumburlagan soʻnggi sadolari qulogʻiga eshitilsa-da, ongiga taʼsir etmasdan tindi.
Bittining yuziga muloyim tabassum yugurdi.
Durust, bu oʻz aytganiga quloq solishning tuzuk usuli. Toʻpponchangiz ogʻzyni suhbatdoshingizga qaratdingizmi, chor-nochor, u sizga tobe boʻladi. Qani, ochiqchasiga gapiravering.. Nima demoqchi edingiz bu gal? Nega meni Shekspir bilan siylamaysiz, hoy, quruq olifta?
“Sening dagʻ-dagʻalaringdan qoʻrqmayman, kassiy. Ular bayram kechalaridek oʻtadi-ketadi. Vijdon hissi mening panohim”. Shundaymidi? Eh, noshud adabiyotchi! Imillamang, axir, tepkini bosing!
Bitti shunday deb bir qadam olgʻa yurdi.
— Biz doimo oʻt qoʻyib yondiradigan narsa qolib boshqasini - tili kalimaga keldi Montegning.
— Gay, oʻtsocharni bu yoqqa bering, — soʻz qotdi ranggi quv oʻchgan Bitti.
Ammo keyingi daqiqadayoq lovullab yonib turgan alangaga, sira odamga oʻxshamaydigan, sakrayotgan, bigʻillayotgan qoʻgʻirchoqqa, yerda yumalab ketayotgan olov-koptokka aylandi-qoʻydi.
Monteg oʻtsochardan unga qarata uzun suyuq alanga purkagan edi. Qizib yotgan plitaga tupuk tushganday vijirlab, doshqozonga bir siqim tuz tashlab yuborganday, nimadir shaqillab qaynab, qulqillab, yuziga sariq koʻpik chiqib yoyilib ketdi. Bitti yana bir necha marta talvasalanib oʻt ketgan mum qoʻgʻirchoq singari tirishib, shalvirab qoldi.
Boshqa ikkita oʻt oʻchiruvchi butlarga oʻxshab qotib turardi.
Monteg koʻz tinib, bosh aylanishidan oʻzini bazoʻr tutib, oʻtsocharni ularga oʻxtaldi.
— Orqangizni oʻgiringlar! — deb buyurdi u. Ular itoatkorona orqalarini oʻgirdilar, qaynatib pishirilgan goʻshtga oʻxshash beoʻxshov yuzlaridai jiq-jiq ter oqardi. Monteg zarb bilan boshlariga urib temir qalpoqlarini uchirib yubordi, biri ikkinchisining ustiga quladi. Ularning dami chiqmay qoldi.
Qurigan kuz bargi novdadan uzilib tushganday yengil shitirlagan ovoz eshitildi. Monteg qayrilib qarab, mexanik itga koʻzi tushdi. Qayerdandir qorongʻilikdan chiqib kelib, shamol quyuq qora kulrang bulutni surib yuborgandek yengil va shovqinsiz harakat qilib, maysazordan yugurib oʻtgan edi.
It oʻrgimchaksimon panjalarini kerib, yagona tishi teshib yuboruvchi ignasini yaltiratib bir sakragan edi, Montegning boshi uzra uch futcha yuqoriga koʻtarildi. Monteg uni porillab turgan olov bilan qarshiladi, hayvonning temir tanasida sariq, zangori, zargʻaldoq ranglarda yaltirab quroq libosga oʻraganday boʻldi. It Montegga tashlanib, uni oʻt ochuvchi quroli bilan qoʻshib oʻn futcha nariga, daraxt tagiga uloqtirib tashladi. Monteg bir daqiqa it talvasaga tushib, oyogʻiga yopishib, igna sanchayotganini his qildi. Oʻsha zahoti olov oqimi itni havoga qarab itqitdi, uning temir suyaklarini boʻgʻinlaridan ajratib yubordi, qornini yorib tashladi, raketa portlaganday hammayoqni qizil otash qopladi.
Monteg yotgan joyida bu jonsiz va xavfli maxluq havoda chirpirak boʻlib yerga qulaganini koʻrdi. It zahrini sochib, jonini olish uchun hamla qilishga chogʻlanib turganday, oyoklari zirqirardi, Montegning gʻuvillab uchib ketayotgan, qanotlari bilan sal tegib oʻtgan mashinadan oʻzini bazoʻr chetga olib omon qolgan kishidek uni dahshat va yengil tin olishdek qorishiq his-tuygʻular chulgʻab olgan edi. Oʻrnidan turishga yuragi dov bermas, shikast yegan oyogʻini yerga bosishdan qoʻrqardi. Butun aʼzoyi badanida ogʻriq turganga oʻxshardi.
Endi nima qilsaykin?
Koʻcha boʻm-boʻsh, uy eski teatr dekoratsiyasi kabi yonib bitgan, koʻcha, yoqasidagi uylar zim-ziyo, yonida mexanik hayvonning boʻlaklari, narida Bitti, undan narida ikki oʻt oʻchiruvchi va Samandar. U bahaybat mashinaga nazar tashladi. Uni ham yoʻq qilmoq kerak…
“Qani, oʻrningdan azot tur-chi, — xayolidan oʻtkazdi u, — ohista, ohista… ana shunday!”
U oʻrnidan turdi, faqat bir oyogʻi sogʻ, ikkinchisi oʻrnida allaqanday sirli gunohi uchun jazo olgan-u, kuygan gʻoʻlani bosib turganday edi. Uni bossa belidan tizzasigacha minglab kumush ignalar oyogʻiga sanchilayotgandek boʻldi. Koʻzyoshlarini tiyolmay yigʻlab yubordi. “Yur, olgʻa qarab yur! Bu yerda qolishing mumkin emas”, derdi oʻz-oʻziga.
Uylarda yana chiroqlar yoqildi. Odamlar sodir boʻlgan voqeadan uxlayolmasmidi yo gʻayritabiiy sukunatdan xavotirga tushisharmidi, buni Monteg bilolmasdi. Oqsoqlanib, hakkalab sakrab, shikastlanib osilib yotgan oyogʻini surgab, tishini tyshiga qoʻyib xarobalar orasidan oʻtib borardi. Oyogʻiga soʻz qotib, ingrar, unga buyurganday oldinga qarab yurishny qistar, chunki omon qolish-qolmasligi shunga bogʻliq edi. Unga laʼnat oʻqir, iltijo qilardi. U qorongʻilikda qichqiriq va turli ovozlarni eshitdi. Nihoyat, pastqam koʻchaga olib chiqadigan orqa hovliga yetib oldi.
“Bitti, siz endi muammo boʻlmay qoldingiz, — xayolidan oʻtkazdi u, — siz hamisha “muammoni hal qilaman deb bosh qotirishingning keragi yoʻq, yaxshisi uni yoqib yuborish kerak”, deb aytardingiz. Xuddi siz aytganday qildim. Alvido, brandmeyster”.
U qoqila-suqila, choʻloqlanib qorongʻi koʻchada ilgarilab ketdi.
Har gal oyogʻini yerga bosganda chidab boʻlmas ogʻriq turar va oʻz-oʻzini koyirdi: ahmoqsan, ahmoq, kallavaram, uchchiga chiqqan ovsar, ming laʼnat-ye… Nima ish qilib qoʻyding, axir, bu yogʻi nima boʻladi endi? Takabburlik, jahl ham evi bilan-da, oʻzingni tutolmay, hammasini boshidanoq rasvo qilding. Toʻgʻri, oson tutib boʻlmaydi, bitta boshingga Bitti, mehmonxonadagi xotinlar, Mildred, Klarissa. Shunday boʻlsa ham baribir seni oklab boʻlmaydi! Befahm, ahmoqsan!
Odam shunchalik oʻzining sirini ochadimi? Nima qolgan boʻlsa qutqaramiz, qoʻlimizdan kelgan hamma ishni qilamiz. Bordi-yu, yonishga toʻgʻri kelsa, kimlarni jahannamga oʻzimiz bilan birga olib ketishni ham bilamiz.
Ha-ya! U kitoblarni eslab iziga qaytdi. Har ehtimolga qarshi ularni olvolish kerak.
U kitoblarni qoldirgan joyi — hovlining chetan devori yonidan topdi. Mildred, aftidan, hammasini yigʻishtirib olmagan koʻrinadi. Toʻrtga kitob yashirib qoʻygan joyida yotardi. Qorongʻilikda ovozlar eshitilib, ora-sira chiroqlar yonib-oʻchardi. Allaqayerlarda boshqa samandarlar guvillar, ularning shovqini tungi koʻchalarda vizillab borayotgan politsiyachilarning avtomobillari shovqini bilan qoʻshilib ketgan edi.
Monteg kitoblarni yigʻishtirib olib, yana hakkalab sakrab, oqsoqlanib koʻchadan yurib ketdi. Bexosdan bir zarb bilan boshini sapchadek uzib, tanasini boshidan ajratib tashlaganday yuztuban yiqildi. Miyasida yalt etib paydo boʻlgan fikr toʻxtashga majbur etdi, yer tishlatdi. U gʻujanak boʻlib, mayda toshlarga yuzini tutib yotar, hoʻng-hoʻng yigʻlardi.
Bitti oʻlishn istardi!
Endi Monteg xuddi shunday boʻlganiga shubha qilmasdi. Bitti oʻlishni istardi. Axir u shundoqqina roʻparasida, oʻzini himoya qilishga urinmasdan, uni mazax qilib, gij-gijlatib turardi. Monteg bu holatning tagiga yetolmay lol edi. Ajabo, buni qanday tushunsa boʻlarkin, qotilingni qoʻlida qurol bilan atrofingda aylanib yurishiga yoʻl qoʻyib qoʻysang, tilingni tiyib, bu bilan oʻz hayotingni saqlab qolish oʻrniga raqibing ixtiyor jilovini qoʻyib yubormaguncha oʻdagʻaylasang, mazax qilsang, jigʻiga tegsang…
Uzokdan yugurib kelayotgan oyoqlar dupuri- eshitildi.
Monteg oʻrnidan turib oʻtirdi. Ketish kerak. Imillama, turaqol! Ammo hamon oʻpkasi toʻlib, aʼzoyi badani titrardi. Oʻzingni qoʻlga ol. Ana, oʻziga kelyapti. U hech kimni, xatto Bittini ham oʻldirmoqchi emasdi. Oʻning badani kislota bilan kuydirilganday akashak boʻlib qoldi. Koʻllari bilan ogʻzini toʻsdi. Koʻz oʻngida mashʼala kabi yonib turuvchi, maysazorga uloqtirib tashlangan Bitti turardi. “Men buni istamagandim! Eh, xudoyim, buni istamagandim!” deb baqirib yubormaslik uchun barmoqlarini zoʻr berib tishlardi.
U hammasini eslashga, voqea-hodisalarning bir-biri bilan aloqalarini tiklashga, ilgarigi hayotini xotirasida tiriltirishga, unga elak va qum, Dengem tish pastasi, qulogʻida tungi kapalak qanotlarining shitirlashi, oʻt tushgandagi olov yolqinlar, xavf-xatar signallari va va bu soʻnggi tungi safarini oʻz ichiga olgan bir necha kun oldingi hayotini koʻz oldiga keltirishga harakat qilardi. Bularning hammasi ikki-uch kunga, kishining butun bir hayotiga ham koʻplik qilardi!
Oyoq tovushlari koʻchaning u boshida eshitila boshladi.
“Tur oʻrningdan!” — buyurdi oʻziga, -seni qara-yu, tur oʻrningdan! — qichqirdi jonsiz oyogʻiga qarab. Tizzalarida sanchiqli ogʻriq turdi, keyin minglab ignalar sanchilganday boʻldi, nishlar urganday ogʻriqqa oʻtdi, qoʻllari tirnalib, zirapcha kirib, yegʻoch devor boʻylab ellik qadamcha kalovlanib borganidan keyin esa oyogʻiga qaynoq suv quyganday, sanchiq kuydirayotgandek boʻldi. Oyogʻi endi unyng izmida edi. Madorsiz boʻlib qolgan boʻgʻinlari chiqib ketishidan xavfsirab, yugurishdan choʻchirdi. Ogʻzini katta ochib, tungi havodan oʻpkasini toʻldirib nafas olib, ichida bir narsa oʻzilib ketganini his etib, oqsoqlanib, gandiraklab olgʻa qarab yurdi. Kitoblarni bagʻriga bosib olgan edi.
U Faber haqida oʻylardi.
Faber u yerda, ismi-jismi yoʻq boʻlib ketgan,-hali sovib ulgurmagay suyuqlikda qolib ketgan edi. U Faberni ham yoqib yuborgan edi-da! Bu fikr uni shunday dahshatga soldiki, Faber unga haqiqatan ham oʻlgandek, asf.alasofilinga ketgan, eti ustixonga yopishgan, undan bir uyumgina suyaklar qolgan odamning choʻntagiga yashirib qoʻyilgan moʻjazgina yashin kapsuladagi mayda baliq singari kuyib qovurilgandek tuyuldi.
Yodingda tut: ularni yoqish kerak, aks holda ular seni yoqib yuborishadi, oʻylardi u. Hozir xuddi shunday. U qoʻllarini choʻntagiga suqib koʻrdi pullar joyida turibdi, Boshqa choʻntagida oddiy “Chigʻanoq” radioga tegib ketdi, unda sovuq va tund sahari mardonda shahar oʻzi bilan oʻzi gaplashardi.
Diqqat! Diqqat! Politsiya qotillik qilgan, davlatga qarshi bir qator jinoiy ishlar sodir etgan qochoqni izlayapti. Uning ismi — Gay Monteg. Kasbi oʻt oʻchiruvchi. Soʻnggi marta uni…
Olti kvartalcha u toʻxtamay yugurdi. Keyin koʻcha uyi xiyobonlarga, odsiy koʻchadan oʻn barobar keng avtomobil yoʻliga olib chiqdi. Charogʻon qilib yoritilgan koʻcha choʻldagi daryoni eslatardi. Uni kesib oʻtish qanchalik xavfli ekanligini u tushunib turardi. Hech narsa pana qilmas, kaftdek koʻrinib turardi hammasi. Dekoratsiyasiz keng sahnani eslatar, chiroqlar yorugʻida qochoqni osongina tanib olish, osongina qoʻlga, tushirish, osongina nishonga olib, otib tashlash mumkin boʻlgan boʻshliq uni imlab oʻziga chorlardi.
“Chigʻanoq” qulogʻida. gʻingʻillardi.
Yugurib ketayotgan kishini kuzating… yugurib ketayotgan kishini kuzating… u yolgʻiz, piyoda… kuzatint…
Monteg oʻzini orqaga, panaga urdi. Shundoqqina roʻparasida yoqilgʻi quyish stansiyasi — kafel sirlari yorugʻda yaltirab turgan bahaybat oppoq bino yuksalib turardi. Ikkita kulrang qoʻngʻiz avtomobil yoqilgʻi olish uchun uning yoniga kelib toʻxtadi.
Agar tavakkal qilmasdan xiyobonni kesib oʻtmoqchi boʻlsang, yugurmasliging, sayr qilib yurgandek, shoshmasdan, xotirjam yurib oʻtishing qerak. Ammo buning uchun tartibli, ozoda koʻrinishda boʻlishing lozim. Yoʻlda davom etishdan avval yuvinib, sochlaringni tarab olsang omon qolishingga imkoniyatlar koʻproq boʻladi. Qayoqqa ketayapsan oʻzi, — soʻradi, oʻZ-oʻzidan, — qayoqqa shoshilyapman? Hech qayoqqa. Uning shoshiladigan joyi, Faberdan boʻlak iltijo qiladigan doʻstlari ham yoʻq edi. Shu choqqacha beixtiyor Faberning uyi tomon yugurayotganini anglab yetdi. Faber uni yashira olmaydi-ku, axir bu oʻz joniga qasd qilish bilan barobar-ku! Baribir u Faber bilan jilla boʻlmasa bir necha daqiqa boʻlsa ham uchrashishi kerak. Faber unda soʻnib borayotgan jon saqlash, omon qolish imkoniyatiga ishonni mustahkamlaydi. Uni bir koʻrsa, dunyoda Faber singari ineon borligiga ishonch hosil qilsa, Faber tirikligini bilsa, boshqalar kabi soʻxtasi chiqib yonib ketmaganini bilsa mayli edi. Bundan tashqari, Monteg oʻz yoʻli bylan ketgandan keyin u foydalanishi uchun pulning bir qismini unga qoldirishi kerak. Ehtimol, unga shahardan chiqib olish imkoni tugʻilar, oʻshanda shahar atrofiga yashirinib, daryo boʻyida, katta yoʻllar yaqinida, dala va tepaliklar orasida yashagan boʻlardi.
Havodagi kuchli chiyillagan tovush uni yuqoriga qarashga majbur etdi.
Osmonga birin-ketin politsiya xelikopterlari koʻtarilar edi. Ular juda koʻp, “goʻyo” qoqi oʻtning gulini puflab uchirib yuborganday edi. Ulardan yigirmatachasi kuz sovugʻida qolgan kapalaklar kabi erinibgina Montegdan uch chaqirimcha narida havoda tebranib uchardi. Keyin ular pastga tusha boshlashdi, u yer-bu yerga koʻcha oʻrtasiga qoʻnib, qoʻngʻiz-avtomobillarga aylanib, birozdan keyin yana havoga koʻtarilib qidirishni davom ettirish uchun guldirab xiyobon boʻylab uchib ketishdi.
Roʻparasida yoqilgʻi bilan taʼminlaydigan stansiya. Xizmatchilar koʻrinmaydi, mijozlar bilan band. Monteg binoning orqa tomonidan aylanib oʻtib, erkaklar hojatxonasiga kirdi. Alyumin pardevor orqali unga diktorning ovozi eshitildi: “Urush eʼlon qilindi”. Tashqarida ustun yonida benzin tortishar, avtomobilda oʻtirganlar stansiya xizmatchilari bilan motorlar, benzin, qancha toʻlash haqida soʻzlashishar edi. Monteg radio orqali hozirgina eshitgan qisqa xabarning mohiyatini tushunishga qancha urinmasin, bilolmadi. Mayli, urush biroz kutib turar, uning uchun urush kechroq, bir yoki ikki soatdan keyin boshlanadi.
U yuz-qoʻllarini yuvdi, shovqin chiqarmasdan sochiqqa artindi, yuvinadigan xonadan chiqib, eshikni yaxshilab berkitdi-da, qorongʻilikka qarab qaDam tashladi. Bir daqiqadan keyin huvillab yotgan xiyobon burchagida turardi.
Mana, u yutishi kerak boʻlgan oʻyin: serbar kegelban maydonchasi uzra ertalabki salqin shabada esib turibdi. Xiyobon dong taratishga ulgurmagan qurbonlar va nomi nomaʼlum qotillar paydo boʻlishiga bir daqiqa qolgdn gladiatorlar sahnasi kabi top-toza edi. Keng asfalt koʻcha tepasidagi havo Montegning tanasidan chiqayotgan hovurga elas-elas tebranardi. Tanasidan chiqayotgan issiqlik atrofni shu qadar tebratishi kishini hayron qoldirardi. U, Monteg nur sochib turgan nishon edi, buni bilar, his qilib turardi. Endi koʻchani kesib yaqin yoʻldan oʻtishi kerak.
Uch kvartal oʻtganidan keyin avtomobil chiroqlari yaltirab koʻrindi. Monteg oʻpkasini toʻldirib nafas oldi. Oʻpkasini xuddi issiq choʻtka tirnab oʻtganday boʻldi. Yugurganidan tomogʻi qurigan, ogʻzida bemaza metall taʼmi, oyoqlari esa qoʻrgʻoshinday zil-zambil edi…
Avtomobil chiroqlari… Agar koʻchani hozir kesib oʻtadigan boʻlsa, avtomobil bu yerda qachon boʻlishini hisoblab chiqish kerak. Qarshi tomondagi yoʻlkagacha uzoqmikan? Yuz yardcha kelar-ov. Yoʻq, kamroq, boringki, yuz boʻla qolsin. Agar ohista qadam tashlab sekin yurib borilsa, bu masofani bosib oʻtguncha oʻttiz-qirq soniya vaqt ketadi. — Katta tezlikdagi avtomobil-chi? U tezlikni oshirib, uch kvartalni oʻn besh sekundda oʻtadi. Demak, yoʻlning oʻrtasiga yetib boʻlganda ham yugurish lozim. U avvl oʻng oyogʻini, keyin chap oyogʻini, yana oʻng oyogʻini bosib yurib ketdi. U boʻm-boʻsh qoʻchani kesib oʻtardi.
Koʻcha kimsasiz boʻlganda ham, uni bemalol kesib oʻtaman deb ishonch bilan aytish qiyin. Mashina yoʻlning tepalik joyida toʻrt kvartal narida bexosdan paydo boʻlishi mumkin va atrofingga qarashga ulgurmasingdanoq senga kelib urilishi, ustingdan oshib oʻtib ketishi mumkin.
U qadamlarini sanamaslikka ahd qildi. Yonlariga — soʻlga ham, oʻngga ham qaramadi! Koʻcha chiroklarining nuri kunduzgi quyosh nurlari kabi yorqin, xuddi oʻshanday kuydirayotganday boʻldi uni.
U gʻizillab kelayotgan mashinaning shovqiniga quloq tutdi: ikki kvartal narida, oʻng tomondan eshitilardi. Avtomobil chirogʻi goh kuchli shuʼla sochar, goh oʻchardi, nihoyat, Montegga tushib, yoritdi.
Toʻxtama, yuraver, yuraver!
Monteg bir daqiqa sarosimalanib turdi. Keyin qoʻllaridagi kitoblarni mahkamroq siqib, oʻzini olgʻa yurishga majbur qildi. Oyoqlari beixtiyor shoshilib yugura boshladi, ammo u ovoz chiqarib oʻzini uyaltirdi-da, ohista qadam tashlashga oʻtdi. U koʻchaning oʻrtasiga kelib qolgan edi, motor ovozi ham tobora kuchliroq eshitilar, mashina tezligini oshirardi.
Bu, shubhasiz, politsiya. Meni sezib qolishdi. Oʻzingni bos, hayajonldnma, orqaga qarama, atrofga alanglama, sir boy berma! Shahdam qadam tashlab ketaver, tamom-vassalom.
Mashina gʻuvillar, oʻkirar, tezligini oshirardi. U, uvillab gumburlar, gʻildiraklari yerga tegar-tegmas, koʻrinmas miltiqdan otilgan oʻq kabi vizillab uchardi. Soatiga bir yuz yigirma mil. Soatiga bir yuz oʻttiz mil. Monteg tishlarini gʻijirlatdi. Mashinaning yonib turgan chiroqlari yuzini kuydirayotganday, undan qovoqlari uchayotganday, badani yelimshak ter bilan qoplanayotganday tuyuldi.
Montegning oyoqlari gʻalati sudrala boshladi, u oʻzi bilan oʻzi
gaplasha boshladi, keyin oʻzini bosolmay yugurib ketdi. Imkon boricha oyoqlarini oldinga tashlashga harakat qilardi. Oldinga, oldinga! Eh, xudoyim! Eh, xudoyim! Koʻlidan kitobni tushirib yubordi, toʻxtab, sal boʻlmasa orqaga qayrilmoqchi boʻldi, ammo bu fikridan qaytib yana olgʻa tashlandi, qoʻngʻiz avtomobil esa oʻz oʻljasini taʼqib etib borardi — ularning orasidagi masofa ikki yuz, keyin yuz, toʻqson, sakson, yetmish futgacha kamaydi. Monteg nafasi tiqilib, qoʻllarini, yoyar, oyoqlarini baland koʻtarib tashlar, mashina esa tobora yaqinlashib kelar, guvillar, signal berardi. Monteg boshini oʻgirib qaraganini biladi, oʻtkir chiroq nuri koʻzlarini qamashtirib yubordi — mashina koʻrinmas, faqat kuchli yorugʻlik shulasi, lovullab turgan mashʼala Montegga qarab bostirib kelayotganga oʻxshardi — hoziroq, keyingi daqiqadayoq uni urib oʻtadi!…
Monteg qoqilib, yiqildi.
Men halok boʻldim! Hammasi tamom!
Yiqilgani joniga ora kirdi, Montegga urilib ketishiga bir soniya qolganida quturgan qoʻngʻiz kutilmaganda orqasiga qaytib, uni chetlab oʻtib gʻoyib boʻldi. Monteg toshyoʻl ustida yuzi bilan pastga qarab uzala tushib yotardi. Koʻkish ishlangan gaz bidan birga uzuq-yuluq kulgi ovozlari unga yetib keldi.
Oʻng qoʻli oldinga tashlanib choʻzilib yotardi. Uni Yuqoriga koʻtardi, oʻrta barmogʻining uchida ingichka chiziq qorayib koʻrinardi — bu gʻuvillab oʻtib ketgan mashina gʻildiraklarining izi edi. U asta-sekin oʻrnidan qoʻzgʻaldi, qoʻlidagi izga qarab koʻzlariga ishongisi kelmasdi-Demak, bu politsiya emas ekan-da?
U xiyobonni nazardan oʻtkazdi. Boʻm-boʻsh. Bu politsiya emas, oʻsmirlar toʻldirgan oddiy mashina edi. Ular necha yoshda boʻlishlari mumkin? Oʻn ikkidan oʻn olti yoshgachamikan? Baqirgan-chaqirgan bolalar toʻdasi sayrga chiqqanu yayov ketayotgan odamni koʻrib, bu odam politsiya butun shaharni ostin-ustin qilib qidirayotgan mister Montegning oʻzi ekanligiga shubha ham qilmay, tekin tomosha-ku, urib yiqitmaymizmi, degan qarorga kelishgan. Eh, yoshlar-a, yuzlarini sovuq shamolga tutib oydin tunda besh yuz-olti yuz mil joyga uchib borib kelishga jazm etganlar-da. Tongotarda uylariga qaytadilarmi, yoʻqmi, sogʻ qoladilarmi, yoʻqmi — bunday sayrlardan maqsad ham shu-da.
“Ular meni oʻldirmoqchi edilar”, oʻyladi Monteg. U gandiraklab turar, havoni chang qoplagan edi. U yuzidagi shilingan joyni qoʻllari bilan paypasladi. “Ha, ular meni he yoʻq-be yoʻq, nima qilayotganliklarini oʻylab ham koʻrmay oʻldirmoqchi edilar”.
Monteg quvvati qolmagan oyoqlariga harakat qilishni buyurib, hali-beri yetolmaydigan trotuarga qarab ketaverdi. Qandaydir yoʻl bilan sochilib yotgan kitoblarni yigʻishtirib oldi, ammo qanday engashib terib olganini eslolmadi. Shu tobda murakkab yurish qilishga hozirlik koʻrayotgan qartaboz kabi kitoblarni u qoʻlidan bu qoʻliga oʻtkazardi.
Ehtimol, Klarissani oʻshalar oʻldirishgandir?
U toʻxtab, xayolida baland ovoz bilan yana qaytardi: — Ehtimol, Klarissani oʻshalar oʻldirishgandir!
U baqirganicha ularni orqasidan quvlamoqchi boʻldi.
Koʻzyoshlari olamni zimiston qilgan edi.
Ha, yiqilib omon qolgan. Haydovchi oʻz vaqtida fahmlagan, fahmlagan emas, eng katta tezliqda ketayotgan mashina yotgan odamga urilib, muqarrar oʻzi xalokatga uchrashi ichidagi odamlarni nobud qilishini his qilgan. Bordi-yu, Monteg yiqilmaganda-chi?
Monteg birdan nafasini ichiga yutib jim boʻlib qoldi. Oʻndan toʻrt mahalla narida qoʻngʻiz yurishini sekinlatib, orqa gʻildiraklariga suyanib, orqasiga burildi-da, hamma harakat qoidalarini buzib, koʻchaning u tomonidan shiddat bilan kelaverdi.
Monteg xatarsiz joyda: qorongʻi tor koʻchaga yashirinib olgan edi. Bundan, bir soat, bir daqiqa muqaddam shu yerga yetib olishning ilinjida edi. Tungi sovuqdan dir-dir titrab, atrofga alangladi. Koʻngʻiz yonginasidan uchib oʻtib, xiyobonning oʻrtasiga chiqib oldi-da, koʻzdan gʻoyib boʻldi: xoxolagan kulgi ovozi tun sukunatini yana buzdi.
Monteg tor koʻchadan oʻtib borarkan, kelajakda uzoq davom etadigan qishning birinchi qori osmondan helikopterlar xuddi laylakqor yogʻayotganday uchib tushayotganini koʻrdi.
Xonadondan tiq etgan tovush chiqmasdi.
Monteg tundagi nargiz, atirgul va namiqqan oʻtlar hidini dimogʻida tuyib, bogʻ tomondan yaqinlashdi. Oyna solingan orqa eshikka qoʻlini tekkizdi, u qulflanmagan ekan, biroz quloq solib turib, shovqin solmasdan oʻzini ichkariga oldi.
“Blek xonim, uxlayotganingiz yoʻqmi? — soʻradi u, — joʻyali ish qilmayotganimni bilaman, ammo eringiz boshqalarga shunday qilib hech qachon bu yaxshimi, yomonmi deb oʻzidan soʻramasdi, hech qachon bu haqida oʻylamasdi, vijdoni qiynalmasdi. Endi esa, siz oʻt oʻchiruvchining xotini boʻlganingizdan, sizga navbat keldi. Endi eringiz oʻt qoʻygan hamma uylar, oʻylamasdan odamlarga keltirgan gʻam-tashvishlari uchun olov sizning uyingizning kulini koʻkka sovuradi”.
Xonadon unsiz edi.
Monteg kitoblarni oshxonaga yashirdi-da, tor koʻchaga qaytib chiqdi. Orqasiga oʻgirilib qaradi: qorongʻilik va jimjitlik ogʻushida uy mudrab uxlayotganday edi.
Monteg yana tungi koʻchalar boʻylab yurib ketdi. Shahar uzra shamol uchirgan qogʻoz parchalari kabi helikopterlar. charx urardi. Monteg (yoʻlda kechasiga yopilgan doʻkon yonidagi telefon hujrasiga kirdi. Keyin u sovuqda junjiqib, uzoqda oʻt oʻchirish qoʻngʻirogʻi jiringlab, samandarlar Blek janoblarining uyini yondirib yuborish uchun gʻuvillab oʻtishini uzoq kutib turdi. Janob Blekning oʻzi hozir xizmatda. Ammo xotini ertalabki tumandan qaltirab, uyiga oʻt ketib vayron boʻlishini kuzatib turadi. Hozircha dunyodan xabari yoʻq, uyquda.
Tuningiz xayrli boʻlsin, Blek xonim.
— Faber!
Eshik tiqillaydi. Yana. Yana tiqillaydi. Shivirlab uy sohibi chaqirildi. Kutish. Nihoyat, bir daqiqadan keyin Faberning uychasida xira chiroq yonadi. Yana bir daqiqa kutishdan keyin orqa eshik ochildi.
Monteg va Faber oʻz koʻzlariga ishonmaganday, yarim qorongʻilikda sas chiqarmay, bir-birlariga tikilib qolishdi. Faber kelib, chaqqon qoʻllarini uzatib, Montegni ichkariga tortib kiritdi-da, stulga oʻtqazdi, yana eshikka kelib quloq tutdi. Tong otar sukunatida sirena tovushi chiyillardi. Faber eshikni yopdi.
— Men boshidan-oxirigacha oʻzimni ahmoqlarcha tutdim. Bemaʼni ishlar qildim. Bu yerda uzoq qolishim mumkin emas. Ketaman, qayoqqaligi yolgʻiz xudoyimga maʼlum, — gʻoʻldiradi Monteg.
— Harholda, bularning hammasini arziydigan ish deb qilgansiz, javob berdi Faber, — dunyoni tark etganmisiz degan xayolga boruvdim.
Men sizga bergan apparat.
— Yonib ketdi.
— Brandmeyster siz bilan qanday gaplashayotganini eshituvdim, keyin esa ovoz chiqmay qoldi. Sizni qidirib topishga jazm etgandim.
— Brandmeyster oʻldi. U kapsulani topib olib sizning ovozingizni eshitdi. U sizni ham qoʻlga tushirmoqchi boʻluvdi.
- Faber stulga oʻtirdi. Anchagacha churq etmay oʻtirishdi.
— Tavba, bularning hammasi qanday sodir boʻldi ekan? —yana gapga tushdi Monteg, — kechagina hammasi silliq ketayotuvdi, bugun esa jahannam tubiga qulayotganimni his qilyapman, Inson necha marotaba oʻlib, yana qanday qilib tirik qolarkin? Menga havo yetishmayapti. Bitti oʻlgan, qachonlardir mening doʻstim edi u. Milli ketib qoldi: mening xotinim deb oʻylardim uni, endi esa bilmayman. Boshpanam yoʻq, oʻt tutab yondi, ishsiz qoldim, oʻzim yashirinishga majburman. Bu yerga kelayotib, oʻt oʻchiruvchining uyida sezdirmay kitoblar qoldirib keldim. Evoh, bir hafta ichida shuncha gunohlar qildimki!
— Siz faqat qilinishi kerak boʻlgan ishlarni qilgansiz, xolos.
Xuddi shunday boʻlishi kerak edi.
— Ha, shunday, bunga ishonaman. Bunga ishonsam ham, mening oʻzimga ishonib boʻlarmikan? Ha, shunday boʻlishini bilardim. Anchadan buyon oʻzimda nimadir oʻzgarib, oʻsib borayotganini his etardim. Bir ishni qilardimu, tamom boshqa narsani oʻylardim. Bu mevda pishib yetilardi. Buning tashqaridan sezilmaganiga ajablanaman. Mana, endi sizning hayotingizni ham buzish uchun huzuringizga keldim. Ular bu yerga kelishlari mumkin-ku!
— Koʻp yillar oʻtib yana qayta tugʻilgandayman, — javob berdi Faber, — allaqachon qilishim kerak boʻlgan ishni bajarayotganimni his qilyapman, hozircha qoʻrquvni his etmayapman. Balkim, zarur ishni qilayotganimdan shundaydir. Balkim, bir marta tavakkal ish qilib, koʻz oldingizda qoʻrqoq boʻlib qolishni istamayotganimdandir. Orqaga qaytmaslik, qoʻrqoqlik qilmaslik, qoʻrquvga yoʻl bermaslik uchun dadilroq boʻlishim, koʻproq tavakkal qilishimga toʻgʻri kelar. Endi nima qilmoqchisiz?
— Qochaman, yashirinaman.
— Urush eʼlon qilinganini bilasizmi?
— Ha, eshitdim.
— Eh, xudoyim! Tavba! — ajablandi qariya, — endi oʻzimizning tashvishlarimiz paydo boʻlganida urush qandaydir ahamiyatsiz narsadek tuyuladi.
— U hakida oʻylashga vaqtim boʻlmadi, — Monteg choʻntagidan yuz dollarlik qogʻoz pul chiqardi, — mang, mana buni olib qoʻying. Men ketganimdan keyin, nimaga xohlasangiz shunga ishlating.
— Biroq.
— Peshinga yetguncha tirik qolishim dargumon. Undan ish uchun foydalaning.
Faber bosh irgʻitib qoʻydi.
— Daryoga yetib olishga harakat qiling, keyin qirgʻoq boʻylab yuring, u yerda shahardan mamlakat ichkarisiga eltadigan eski temir yoʻl izi bor. Uni topib, hech qayoqqa chalgʻimay ketavering. Hamma aloqalar endilikda havo yoʻli orqali amalga oshiriladi, koʻpchilik temir yoʻllar qarovsiz qolgan. Mazkur temir yoʻl hamon saklab qolingan, asta-sekin uni ham zang bosyapti. Qayerdadir xilvat joylarda darbadarlar lagerini topish mumkin deb eshitgandim. Piyoda koʻchmanchilar deb atasharkan ularni. Shahardan uzoqroqqa chiqib, koʻz-quloq boʻlib turish kerak. Bu yerdan Los-Anjelesga olib boradigan temir yoʻl izi boʻylab Garvard universitetining koʻplab sobiq tarbiyalanuvchilarini uchratish mumkin deyishadi. Ularning koʻpchiligi politsiyadan yashirinib yurgan qochoqlardir. Harholda ular omon qolishgan. Ular koʻp emas, aftidan hukumat ham ularni shahar tashqarisida qidirishni davom ettirish darajasida xavfli kishilar deb hisoblamaydi. Vaqtincha ularning orasida yashirinishingiz mumkin. Keyinchalik esa meni Sent-Luisdan qidirib topishga harakat qiling. U yerga bugun ertalab soat beshda yoʻlga chiqadigan avtobusga tushib joʻnayman. Keksa bosmaxona ishchisi bilan koʻrishishim kerak. Koʻrib turganingizdek, nihoyat, harakatga tushdim. Sizning jamgʻarmangiz xayrli ish uchun ishlatiladi. Sizga minnatdorchilik bildiraman. Sizni xudoga topshirdim. Balki, biroz yonboshlab dam olarsiz?
— Rahmat, hayallamay yoʻlga tushganim maʼqul.
— Keling, nimalar boʻlayotganini koʻraylik-chi.
Faber shoshilib Montegni yotoqxonaga olib oʻtdi va devorda osilib turgan rasmlardan birini yon tomonga surib qoʻydi. Uning ostiga kattaligi pochta qogʻoziday keladigan uncha katta boʻlmagan televizor ekrani oʻrnatilgan edi.
— Men hamisha mana bu qulogʻingni qomatga keltiradigan ulkan devor oʻrniga xohlasam kaftim bilan yopib qoʻyishim mumkin boʻlgan kichik ekranni orzu qilardim. Mana, koʻring.
U ekranni uladi.
— Monteg,— degan ovoz eshitildi televizordan va ekran yorishdi,— M-O-N-T-E-G, — harflab oʻqidi diktor, — Gay Monteg. Hamon qidirilmoqda. Qidiruvni politsiyachi helikopterlar olib borishmoqda. Koʻshni rayondan yangi mexanik it keltirilgan.
Monteg va Faber unsiz bir-birlariga qarab qoʻydilar.
— Mexanik it benuqson ishlaydi. Bu ajoyib ixtiro jinoyatchilarni qidirib topishda birinchi marta ishlatilgandan buyon, hali biron marta xatoga yoʻl qoʻymagan. Bizning televizion kompaniyamiz mexanik iskovich jinoyatchining iziga tushishi bilan helikopterda oʻrnatilgan televizion kamera bilan uni kuzatib borish imkoniyati yaratib berilganidan faxrlanadi…
Faber stakanlarga viski quydi.
— Keling, ichamiz. Bizga zarar qilmaydi.
Ular ichib yuborishdi.
— Mexanik itning hid bilish xususiyati shunday mukammalki, oʻn mingga yaqin odamning hidini eslab qolishga qodir va yangidan sozlamasdan turib, shu oʻn ming kishidan har birining izidan tushib topa oladi.
Faberni yengil titroq bosdi. U koʻz yugurtirib xonaga, devorlarga, eshik, eshik tutqichi, Monteg oʻtirgan stulga nazar tashladi. Monteg uning nigohini darrov sezdi. Ikkovlari bir zumda xonani nazardan oʻtkazdilar. Monteg dafʼatan burun kataklari titrab, xuddi oʻz iziga oʻzi tushganday, hid bilish qobiliyati oshib, havoda qoldirgan oʻz izini hidiga qarab topayotgandek, qoʻlini uzatib ushlagan eshik qulfida kichkinagina qandilning antiqa shokilalari kabi yiltirab turuvchi behisob mayda marjon terlarini aniq koʻrib turganday tuyuldi. Hamma narsada uning zarrasi qolgan, u Monteg hamma joyda, uyda ham, tashqarida ham boʻlgan, u nur sochuvchi bulut, havoda erib yoʻq boʻlib ketgan sharpa edi. Bularni oʻylasa nafasi siqilardi. Faber havo bilan qochoqning soyasini ichiga tortishdan qoʻrqib nafas olishni toʻxtatganini oʻz koʻzlari bilan koʻrdi.
— Hozir Mexanik it oʻt tushgan joyda helikopterdan tushiriladi! Kichik ekranda yongan uy, olomon, yerda choyshab bilan usti yopilgan nimadir va osmondan tushayotgan, ajoyib gulga oʻxshagan helikopter koʻrindi.
Demak, ular oʻyinni oxirigacha yetkazishga qaror qilishibdi. Biron bir soatdan keyin urush boshlanishiga qaramay, spektakl ijro etiladi.
Monteg sehrlab qoʻyilganday, sal qimirlashdan qoʻrqib, voqeani kuzatdi. Buning hammasi shu qadar uzoq, unga hech qanaqa aloqasi yoʻqdek, xuddi teatrda oʻtirib, begona kishining dramasini, qiziqsinmay, hatto qandaydir alohida mamnuniyat bilan tomosha qilayotgandek edi. “Bularning hammasi men haqimda-ku, — oʻyladi u, — esim qursin, hammasi men haqimda-ku!”
Agar u hohlasa, bu yerda qolib, qulay sharoitda butun taʼqibni boshidan-oxirigacha, qadam-boqadam, jin koʻchalar, ravon yoʻllar, huvillagan, keng xiyobonlar boʻylab, maysazorlar va oʻyin maydonchalari uzra, goh u, goh bu yerda zarur tushuntirishlar uchun diktor bilan toʻxtashi, yana tor koʻchalardan oʻtib, janob va Blek xonimning yonayotgan uylari, Faber bilan oʻtirib viski ichishayotgan uychani, elektr maxluq esa ajal kabi sezdirmay yaqinlashib, uning izlaridan hid olayotganini kuzatishi mumkin edi. Mana, oʻ naq derazaga yaqinlashib turibdi. Monteg istasa, oʻrnidan turib, bir koʻzining qirini televizorga tashlab derazaga yaqinlashishi, uni ochishi, mexanik hayvon roʻparasida boshini chiqarishi mumkin. Oʻshanda ekranning yorugʻ kvadratida chetdan dramaning bosh qahramoni hamma shov-shuv koʻtargan mashhur kishi, hammasini diqqat-eʼtibori qaratilgan inson sifatida oʻzini koʻradi. Shu daqiqalarda boshqa mehmonxonalarda uni hajmli, butun boʻy-basti bilan rangli tasvirda koʻrishadi. Bu soʻnggi daqiqalarda fursatni boy bermasa bandalikni bajo keltirishga bir soniya qolganda jonini oluvchi igna kamdan-kam uchraydigan tomosha — yirik yirtqichni ov qilish, jinoyatchini taʼqib etish, yakkayu yagona kishi qatnashadigan dramani hayajonlanib kuzatish uchun bir daqiqa avval sirenaning dahshatli chinqirigʻidan junbushga kelib, oʻz mehmonxonalariga shoshilgan adadsiz odamlarning baxti va tinchligi uchun badaniga sanchilayotganini koʻrishi mumkin.
Soʻnggi soʻzini aytishga ulgurarmikan? Millionlab tomoshabinlarning koʻz oʻngida itning changaliga tushganida, u, Monteg, koʻppak metall jagʻlari ochilib-yumilib, qochib qorongʻida gʻoyib boʻlganidan keyin ham aytganlari unut boʻlmasligi uchun shu haftadagi hayotiga bir ogʻiz jumla yoki bir kalima soʻz bilan yakun yasashi kerak emasmi?
Televizion kameralar turgan joylarida qimirlamasdan uzoqlashib ketayotgan hayvonni kuzatib tursalar — bundan ortiq taʼsirliroq tasvir boʻladimi?
Odamlarning yuzini olov boʻlib kuydiradigan, ularni gʻaflat uyqusidan uygʻotadigan qudratli soʻzni, shunday soʻnggi soʻzlarni qaydan topsaykin?
— Unga qarang, — shivirladi Faber.
Helikopterdan mashinaga ham, hayvonga ham oʻxshamaydigan, tirik yoki oʻlik ekanligini bilib boʻlmaydigan xira koʻkish rangda nurlanib turgan narsa sirgʻalib pastga tusha boshladi. Koʻz ochib-yumguncha bu bahaybat maxluq tutayotgan vayronalar yonida paydo boʻldi. Politsiyachilar Monteg tashlab yuborgan oʻtsocharni qoʻllariga olib uning tutqichini mexanik hayvonning tumshugʻiga tutdilar. Vizillagan, shiqirlagan, yengil gʻuvillagan tovush eshitildi.
Monteg, koʻzlarini ochib, boshini silkitib oʻrnidan turdi. Stakanda qolgan viskini tomogʻiga tashladi:
— Vaqt boʻldi.Shunday boʻlganiga juda achinaman.
— Achinasiz? Nimaga? Menga, mening uyimga xavf-xatar paydo boʻlganigami? Hammasiga oʻzim javob beraman. Xudo xayringizni bersin, keting, yoʻlingizdan qolmang! Balkim, ularni chalgʻitib turishning uddasidan chiqarman…
— Toʻxtang. Siz ham qoʻlga tushguday boʻlsangiz, bundan ne foyda? Ketishim bilan oʻringa yopilgan choyshabni yoqib yuboring — men unga tekkanman. Mebel, barcha eshik tutqichlarini spirt bilan artib chiqing. Dahlizdagi poyondozni yoqib yuboring. Barcha xonalardagi ventilyatsiyani toʻla quvvat bilan ishlatib qoʻying, boʻlsa, hamma narsaga kuyadori sepib chiqing. Undan keyin bogʻdagi suv sepadigan uskunalaringizni barchasini ishlatib yuboring, yoʻlchalarni shlangda suv bilan yuvib tashlang. Taʼqibni toʻxtatishga muvaffaq boʻlsangiz, ajab emas…
Faber uning qoʻlini qisib xayrlashdi.
— Hammasini aytganingizday qilaman. Sizga oq yoʻl. Ikkovimiz ham tirik qolsak, keyingi hafta ichi yoki yana bir haftadan keyin sizdan bir mujda kutaman. Menga Sent-Luis, bosh pochta boʻlimi, “yoʻqlab olinadigan xat” deb yozing. Afsuski, hamm avaqt siz bilan aloqa bogʻlab turolmayman, siz uchun ham, men uchun ham bu ayni muddao boʻlardi, biroq menda ikkinchi eshitish gʻilofchasi yoʻq. Bir narsaga yarab qolar deb hech qachon oʻylamagan ekanman. Eh, attang!
Oxirini oʻylamagan, tentaklik qilgan Ekanman. Mana, kerak boʻlib turganda, qoʻlimdan hech narsa kelmaydi. Vaqtingiz oʻtmasin!
— Yana bitta iltimos. Tezroq menga chamadon berib, ichiga biron-bir eski kiyimlaringizdan — kostyum, qancha uringan boʻlsa, shuncha yaxshi, koʻylak, eski boshmoq, paypoq soling.
Faber koʻzdan gʻoyib boʻlib, bir zumda yana qaytib keldi. Ular kartondan qilingan chamadonning yoryq joylarini yopishqoq lenta, bilan yelimlab yamadilar.
— Mister Faberning hidi ham mustahkam saklanadigan boʻldi, — dedi Faber harakatdan qora terga tushib.
Monteg viski olib, chamadonning sirtiga sachratib sepib chiqdi.
— It ikki xil hidni sezib qolishidan bizga hech qanaqa naf yoʻq. Qolgan viskini oʻzim bilan olsam, maylimi? Hali menga kerak boʻlib qolishi mumkin. Nafsilamrini aytganda, shunga harakatlarimiz zoye ketmas.
Yana qoʻl olishib xayrlashdi, eshik tomonga yuraturib yana bir karra televizorga koʻz qirini tashlashdi. It tun havosini hidlab, ohista, yashiringancha iz quvib borardi. Ularning boshi uzra televizion kameralar oʻrnatilgan helikopterlar gʻujgʻon oʻynardi. It birinchi tor koʻchaga kirdi.
— Xayr!
Monteg shovqinsiz uydan sirgʻalib chiqdi-da, yarim boʻsh chamadonni mahkam ushlab, yugurib ketdi. Orqada suv sepuvchi uskunalar ishga tushib, avval past, keyin esa tobora kuchli va ravon yogʻib turgan yomgʻir shovqini kabi tong havosini tutib ketganini eshitdi. Suv bogʻdagi yoʻlchalarni toʻldirib, koʻchada jilgʻalarga oʻxshab oqardi. Bir qancha tomchilar kelib yuziga urildi. Moʻysafid xayrlashib, nimadir deb qichqirgani eshitilganday boʻldi, balki unga shunday tuyulgandir?
U daryoni moʻljalga olib, uydan tez uzoqlasha boshladi.
Monteg yugurardi.
U mexanik itning xuddi kuzning sovuq, yongil va quruq nafasiday, xuddi hatto oʻt-oʻlanlar ham silkinmaydigan, deraza eshiklari ochib-yopilmaydigan, trotuardagi oppoq plitalardagi shox-shabbalarning soyasi dipillamaydigan kuchsiz shamol kabi yaqynlashib kelayotganini his etdi. Mexanik it oʻz harakati bilan atrof-javonibning muallaqligiga zarrachada taʼsir etmasdi. U paydo boʻlishi bilan hammayoq sukunat ichida qolganday boʻldi. Monteg shahar boʻylab tez-tez qadam tashlab borarqan mutgasil shu sukunat iskanjasida qolganini sezardi. Nihoyat, unga ortiq chidashning iloji qolmadi. Monteg yugurishga tushdi.
U daryo tomon yugurardi. Ora-sira nafasini rostlab olish uchun toʻxtab, uyquni tark etgan uylarning xira yoritilgan derazalariga nazar tashlar, mehmonxonalaridagi televizorli devorlariga qarayotgan odamlar sharpasini koʻrar, devorlarda neonli bugʻ parchasi kabi Mexanik it goh paydo boʻlar, goh koʻrinmay qolar, goh u, goh bu yerda lipillab koʻrinar, yumshoq, oʻrgimchakniki kabi panjalari bilan sakrab tobora uzoqlashardi. Mana u Elm-terrasda, Linkoln koʻchasida, Chinor, Bogʻ xiyobonida, Faberning uyiga eltadigan tor koʻchada!
“Yugur, toʻxtama, — oʻziga gapirardi Monteg, — imillama!”
Ekranda Faberning uyi koʻrindi: suv sepadigan uskunalar toʻliq ishga tushib, havoga tizillatib yomgʻir purkab yotardi. It sakrab toʻxtadi.
Yoʻq! Monteg jon-jahdi bilan deraza tokchasiga yopishib oldi. U yerga emas! Faqat u yerga emas!
Teshib yuboradigan igna tashqariga chiqdi-yu, joyiga qirib ketdi, yana chiqib, yana kirib ketdi. Uning uchidan ajalning urugʻi — bir tomchi shaffof zahar dumalab pastga tushdi. Igna itning tumshugʻida gʻoyib boʻldi.
Monteg tomogʻiga bir narsa tiqilganday, nafasi siqildi, Mexanik it qayrilib, Faberning uyidan nariga boshqa koʻchaga qarab otildi.
Monteg ekrandan koʻzini olib, osmonga boqdi. Helikopterlar juda yaqinlashib qolgan, nurga uchib kelgan mayda chivinlar kabi bir joyga gʻuj toʻplanishgan edi, Monteg qiyinchilik bilan oʻzini bu daryo tomonga borayotib tasodifan koʻzi tushib qolgan allaqanday toʻqib chiqarilgan sahna asari emas, balki oʻz shaxmat partiyasi oʻynalayotganini oʻz koʻzi bilan kuzatayotganini eslashga majbur etdi.
U shu koʻchadagi soʻnggi uyning derazalaridan, unda koʻrganlaridan oʻzini xoli qilish, serrayib qolgan holatdan yorib chiqish uchun ovozining boricha baqirdi. Jin ursin! Hammasini jin ursin! Bu unga yordam qildi. Yana yugura boshladi. Tor koʻcha, qatta koʻcha, tor koʻcha, katta koʻcha, gupillab daryo hidi kela boshladi. Oʻng oyogʻi, chap oyogʻi, oʻng oyogʻi, chap oyogʻi, chap oyogʻini bosib chopayapti. Bordi-yu, televizion kameralar uni oʻz obyektivlariga tushirsalar, bir daqiqadan keyin tomoshabinlar ekranlarda u ming marta koʻrgan politsiyachilar va qotillar, quruvchilar va qochuvchilar qatnashadigan eski kichik hajviy pyesalardagi kabi yugurib ketayotgan yigirma million Montegni koʻradilar. Uning orqasidan shu topda yigirma million it tovush chiqarmay, soya kabi mehmonxonalarda oʻng devordan oʻrtadagisiga sakrab yoʻq boʻlib keyin yana oʻng tomondagisida paydo boʻlib, oʻrtadagisidan chap tomondagisiga oʻtish uchun quvib kelyapti!
Monteg “Chigʻanoq”ni qulogʻiga suqdi:
— Politsiya Elm-terras aholisiga shuni taklif qiladi: qaysi koʻchada va qaysi uyda; yashamasin, har bir kishi uyining eshigini ochsin yoki derazani ochib qarasin. Buni hamma bir vaqtning oʻzida bajarishi kerak. Hamma birvarakay oʻz uyidan chiqib qarasa, qochqin yashirina olmaydi. Shunday qilib, tayyorlaning!
Ha-ya, ilgari nima uchun bu xayollariga kelmaganiykin? Nega shu choqqacha shunday qilishmagan? Hamma tayyorlanib, bir paytning oʻzida tashqariga qarasa! Qochqin yashirina olmasa! Shu daqiqada koʻchada yugurib ketayotgan, oʻz oyoqlarining harakat qila olishini tekshirishga, yugurishga jazm etgan yakkayu yolgʻiz inson yashirinishga joy topolmasa!
— Oʻn deganda qaralsin. Boshlaymiz. Bir! Ikki!
U butun shahar oʻrnidan qoʻzgʻalganini his etdi.
— Uch!
Butun shahar minglab eshiklar tomon burildi.
Tezroq! Chap oyoqni, oʻng oyoqni bos!
— Toʻrt!
Hamma, uyqusida yuradigan odamlardek tashqariga yura boshladi.
— Besh!
Ular eshik tutqichlarini ushlashdi.
Daryo tomondan jala qoʻygandan keyin boʻladigandek salqin shabada esdi. Montegning tomogʻi qurib, chopaverganidan koʻzlari qizarib ketdi. Birdaniga u soʻnggi yuz yardni yugurib oʻtishga, uni oldinga itarishga yordam qiladiganday baqirib yubordi.
— Olti, yetti, sakkiz!
Minglab eshiklarda kalitlar buraldi.
— Toʻqqiz!
U tizilib turgan uylarning soʻnggi qatori yonidan yugurib oʻtdi. Keyin pastga qiyalik boʻylab sokin, girdob boʻlib oqayotgan suvga yaqinlashdi.
— Oʻn!
Eshiklar lang ochildi.
U zimiston koʻchalarga, hovlilarga va tun osmoniga hurkib boquvchi ming-minglab chehralarni koʻz oldiga keltirdi: ular qoʻrqib rangi quv uchib pardalar orqasiga yashirinishadi; mayda maxluqlar singari elektr uyalaridan boʻynilarini choʻzib qarashadi, koʻzlarini kul bosganday, lablarining qoni qochgan, muzlab ketgan tanalarida siyqa fikrlar.
Monteg daryo yoqasiga kelib qolgan edi.
U koʻziga sarob boʻlib koʻrinmayotganiga ishonch hosil qilish uchun qoʻllarini suvga botirdi. Suvga tushib, qorongʻida kiyimlarini yechdi, gavdasini suvga chayqadi, qoʻllari va boshi bilan vino kabi mast qiluvchi muzdek suvga shoʻngʻidi. Undan toʻyib-toʻyib ichar, undan nafas olardi. Faberning eski kiyimlari va boshmogʻini kiyib olib, oʻz kiyimlarini daryoga tashladi, suv qanday qilib ularni oqizib ketayotganini kuzatdi. Keyin esa qoʻlida chamadonni tutib, suvda qirgʻoqdan uzoqlashib ketaverdi. Daryo tubiga oyogʻi tekkuncha ketaverdi; oqim uni bagʻriga olib qorongʻilik tomon surib ketdi.
It qirgʻoqqa yetib kelguncha oqim boʻylab uch yuz yardcha joyga suzib borgan edi. Daryo tepasida helikopterning bahaybat propellari guvillab turardi. Yop-yorugʻ nur daryo sathini yoritib yubordi. Monteg bulutlar orasidan kutilmagnda yorib chiqqan quyoshday bu charogʻbonliqdan qochib qutulish uchun suvga shoʻngʻidi. Daryo uni ohista qorongʻilikka oqizib ketayotganini his qildi. Birdan projektorlar nuri qirgʻoq tomonga oʻtdi, helikopterlar yangi izga tushganday shahar tomonga burildilar. Yana bir daqiqadan keyin butkul koʻzdan gʻoyib boʻladilar. It ham gʻoyib boʻldi. Muzdek daryo va unda jimjit qalqib shahardan, uning chiroqlaridan, quvishdan, hamma-hammasidan tobora uzoqroqqa suzib ketayotgan Monteg qoldi, xolos. Unga xuddi hozirgina aktyorlar olomoni chuvvos solayotgan teatr sahnalaridan tushgandek yoki chugʻurlayotgan xayoliy sharpalar toʻdasi ishtirokida ulkan arvoxlar bilan soʻzlashish seansini tark etgandek tuyuldi. Noreal, dahshatli dunyodan real dunyoga tushib qolgan, ammo hali uning realligini toʻliq his eta olmas, unga koʻnika olmas edi. Qop-qora qirgʻoqtar ikki yonidan oʻtib borar; daryo uni tepaliklar orasidan olib oʻtardi. Uzoq yillardan buyon boshi uzra oldindan chizib qoʻyilgan doirasida toʻxtovsiz harakat qilayotgan osmon yoritqichlarini koʻrdi. Ulkan yulduzlar aravasi uni ezib tashlamoqchi boʻlganday osmon boʻylab gʻildirab borardi. Chamadon suvga toʻlib choʻkib ketganda Monteg orqasi bilan oʻmbaloq oshdi. Daryo nonushtaga soyalar, peshinlikka tutun, kechqurungi ovqatga tuman tamaddi qiladitan odamlardan borgan sari uzoqlashib, erinibgina oʻz toʻlqinlarini surib borardi. U rostakamiga real; Montegni avaylab bagʻrida tutar, uni shoshiltirmas, shu oy, shu yil, butun umri davomida sodir boʻlgan hamma narsani yaxshilab oʻylab koʻrishiga yoʻl qoʻyib bergan edi. U yuragining zarbiga quloq tutdi: u tinch, bir maromda urib turardi. Fikrlari ham charx urib aylanmas, tomirlaridagi qon kabi tinch va ravon kechardi.
Oy ham osmonda past osilib turardi. Oy va oy nuri. Qayerdan bu nur? Albatta, kuyoshdan-da. Xoʻsh, quyosh oʻz nurini qayerdan oladi? Hech qayerdan olmaydi, oʻz Olovi bilan nur sochadi. Har kuni oʻchmay yonib turadi. Quyosh hamda vaqt. Kuyosh, vaqt, olov. Yoquvchi olov. Daryo oʻz toʻlqinlarida Montegni mayin allalardi. Osmonda quyosh, yerda vaqtni oʻlchovchi soat. Bularning hammasi Montegning ongida bir-biri bilan qoʻshilishib bir fikrga aylandi. Shuncha yil umrguzaronlik qilib, shu daryoda oʻtgan bir necha daqiqada nima sababdan endi hech qachon yondirishi mumkin emasligini angladi.
Kuyosh har kuni yonadi. U vaqtni yondiradi. Koinot oʻz oʻqi atrofida aylanib doira boʻyicha harakat qiladi; vaqt yillar va odamlarni, Montegning yordamisiz oʻzini yoqadi. Agar Monteg boshqa oʻt oʻchiruvchilar bilan odamlar yaratgan narsalarni, quyosh esa Vaqtni yoqsa, hech narsa qolmaydi. Hammasi yonib kulga aylanadi. Kimdir toʻxtashi kerak-ku. Quyosh toʻxtamaydi. Demak, Monteg va bir necha soat muqaddam u bilan yonma-yon ishlagan kishilar toʻxtashi lozim. Qayerdadir yangitdan boyliklarni jamgʻarish jarayoni boshlanmogʻi, kimdir inson yaratgan jamiki narsalarni toʻplab saqlamogʻi lozim. Kitoblarda, grammafon plastinkalarida, odamlarning miyasida saqlamogʻi, qanday qilib boʻlsa ham kuyadan, mogʻordan, zanglashdan, chirishdan, gugurt tutgan odamlardan omon saqlashi lozim. Insonlar yaqinda yangi insoniyat uchun oʻtga chidamli kiyim-bosh tayyorlaydigan kasbning paydo boʻlishiga guvoh boʻladilar.
Uning oyoqlari qattiq zaminga tekkanini, boshmogʻining tagi shagʻal va qumga tegib gʻijirlaganini sezdi. Daryo uni qirgʻoqqa qeltirib tashladi.
U atrofga qaradi. Uning qarshisida shakl-shamoyili yoʻq, faqat koʻlamli, minglab chaqirim, undan ham uzoqroqqa choʻzilib ketgan, hududsiz tekislik yastanib yotardi; yashil tepaliklar va oʻrmonlar Montegga muntazir edi.
U orombaxsh daryo suvidan chiqqisi kelmasdi. Hov oʻsha yerda yana Mexanik it bilan uchrashishdan, helikopterlar propelleridan koʻtarilgan shambldan daraxtlar egilib-bukilib, shovullashidan qoʻrqardi.
Ammo yalangliqda yonginasida sokin oqib turgan daryo kabi oddiy kuz shamoli esdi, xolos. Nega it uni boshqa taʼqib etmayapti? Nega uning iziga tushganlar orqaga, shaharga qarab burilib ketdi? Montegdikqat bilan kuloq soldi. Jimjitlik, hech kim, hech narsa koʻrinmasdi.
“Milli, — xayol surardi u, — atrofingga bir qara. Diqqat bilan quloq sol! Tiq etgan tovush eshitilmaydi. Jimjit. Shunaqa ham jimjitlik boʻladimi, Milli! Bunga sening nyma deyishingni bilolmayman. Balki, “Jim boʻl! Jim boʻl!” deb qichqirgan boʻlarmiding. Milli, Milli”. Uning koʻngli gʻash boʻlib qoldi.
Milli ham, Mexanik it ham yoʻq edy. Uzoq dalalardan anqib turgan quruq xashak hidi Montegning xotirasida adlaqachon unut boʻlgan manzarani qayta tiklaganday boʻldi. Bir kuni yosh bolalik paytida fermada boʻlgan edi. U kun hayotida kamyob, baxtli, sir-asrori qorongʻi, devorlariga televizor oʻrnatilgan, nuqul tunuka tomdi shahardan boʻlak sigirlar oʻtloqda oʻtlab yurgan, choʻchqalar kun tikkaga kelganda loyqa suvli hovuzda agʻanayotgan, itlar esa vovullab tepaliklarda qoʻzichoqlarni quvib yurgan boshqacha olam ham borligini oʻz koʻzlari bilan qoʻrgan kun edi.
Kuruq pichan hidi va suvning shovudlashi unga yangi oʻrilgan pichan ustida ferma orqasidagi boʻsh omborxonada, sershovqin koʻchalardan ovloqda, goʻyo oʻtib ketayotgan yidlarni sanab, qanotlari past ovoz chiqarib gʻijirlayotgan, sharti ketib, parti qolgan shamol tegirmonining soyasida uxlash jonning rohati ekanligini eslatdi. Hov oʻshandagidek, mayda jin-ajinalar turli jonivorlar, barglarning shitirlashiga, tunda arang eshitiladigan tovushlarga quloq solib, pichanxonada tunaganidek yana bir oz yotsa qanday soz boʻlardi.
Kechqurun, xayol surardi u, ehgimol, oyoq ovozlari eshigilar. U oʻrnidan turib oʻtiradi? Oyoq ovozlari tinadi, U yana yotadi-da, pichanxonaning darchasidan moʻradaydi. Oʻshanda fermerning moʻjazgina uyida birin-ketin chiroqlar oʻchib, bokira va goʻzal qiz qorongʻi deraza oldida oʻtirib, sochlarini taray boshlaydi. Uning yuzini koʻrish qiyin boʻladi, biroq uning chehrasi u bir paytlari biladigan, hozir esa unutilgan-yomgʻirdan quvonadigan, yaltiroq olov qoʻngʻiz-larni pisand qilmaydigan, qoqi oʻtni iyakka surtilganda nima haqi-da soʻylashini biladigan qizning jamolini eslatardi. Qiz derazadan uzoqlashib, keyin yana yuqorida oy nurida charogʻon boʻlgan xonasida paydo boʻladi. Monteg osmonni ufqqacha teng ikkiga boʻlib yuboruvchi reaktiv samolyotlarning gumburi ostida oʻlim ovoziga quloq tutib, gʻayritabiiy, unga notanish yulduzlar, tong nurida ohista kuyning bir burchagida yoʻqolib borishlarini tomosha qilib pichanxonadagi boshpanasida xotirjam yotadi.
Garchi tuni bilan mijja qoqmagan, lablarining tanobi qochib boʻlsa ham ertalab charchoqni sezmaydi. Joniga rohat bagʻishlovchi pichan hidi, tun soʻkunatida barcha koʻrgan va eshitganlari hordigʻini chiqargan boʻladi. u
Pastda, zinapoya yonida, uni yana bir yetti uxlab tushida koʻrmagan quvonch kutib turgan boʻladi. U shafaq nuriga gʻarq boʻlgan pichanxonadan hayot nashʼasidan mast boʻlib pastga tushib keladi-da, roʻparasida kichik bir moʻjizani koʻrib qotib qoladi. Engashib, unga qoʻllarini tekkizadi.
Zinapoya ostida bir stakan sovugan .yangi sogʻilgan sut, bir nechta olma va nbklarga koʻzi tushadi. Hozir unga keragi ham shu edi. Bu uni olam-jahon qabul qilishiga, oʻylab koʻrishi lozim boʻlgan hamma narsalar xususida fikr mulohaza yuritishiga vaqt berganiga ishora edi.
Bir stakan sut, olma, nok.
U suvdan chiqdi.
Qirgʻoq bahaybat toʻlqin kabi unga yaqinlashib qeldi. Qorongʻilik, unga notanish makon, etni junjiktiradigan muzdek shamol keltirayotgan anvoyi hidlar Montegning butun borligʻini egallagan edi. U bunday qorongʻilik, hidlar va tovushlardan oʻzini orqaga tortdi. Quloqlari shangʻillar, boshi aylanardi. Yulduzlar yonib turgan meteorlar kabi u tomonga uchib kela boshladi. U yana oʻzini daryoga tashlashga choytandi. Toʻlqinlar uni istagan tomonga oqizib ketishiga rozi edi. Timqora, haybatli qirgʻoq bolaligida roʻy bergan bir voqeani, choʻmilayotganda ulkan toʻlqin — umri bino boʻlib undan kattasini koʻrmagan! — uni urib qulatganini eslatdi. Toʻlqin uni karaxt qilib yashil qirgʻoqqa uloqtirib tashlagan, ogʻzi, burni, qornini kuydiruvchi shoʻr suv bilan toʻldirgan, suvga gʻarq boʻlgan edi!
Hozir esa quruqlik vahima solib turardi.
Bir mahal, ne qoʻz bilan koʻrsinki, nimadir shitirlab, naq roʻparasida bahaybat maxluqning soyasi-yu bir juft koʻzi koʻrindi. Vahimali qorongʻilik unga tikilib turganday edi. Sirli oʻrmon tikilib turganday edi unga.
Mexanik it!
— Shuncha halloslab yugurib, choʻkib ketishingga sal qolib, qancha yoʻlni ortda qoldirib, boshingdan ne savdolar kechib, xavf-xatardan qutuldim deganingda, yelkangdan togʻ qulaganday nihoyat qirgʻoqqa chiqib olganingda oyogʻing ostidan Mexanik it chiqib tursa, bu ne koʻrgilik!
Montegning boʻgʻzidan qichqirgan ovoz otilib chiqdi. Bularning hammasi bitta odamni ezib-egib tashlaydi-ku.
Soya yon tomonga sakrab oʻtdi. Koʻzlar gʻoyib boʻldi. Quruq yomgʻir kabi xazonrezgi barglar toʻkildi.
Monteg oʻrmonda yakkayu yolgʻiz edi.
Bugʻu. Bugʻu edi bu. Monteg hayvon qoni va dudogʻi bilan omuxta oʻtkir mushk hidini, kardamon, poʻpanak va sariqbosh boʻyini tuydi. Zimiston kechada dov-daraxtlar chekqasidagi gupillab urib turgan qonga hamohang unga yopirilib yaqinlashar, yana orqaga chekinardi.
Zamin toʻkilgan barglar bilan toʻshalgan, ularning sanogʻi yoʻq, yeru koʻkni toʻldirgan, u quruq shildiragan, chinnigul va chang hidi anqib turgan daryoni kechib oʻtayotgandek oyoqlari xazonga botib ketardi. Havoni xushboʻy hidlar tutib ketgan. Mana, xom kartosh-kaning hidi anqib ketganday boʻldi; tuni bilan ochiq havoda, oyning nurida yotgan oppoq, sovuq kartoshkani katta-katta qilib kessangiz, shunday hid taratadi. Mana, mayda sabzavot oshkoʻkning, oshxonadagi stol ustida yotgan selderning, qopqogʻi sal ochib qoʻyilgan sariq xantal oʻsimligining, qoʻshni bogʻdan qelayotgan seryaproq qalampir-munchoqning boʻyi kelayotganday. Monteg qoʻlini pastga tushirgan edi, yosh bola ohista qoʻlidan tutganday oʻt poyasi kaftiga urildi. Monteg barmoqlarini yuziga tutdi: ulardan chuchukmiya hidi kelardi. U yer hidlaridan chuqur nafas olib toʻxtadi. Qancha chuqur nafas olsa uni oʻrab turgan olamning rang-barangligini chuqurroq sezardi. Ilgari u his etgan boʻshliq uzlatga chekilgan, bunday hissiyot endi uning uchun qaytib kelmasdi. Shu kundan boshlab hamishalikka shunday boʻldi.
U xazonlarga qoqilib, oyogʻini sudrab bosardi.
Yangi gʻayrioddiy olamda tanish bir narsa sodir boʻlganday tuyuldi.
Oyogʻi nimagadir tegib ketib, past ovoz chiqardi. U dam bir tomonga, dam ikkinchi tomonga qoʻllarini oʻt orasida paypasladi.
Temir yoʻl izlari.
Daraxtzor va oʻrmonlar osha shahardan tashqariga eltuvchi qarovsiz qolgan, zanglagan temir yoʻl izlari.
U mana shu yoʻldan yurishi kerak. Bircha yangiliklar ichida unga tanish narsa, birinchi kezlarda unga asqotadigan, qoʻli bilan tutib, mevali butazor turli-tuman hidlar, oʻrmon shitir-shitiri va shivirlashi orqali oʻtib borarkan, doimo oyogʻi ostida his etadigan sehrli najot yoʻli, mana shu edi.
U yoʻllarga qadam bosib ilgarilab borardi.
Bunga oʻzi ham ajablanib, hech bir isbotlab berolmasada bir narsani aniq bilishini his etdi: qachonlardir bu yerdan Klarissa ham oʻtgan.
Yarim soatlardan keyin sovuqdan dildirab, shpallarga ohista qadam tashlab qorongʻilik tanasiga singib, koʻzlarigi, ogʻziga kirib ketayotganini, oʻrmovdan chiqayotgan ovozlar qulogʻi ostida guvillayotganini oyoqlari butazorda shvdinib qichitqi oʻtda kuyayotganini his qilib, koʻrganda lop etib roʻparasidagi chiroqqa koʻzi tushdi.
Alanga bir soniya yalt etdi-yu yoʻq boʻldi, yana paydo boʻldi. U uzoqda qaysidir jonzotning koʻzi kabi yonib-oʻchardi. Monteg turgan joyida qotib qoldi. Mana shu miltillagan xira chiroqqa puflansa, oʻchib qoladigandek tuyuldi unga. Biroq chiroq miltillab turar, Monteg tobora unga sezdirmay yaqinlashaverardi. Unga yaqinlashguncha oʻn besh daqiqa fursat oʻtdi; u toʻxtab, daraxt panasiga yashirinib olovni kuzata boshladi. Oq va qirmizi tusdagi yolqinlanib turgan alanga Montegga juda gʻalati koʻrindi, chunki uning uchun ilgarigiga sira oʻxshamaydigan maʼno kayeb etgan edi.
Bu olov hech narsani kuydirmas, balki isitardi. Monteg uning issigʻiga uzatilgan qoʻllarni, faqat qoʻllarni koʻrdi, gulxan atrofida oʻtirganlarning gavdasi qorongʻilikda koʻrinmasdi. Qoʻllardan yuqorida alanga shuʼlasida jonlangan jiddiy qiyofalar koʻrinardi. Olov shunday boʻlishini tasavvur qilolmasdi. Olov hamma narsani mahv etmasdan, nimadir berishi ham mumkinligini xayoliga ham keltirmagan edi. Hatto bu olovning hidi ham butkul boshqacha edi.
Xudo biladi, goʻyo u oʻrmon hayvoni-yu, uni changalzordan gulxan nuri yorugʻlikka olib chiqqan degan boʻlmagʻur, ammo yoqimli fantaziyaga berilib yana qancha shu alpozda turardi. Xayolida kipriklari qalin, koʻzlari rutubatli, terisi silliq, gʻadir-budir burni, tuyoqlari, ayri shoxlari bor edi, bordy-yu, qoni yerga oqsa undan kuz hidi anqigan boʻlardi. U iliqlik tarqatuvchi gulxanning chirsillab yonishiga quloq solib uzoq turib qoldi.
Gulxan atrofida jimlik, odamlarning yuzida xotirjamlik hukmron edi. Foydalanilmay tashlab qoʻyilgan temir yoʻl izlari yaqinida daraxtlar ostiga joylashib oʻtirib, dunyoga tashqaridan nazar tashlashga vaqt yetarli edi. Olam shu yerda, gulxan yonida mujassam boʻlgandek, goʻyo dunyo mana shu odamlar boshqatdan yasaydigan, olovda choʻgʻ boʻlib yotgan poʻlat parchasiday, bir nigoh bilan qamrab olguday edi. Faqat olovgina emas, sokinlik ham boshqacha tuyulardi. Monteg dunyo taqdiri unga bogʻliqday boʻlib tuyulgan boshqacha sokinlikka yaqinroq surildi.
Keyinroq turli ovozlarni eshitdi. Odamlar gapirishar, biroq u nima haqida gaplashayotganlarini tushunaolmas edi. Ularning nutqi ohista goh baland, goh past eshitilar edi. Gapirayotganlarning qoʻz oʻngida butun olam namoyon edi, ular shoshilmay unga razm solishar, yerni ham, oʻrmonni ham qarovsiz qolgan temir yoʻl oxiridagi, daryo ortida yastanib yotgan Shaharni ham yaxshi bilishardi. Ular hamma narsa haqida gapirishar, ular gapirishi mumqin boʻlmagan narsaning oʻzi yoʻq edi. Monteg buni ularning ovozidagi jonli intonatsiyadan, ularda yangragan ajablanish va qiziqish ohanglaridan uqib olardi: Soʻngra, gapirib turganlardan biri boshini koʻtarib, Montegning birinchi martami, ehtimol, yettinchi martami koʻrdi-da, qimdir uni chaqirdi:
— Mayli, yashirinmasangiz ham boʻladi.
Monteg oʻzini qorongʻilikka oldi.
— Koʻying endi, qoʻrqmang, — yana oʻsha ovoz yangradi, — davramizga marhamat qiling.
Monteg ohista qadam tashlab yaqinlashdi. Gulhan atrofida toʻq zangori boʻzdan tikilgan shim, kurtka, huddi shunday rangdagi koʻylak kiygan beshta qariya oʻtirishardi. Ularga nima deb javob qilishni bilmasdi.
— Keling, oʻtiring, qahva ichasizmi? — soʻradi ulardan biri, chamasi ularning kattasi boʻlsa kerak.
Monteg qop-qora bugʻlanib turgan suyuqlik yigʻma temir krujkaga quyilayotganini indamay kuzatib turdi: kimdir krujkani unga tutqazdi. Hamma unga qarab turganini sezib, bir qultum ichdi. Issiq qahva lablarini kuydirdi, ammo bu unga xushyoqardi. Atrofida oʻtirganlarning yuzlari qalin soqol bilan qoplangan, ammr ular bejirim, chiroyli qilib odingan edi. Bu odamlarning qoʻllari ham-toza, nazokatli edi. U gulxanga yaqinlashganda hammalari oʻrinlaridan turib mehmon bilan koʻrishishdi, keyin joy-joylariga oʻtirishdi.
Monteg qahvani ichdi.
— Rahmat, — dedi u, — chin dildan tashakkur.
— Xush kelibsiz, Monteg. Mening ismim Grenjer, — oʻzini Grenjer deb tanitgan kishi unga rangsiz suyuqlik solingan kichikroq flakonni uzatdi, — mana buni ham ichib yuboring. Bu sizdan chiqadigan terning kimyoviy indeksini oʻzgartirib yuboradi. Yarim soatdan keyin sizdan tamomila boshqa ikki kishining boʻyi taraladi. Hamonki, Mexanik it izingizga tushgan ekan, shishachadagini oq ichib yuborsangiz, foydadan xoli boʻlmaydi.
Monteg achchiqroq suyuqlikni ichib yubordi.
— Syzdan takaning hidi ufurib turadi, ammo bu muhimi emas, — dedi Grenjer.
— Mening ismimni qayerdan bilasiz? — ajablanib soʻradi Monteg.
Grenjer boshi bilan imo qilib gulxan yonida turgan portativ televizorni koʻrsatdi.
— Biz quvishni kuzatib turdik. Siz daryo boʻylab janubga tushasiz deb oʻyladik, daydi bugʻu kabi changalzorda adashib yurganingizni koʻrib, odatdagidek yashirinmadik. Helikopterlar kutilmaganda orqaga— shaharga qarab burilganda suvga shoʻngʻidingiz deb taxmin qildik. Shaharda esa gʻalati narsa boʻlyapti. Kuvgʻin davom etyapti, ammo boshqa yoʻnalishda.
— Boshqa yoʻnalishda?
— Keling tekshiramiz.
Grenjer portativ televizorni buradi. Kichik ekranda ranglar tovlanib vizillab soyalar jimirladi, goʻyo shu qutichaga allaqanday dahshatli tush berkitib qoʻyilgan edi. Qizigʻi shundaki, bu yerda, oʻrmonda uni qoʻlda tutib, boshqa kishiga berish ham mumkin edi.
Diktorning ovozi shangʻillab eshitilardi.
— Quvish shaharning shimoliy qismida davom ettirilyapti! Politsiya helikopterlari Sakson yottinchi koʻcha va Elm Grouv bogʻi atrofida toʻplanishmoqda!
Grenjer bosh irgʻatdi:
— Ana endi yoʻliga quvishni davom ettirishyapti. Siz ularni daryo boʻyida adashtirib yubordingiz. Ammo ular buni tan olgilari kelmaydi. Tomoshabinlarni uzoq muddat tarang vaziyatda ushlab turish mumkin emasligini bilishadi. Tezroq bir yoqlik qilish kerak. Daryoni tintilsa, tong otguncha ham ish chiqarib boʻlmaydi. Bu masxarabozlikni tezroq dabdaba bilan tugallash uchun qurbonlarini qidirmoqdalar. Ana, qarang! Besh daqiqa oʻtmasdan Montegni qoʻlga oladilar!
— Qanday qilib?
— Hozir koʻrasiz.
Helikopterning qorniga yashirincha oʻrnatilgan televizion kameraning koʻzi endi huvillab yotgan koʻchaga qaratilgan edi.
— Koʻryapsizmi? — shivirladi Grenjer, — hozir siz paydo boʻlasiz. Hov anov yerda, koʻchaning oxirida moʻljallangan qurbon. Kamera qanday suvratga olayotganini qarang! Avval taʼsirchan qilib koʻcha koʻrsatiladi. Xavotirlanib kutish. Koʻchaning uzoqdan koʻrinishi. Mana, hozir biron-bir narsadan xabari yoʻq bechora sayrga chiqadi. Qandaydir qiziq tabiatli, gʻalati odam. Politsiya hech qanday sababsiz yoki uyqusizlikdan qiynalib, tong chogʻida sayr qilishni sevadigan bunday kishilarning odatini bilmaydi deb oʻylamang. Politsiya ularni oylab, yillab kuzatadi. Buni qachon va nimaga yarab qolishi mumkinligini hech qachon bilmaysan kishi. Bugun esa juda oʻrinli, mushkul ahvoldan qutqazishga yordam beradi. Yo tavba! Ana koʻring!
Gulxan yonida oʻtirganlar oldinga intilishdi.
Ekranda koʻchaning oxirida muyulishdan bir kishi chiqib keldi. toʻsatdan obyektivga Mexanik it bostirib kirdi. Helikopterlar koʻchaga oʻnlab projektorlarni yoʻnaltirdi va boyagi kishining gavdasini yarqirab turgan yorugʻlik ustunlaridan yasalgan toʻrning ichiga qamashdi.
Diktorning ovozi tantanali ohangda eʼlon qildi:
— Bu Monteg! Quvish nihoyasiga yetkazildi!
Hech qanday aybi boʻlmagan yoʻlovchi qoʻlida sigaretini tutatib taajublanib turardi. U tushunolmay itga qarab turardi. Oxirigacha hech narsani tushunmagan boʻlsa, ehtimol. U osmonga boqib, sirenalarning gʻuvillashiga quloq solib turdi. Endi televizion kameralar pastdan, turib suvratga ola boshladilar. It sakradi — bir maromli harakatlaridagi aniqlik aqlni shoshirardi. Igna yiltilladi. Bir daqiqa ekranda tomoshabinlar butun manzarani hayron boʻlib turgan qurbonning qiyofasi, boʻm-boʻsh koʻcha, nishonga uchib borayotgan ulkan oʻq-poʻlat maxluqning sakrashini yaxshi koʻrishlari uchun hamma narsa muallaq qoldi.
Monteg, qimirlamang! — osmondan ovoz eshitildi.
Oʻsha zahoti it va televizion kameraning obyektivi yuqoridan haligi odamga tashlandilar. Kamera va it bir paytning oʻzida uni bosdilar. Odam chinqirib yubordi. U baqirar, dodlar, qichqirar edi!…
Ohista almashinuv.
Jimjitlik.
Qorongʻilik.
Monteg qichqirib, yuzini oʻgirdi.
Jimlik.
Gulxan atrofidagi odamlar xira ekranda diktorning ovozi eshitilmaguncha karaxt holatda oʻtirdilar.
— Qidiruv tugadi. ʻMonteg oʻldirildi. Jamiyatga qarshi sodir etilgan jinoyatchi jazolandi.
Qorongʻilik.
— Endi sielarni Lyuks mehmonxonasidagi “Tom ostidagi Zal”ga olib oʻtamiz. Yarim soatlik “Tong oldidan” koʻrsatuvi, bizning dasturimizda…
Grenjer televizorni oʻchirdi..
— Uning yuzini qanday koʻrsatishganiga eʼtibor berdingizmi?
Doimo fokussiz berib. turdi. Eng yaqin doʻstlaringiz ham bu sizmidingiz yo boshqamidi, aniq aytib berisholmasdi. Sal-pal oʻxshadimi, bas, oʻ yogʻi tomoshabinning xayoliga havola. Ustasi faranglar shunaqa, — shivirladi u.
Montegning gapirishga xoli qolmagan, televizorga qayrilib, dagʻ-dagʻ titrab, jivirlab turgan ekrandan nigohini uzolmasdi.
Grenjer qoʻllarini ohista uning yelkasiga qoʻydi.
— Hayotga qaytganingiz bilan tabriklaymiz.
Monteg boshini qimirlatib qoʻydi.
— Endi bizlar bilan tanishib qoʻysangiz boʻladi, — davom etdi Grenjer, — bu kishi bir paytlari Kembrij universitetining Tomas Xardi nomidagi kafedrasini boshqargan Fred Klementdir. Bu hali Kembrij Atom-injenerlik bilim yurtiga aylanmagan yillar edi. Bu kishi esa Kaliforniya universitetidan doktor Simmans, Ortega-i-Gasset ijodi boʻyicha yirik mutaxassis. Buyoq professor Uest, bir necha yil ilgari Kolumbiya universitetida qadimiy, hozir unutib yuborilgan odob-axloq faniga katta hissa qoʻshgan. Padover ota hazratlari oʻttiz yil burun bir necha marta vaʼz aytib, bir hafta ichida oʻzining fikrlash tarzi tufayli cherkov qavmidan butunlay ajralgan. Anchadan buyon biz bilan daydib yuribdi. Menga kelganda shuni aytishim mumkin — “Bir panjaning barmoqlari. Shaxs va jamiyat oʻrtasidagi toʻgʻri munosabatlar” deb nomlangan kitob yozganman. Men ham shu yerlarda yuribman. Safimizga xush qelibsiz, Monteg!
— Yoʻq, Mening oʻrnim sizlarning orangizda emas, — tili zoʻrgʻa kalimaga keldi Montegning, — butun hayotim davomida faqat nojoʻya ishlar qilganman.
Qoʻying, bu biz uchun yangilik emas. Hammamiz ham xatolarga yoʻl qoʻyganmiz, aks holda bu yerda boʻlmasdik. Yakka-yakka harakat qilganimizda qahr-gʻazab yagona qurolimiz - edi.
Ut oʻchiruvchi kelib kutubxonamni yoqib yubormoqchi boʻlganida uni ayamay urganman. Bunga qancha yillar boʻlib oʻtdi. Oʻshandan buyon yashirinib yurishga majburman. Bizlarga qoʻshilishni istaysizmi, Monteg?
— Albatta.
— Bizlarga nimani taklif eta olasiz?
— Hech narsani. Menda Ekkleziastdan, ehtimol, Ioann ilohiyot kashfiyotlaridan nimalardir boʻlsa kerak deb oʻylovdim, hozir ular ham yonimda emas.
— Ekkleziast, yomon emas. Uni qayerda saklar edingiz?
— Mana bu yerda, — Monteg qoʻli bilan peshonasini koʻrsatdi.
— Shundaymi, — kuldi Grenjer va boshini qimirlatib qoʻydi.
— Nima, bu yomonmi? — soʻradi Monteg.
— Yoʻq aksincha, bu juda yaxshi. Ulugʻ ish! — Grenjer ruhoniyga yuzlandi, — bizda Ekkleziast bormi?
— Bor. Yangstaunda yashovchi Garris ismli kishi.
— Monteg, — Grenjer Montegning yelkalaridan mahkam tutib oʻziga tortdi, — ehtiyot boʻling. Oʻzingizni ehtiyot qiling. Agar Garris bilan biron korxol boʻlsa, siz Ekkleziast boʻlasiz. Koʻrdingizmi, soʻnggi daqiqada qanchalik zarur inson boʻlib qolganingizni!
— Axir hammasini unutib yuborganman-ku!
— Yoʻq, hech narsa izsiz yoʻqolmaydi. Xotirangizni silkitib tiklaydigan usulimiz bor.
— Eslashga urunib koʻrganman.
— Urinmang. Kerak boʻlganda roʻyobga chiqaramiz. Inson xotirasi sezuvchan fotoplyonkaga oʻxshagan boʻladi, butun hayotimiz davomida unda aks etgan narsalarni oʻchirib yuborishga urinamiz. Simmans bir marta oʻqilgan jamiki narsalarni xotirada tiklashga yordam byoradigan usulni ishlab chiqqan. Buning ustida yigirma yil izlangan. Monteg, siz Aflotunning “Respublika”sini oʻqishni istarmidingiz?
— Oho, albatta!
— Mana, men — Aflotunning “Respublika”siman. Mark Avreliyni oʻqishni istaysizmi? Marhamat, mister Simmans — Mark Avreliy.
— Salom! — dedi mister Simmans.
— Salom, — javob berdi Monteg.
— Gʻoyat kuchli siyosiy satira — “Gulliverning boshidan kechirganlari”ning muallifi Jonatan Svift bilan sizni tanishtirishga ruxsat eting. Bu kishi Charlz Darvin, buyoq Shopengauer, bu kishi esa Eynshteyn, men bilan yonma-yon turganlari ajoyib faylasuf mister Albert Shvayser. Hammamiz sizning huzuringizdamiz, Monteg, — Aristofan va Mahatma Gandi, Gautam Budda va Konfutsiy, Tomas Lav Pikok, Tomas Jefferson va Linkoln — sizning xizmatingizda.
Biz, shuningdek, Matfey, Mark, Luka va Ioannlarmiz.
Ular past ovoz chiqarib kulishdi.
— Bunday boʻlishi mumkin emas! — qichqirib yubordi Monteg.
— Yoʻq, xuddi shunday, — kulib turib javob berdi, Grenjer, — bizlar ham kitoblarni yoqamiz: Avval oʻqiymiz-da, keyin bizdan topib olmasliklari uchun yoqamiz. Mikrofilmlar oʻzini oqlamadi. Doimo sarson-sargardonlikda yuramiz, yashash joyimizni oʻzgartiramiz, plenkani biron joyga koʻmib qoʻyishga, qaytib kelib uni kavlab olishga toʻgʻri keladi, bu katta qiyinchiliklar tugʻdiradi. Yaxshisi, borini miyada saqlash, hech kim hech narsani koʻrmaydi, hech narsadan shubhalanmaydi. Hammamiz tarix, adabiyot, xalqaro huquqning parchalari va boʻlaklarimiz. Bayron, Tom Peyn, Makiavelli, Iso paygʻambar — hammasi mana bu yerda, boshimizda jam boʻlgan. Ancha kechikildi, urush boshlanib ketdi. Biz bu yerdamiz, shahar u yoqda, bu yerdan uzoq, oʻzining rang-barang libosida. Nimalarni oʻylab, xayol surayapsiz, Monteg?
—Oʻz kuchim bilan kurashishga harakat qilganimda qanchalar tentaklik qilganimni oʻylayapman. Oʻt oʻchiruvchilarning uyiga yashirincha kitoblar tashlab xavf-xatar signalini beribman-a.
Siz qoʻlingizdan kelgan ishni qilgansiz. Butun mamlakat miqyosida bu ishingiz ajoyib natija bergan boʻlardi. Ammo bizning kurash yoʻlimiz soddaroq, bizningcha, durustroq. Bizning vazifamiz bizga hali asqotadigan bilimlarni saqlash, bus-butun, toʻlaligicha ehtiyot qilishdir. Hozircha hech kimga qattiq tegmoqchi, hech kimni gijgijlamoqchi ham emasmiz. Axir bizni mahv etsalar, biz saqlab kelayotgan bilimlar ham halokatga uchrashi, butunlay yoʻq boʻlib ketishi mumkin. Biz maʼlum maʼnoda hech kimga ogʻirligi tushmaydigan fuqarolarmiz: oʻz holiga tashlab qoʻyilgan temir yoʻl izida kezib yuramiz, tunlari togʻlarga yashirinamiz. Shaharliklar bizga eʼtibor bermay qoʻyishgan. Baʼzan bizni toʻxtatib tintuvdan oʻtkazishadi, lekin hech qachon hibsga olishga asos boʻladigan hech narsa topolmaydilar. Tez oʻzgarib moslashuvchan, tutqich bermas tashkilotimiz mamlakatning hamma burchaklariga tarqalib ketgan. Bizlardan baʼzilari oʻzlarida plastik operatsiyalar oʻtkazib, tashqi qiyofalari, barmoq izlarini oʻzgartirishgan. Hozir ahvolimiz juda ogʻir: tezroq urush boshlanib, tugashini kutib turibmiz. Bu dahshat, albatta, biroq qoʻlimizdan hech narsa kelmaydi. Mamlakatni biz boshqarmaymiz, biz juda ozchilikmiz, hamma harakatlarimiz behuda ketadi. Urush tugagandan keyin, ehtimol, kerak boʻlib qolarmiz.
— Sizlarga quloq solisharmikan?
— Shunday boʻlmasa, yana kutishga toʻgʻri keladi. Biz kitoblarni ogʻizdan-ogʻizga farzandlarimizga yetkazamiz, ular esa oʻz navbatida boshqalarga yetkazishadi. Talay qismi yoʻqotilgan boʻladi, shubhasiz. Biroq odamlarni quch bilan tinglashga majbur etish mumkin emas.
Ularning oʻzlari tushunishlari, nega shunday boʻlgani, nega ularning koʻz oʻngida dunyo portlab ketganini oʻzlari oʻylab- koʻrishlari lozim.
Abadul-abad shunday davom etishi mumkin emas.
— Sizlar koʻpchilikmisizlar?
— Yoʻllarda, keraksiz boʻlib qolgan temir yoʻl izlarida hozir biz minglab kishilarmiz, yuzaki qaraganda darbadarlarmiz, biroq boshimizda butun kitob javonlarini saqlaymiz. Avval-boshida hamma narsa stixiyali boʻlgan. Har bir kishida yodda saqlab qolishi uchun qandaydir kitobi boʻlgan. Biroq biz bir-birovimiz bilan uchrashib turdik, oʻtgan yigirma yil, balki undan koʻproq vaqt ichida tashkilotga oʻxshagan bir narsani tuzdik va harakat dasturini ishlab chiqdik. Eng muhimi, oʻz-oʻzimizcha hech narsaga arzimasligimizni, maydakash boʻlmasligimizni yoki boshqa odamlardan ustunligimizni his etmaslikni tushunib yetishimizda edi. Biz faqat yemirilib ketishi va changdan himoya qilib turuvchi kitob muqovasimiz, xolos. Baʼzi birlarimiz qichik shaharlarda turamiz. Toroning “Uolden” kitobidan birinchi bob Grin Riverda, ikkinchi bob Men pggatidagi Uillou Farmda yashaydi. Merilend shtatida bor-yoʻgʻi yigirma yetgi kishidan iborat aholi yashaydigan shaharcha bor. U yerga bomba tashlab oʻtirishmasa kerak.
Shu shaharchada Bertran Rossel asarlarining toʻla nashri saqlanadi. Bu shaharchani kitob singari qoʻlga olib, sahifa-larini varakdash mumkin, unda yashovchilarning har birining boshi-da shuncha sahifa bor deb hisoblab chiqish ham mumkin. Urush tugagach, baxt kulib boqqan kunda, ajoyib bir yilda yana kitoblar yozishga imkon tugʻiladi, hamma odamlarni bir joyga toʻplaymiz, ular bilganlarini yoddan oʻqib beradilar, biz hammasini qogʻozlarga bosib chiqaramiz. Keyin esa, ehtimol, yangi qora asr boshlanar, hammasini boshqatdan boshlashga toʻgʻri kelar. Ammo insonda bitta ajoyib fazilat bor: hammasini boshqatdan boshlashga toʻgʻri kelsa umidsizlikka tush-maydi, jasorat koʻrsatishdan qaytmaydi, nainki buning gʻoyat zarur-ligini, harakatlari zoye ketmasligini biladi.
— Hozir nima ish qilamiz? — soʻradi Monteg.
— Kutamiz, — javob berdi Grenjer, — har ehtimolga qarsh-i, daryo boʻylab pastga, uzoqroqqa ketamiz.
U gulxanga tuproq tashlay boshladi. Boshqalar unga yordam berishdi,
Monteg ham qarashdi. Chakalakzorda odamlar bir-birlariga soʻz qotmay olovni oʻchirishdi.
… Ular yulduzlar nur sochib turgan pallada daryo boʻyida turishardi. Monteg qoʻlidagi soatning yiltillayotgan siferblatiga qaradi.
Ertalabki soat besh. Bir soat oʻtibdi, xolos. Ammo u bir yildan uzoqroqqa oʻxshab tuyuldi
Uzoqdagi qirgʻoq ortida tong shafagʻi koʻrindi.
— Nima uchun menga ishonasizlar? — soʻradi u.
Qorongʻida turgan odam qimirladi.
— Sizga bir qarashning oʻzi kifoya. Siz anchadan buyon oynaga qaramagansiz. Bundan tashqari shahar hech qachon bizga bu qadar yuksak hurmat bildirmagan va ortimizdan bu qadar dabdabali quvgʻin tashkil etmagan edi. Miyasini sheʼriyat bilan tiqishtirib toʻldirgan oʻnlab telbanamo odamlar uchun buning xavfli joyi yoʻq; buni ular bilishadi, bizlar ham bilamiz, hamma biladi. Bugun xalq, yaʼni omma ozodlik xartiyasi va konstitutsiyadan hali iqtiboslar keltirmasa xavotirlanishga asos boʻlmaydi. Ut oʻchiruvchilar vaqti-vaqti bilan tartibni nazorat qilib tursalar yetarli boʻladi. Yoʻq, shaharliklar bizga tegishmaydi. Sizni esa, Monteg, xoʻp olib borib, olib kelishdi.
Ular daryo yoqalab, janub tomon borishardi. Monteg oʻz hamrohlarining gulxan yonida koʻrgan qarimsiq, ajin bosgan, horgʻyn yuzlariga tikilib qaramoqchi boʻldi. Ularda quvonch, qatʼiylik, kelajakka ishonch ifodasini izladi. Aftidan, oʻzlaridagi bilimdan tun zulmatida yoqilgan chiroqday yuzlarida nur taralishini kutgan edi. Biroq ularning yuzlarida bunday ifodani koʻrmadi. U yerda, gulxan tepasida ularni yonayotgan shox-shabbalarning shuʼlasi yoritib turar, hozir esa oʻzlariga oʻxshagan, sarson-sargardon boʻlgan, umrining bir necha yilini izlanishda oʻtkazgan, goʻzallik xarob boʻlayotganini qoʻrgan; mana nihoyat yoshi bir joyga yetganda parda pastga tushib, chiroqlar soʻnishini koʻrish uchun bir joyga toʻplangan odamlardek hech narsa bilan farq qilmas edilar. Ular xotiralarida saqlayotgan narsa kelajak tongini yanada yorqin alanga oldirishiga u qadar ishonmas edilar. Faqat oʻz koʻzlari bilan qoʻrganlariga ishonar edilar. Javonlarda terilib turgan kitoblarni sahifalari hali qirqib olinmagan, bir kun kelib, qim pokiza, kim iflos qoʻllari bilan ularni olib sahifalarini ochib qaraydigan kitobxonlarni kutayotgan qitoblarni koʻrgan edilar.
Monteg hamrohlarining yuziga diqqat bilan tikildi.
— Kitoblar haqida muqovasiga qarab huqm chiqarishga shoshilmang, — dedi kimdir.
Hammalari daryo yoqalab yurishda davom etib asta kulib qoʻyishdi.
… Quloqni kar qilguday, unga oʻqday sanchiladigan chiyillagan tovush eshitilib osmonni raketa samolyotlari yorib oʻtdi; yoʻlovchilar boshini koʻtarib qarashga ulgurmasidanoq koʻzdan gʻoyib boʻlishdi.
Samolyotlar shahar tomondan uchib kelishardi. Monteg daryodan ancha uzoqda shahar yastanib yotgan tomonga qaradi: hozir u tomonda xira shuʼla koʻrinardi, xolos.
— U yerda xotinim qolgan.
— Sizga achinaman. Yaqin kunlarda shaharlar ogʻir sinovlarga duchor boʻladi, — dedi renjer. — Juda gʻalati-ya, uni sogʻinganimni mutlaqo his etayotganim yoʻq. Goʻyo hech narsani his qilaolmaydiganga oʻxshayman, — gapirdi Monteg, — bir bahya ilgari u oʻlsa ham achinmayman, degan xayolga bordim. Yaxshi emas bu. Menda bir chatoqlik boʻlayaptimi deyman.
— Gapimga quloq soling, — soʻzlay boshladi Grenjer uni qoʻltigʻidan olib; u Montegga qalin butazordan oʻtib olishiga koʻmaklashib, yonma-yon qadam tashlab borardi, — bolaligimda bobom bandalikni bajo keltirganlar. U kishi haykaltarosh, juda xushfeʼl inson boʻlganlar, odamlarni juda qadrlaganlar, shahrimizni kulbalardan tozalashga yordam berganlar. Biz bolalarga turli-tuman oʻyinchoqlar yasab berardilar. Butun hayotlari davomida millionta turli buyumlar yaratgan boʻlsalar kerak. Qoʻllari hamisha ish bilan band boʻlardi. Shunday qilib-deng, u kishi vafot etganlarida ularga emas, ular yaratgan narsalarga achinib yigʻlganimni payqab qolganman. Bularning hammasi endi barham topganini, bobom endi yogʻochdan haykalchalar yasay olmasliklarini, orqa hovlida biz bilan kabutarlar urchita olmasliklari, skripka chalib berolmasliklari yoki bizga qiziq-qiziq hikoyalar aytib berolmasliklarini bilganimdan yigʻlardim, Hech kim u kishychalik qiziqtirib hikoya qilishni bilmasdi. U oʻzimizning bir boʻlagimizga aylanib qolgan edi, u vafot etganda, bularning hammasi hayotimizdan nom-nishonsiz
yoʻqolganday boʻldi: uning oʻrnini bosa oladigan hech kim qolmagan edi. U hech kimga oʻxshamagan, boshqacha inson edi. Usiz hayotni tasavvur qilib boʻlmasdi. Uning oʻlimiga asti rozi boʻlolmasdim. Hozir ham uni tez-tez eslab, uning oʻlimi sababli dunyo qanchadan-qancha goʻzal sanʼat asarlaridan mahrum boʻldi, qancha qiziqarli hikoyalar aytilmay qoldi, mdkoniga qaytib kelgan qancha kabutarlar mushfiq-mehribon qoʻllarining taftini endi sezmaydi deb, xayolga botaman.
U dunyo qiyofasini oʻzgartirayotgan edi. U dunyoga yangi narsani inʼom etayotgan edi. U dunyodan koʻz yumgan tunda dunyo oʻn million xayrli ishlarni boy berdi.
Monteg churq etmay borardi.
Milli, Milli, — shivirladi u, — Milli.
— Nima dedingiz?
— Xotinim… Milli… Bechora, shoʻrlik Milli. Men hech narsani eslolmayapman… Uning qoʻllari haqida oʻylayman-u, ular biror narsa qilishini koʻra olmayman. Ular qamchi kabi tanasi boʻylab osilib turadi yo tizzalari ustida yotadi yoki sigareta tutib turgan boʻladi. Qoʻllari faqat shunga qodir edi, xolos.
Monteg qayrilib orqasiga qaradi.
— Sen shaharga nima tortiq qilding, Monteg?
— Kul.
— Odamlar bir-birlariga nima ulashar edilar?
— Hech narsa.
Grenjer Monteg bilan yonma-yon turib, shaharga nazar tashlardi.
— Bobom shunday derdilar: “Har bir inson hayotda oʻzidan keyin biron narsa — oʻgʻilmi yo kitobmi, rasmmi, oʻz qoʻling bilan qurgan uymi yoqi juda boʻlmasa gʻisht terib koʻtarilgan devormi, oʻzing tikkan bir juft bashmoqmi yoki oʻzing oʻstirgan bogʻmi qoldirishing kerak hayotligingda barmoklaring tekkan, vafotingdan keyin ruhing uchun panoh boʻladigan nimanidir qoldirishing lozim boʻladi. Odamlar sen oʻstirgan daraxt yoki gulga qarab seni eslashadi, nomingni tilga olishadi”. Bobom yana shunday der edilar: “Nima qilayotganing emas, muhimi qoʻlingni nimaga ursang hammasi shaklini oʻzgartirishida, avvalgisidan boshqacha boʻlib qolishida, unda oʻzligingdan bir chimdim qolishida, maysazorda oddiy oʻt oʻrayotgan kishi bilan haqiqiy bogʻbon oʻrtasidagi farq mana shunda, — oʻgit berardi bobom, — birinchisi dunyoga keladi-yu ketadi, ammo bogʻbonning umri boqiy boʻladi”.
Grenjer Montegning tirsagini qisdi.
— Bir kun, bundan ellik yil muqaddam, bobom menga Fau-2 reaktiv snaryadlari haqida bir nechta film koʻrsatgan edilar, — davom etdi u, — sizga atom bombasi portlaganidan keyin paydo boʻladigan qoʻziqoringa oʻxshash bulutni ikki yuz chaqirim masofadan koʻrishga toʻgʻri kelganmi? Bu ahamiyatsiz, arzimagan narsa. Cheksiz, huddi siz sahroda bu deyarli igna sanchiganday gap. Bobom bu filmni oʻn martacha qayta qoʻyib keyin shunday kun keladiki, shaharlar devorlarini kengaytirib oʻrmonlar, dalalar va yovvoyi tabiatni oʻz bagʻriga oladi. Mening bunga imonim komil degan edi. Odamlar shuni unutmasliklari kerakki, deb aytgan edi u, yerda ularga ozginagina joy ajratilgan, insonga bergan hamma narsasini yengilgina qaytarib oladigan tabiat qurshovida yashaydilar. Insonga oʻzi oʻylaganchalik qudratli emasligini shunchaki eslatib qoʻyish uchun oʻz nafasi bilan yer yuzidan supirib tashlash yoki okean suvlariga choʻktirib yuborish tabiat uchun hech gap emas. Bobom derdilar: agar biz uni tunda doimo yonimizda his etmasak, qanday dahshatli va qudratli kuchga ega
ekanligini unutib qoʻyamiz. Oʻshanda kunlardan bir kun keladiyu bizni yutib yuboradi. Tushunayapsizmi?
Grenjer Montegga oʻgirilib qaradi.
— Bobomning vafot etganlariga ancha yil boʻldi, biroq agar siz miya qopqogʻimni ochib burama-burama boʻlib turgan joylariga qarasangiz, u yerda uning barmoqlari izini koʻrishingiz mumkin. U menga qoʻlini tekkizgan. Haykaltarosh edilar, buni sizga aytganman.
«Status Kvo ismli rimlikni koʻrgani koʻzim yoʻq, — degan u menga bir kuni, — koʻzlaringni katta ochib, oʻn soniyadan keyin hayot bilan vidolashadiganday zoʻr ishtiyoq bilan yashagin. Dunyoni koʻrib qolishga intil. U fabrikada yaratilgan, pul bilan baholangan har qanday orzudan ham goʻzaldir. Kafolat soʻrama huzur-halovatni izlama — bular olamda yoʻq narsalar. Bordi-yu, bunday narsa boʻlgan taqdirda ham u uzzukun boshini pastga qaratib daraxtda osilib yotadigan, butun umrini uxlab oʻtkazadigan tanbal maymundan farqi boʻlmaydi.
Alhazar, — dedi u, — daraxtni shunday silkitsinki, orqasi bilan yerga urilib, koʻzlari moshday ochilsin!»
— Qarang, qarang! — qichqirib yubordi Monteg.
Shu daqiqada urush boshlanib, tugadi ham.
Pirovardida Monteg bilan yonma-yon turganlarning birontasi ham xususan nimani koʻrganiga, nimani koʻrgan-koʻrmaganini aytib berolmadi. Qora osmon bagʻrida bir lahzali yorugʻlik chaqnadi-yu, nimadir elas-elas harakatga kelganday boʻldi… Shu lahza ichida tepada, oʻn, besh; bir mil balandlikda urugʻ sochuvchi bahaybat qoʻl bilan atrofga sochib yuborilgan bir siqim don urugʻlari kabi reaktiv samolyotlari oʻtib ketdiyu oʻsha zahoti shuvillagan dahshatli tezlik bilan bombalar uyquni tark etayotgan shahar ustiga yogʻilib tusha boshladi. Aslida bombardimon qilish samolyotlar soatiga besh ming mil tezliqda uchib nishonga yaqinlashganlarida va asboblar bu haqda uchuvchilarni ogohlantirganda tugagan edi. Uroq havoni kesib oʻtgancha lahza ichida yashin tezligida uchuvchilar bomba tashlash dastagini bosgan daqiqada urush tugadi. Keyingi uch soniyada, atigi uch soniya ichida, hali bombalar nishonga kelib tegmasidan dushman samolyotlari uchib ketayotgan oʻq tezligining kattaligidan koʻzga koʻrinmaganday osmonning koʻz ilgʻaydigan qismini yorib oʻtib gʻoyib boʻldilar. Oʻq otadigan qurolni ishlatishni bilmaydigan ovsar odamgina bunga ishonmaydi, chunki uni koʻrmaydi, biroq uning yuragini oʻq teshib oʻtgan, tanasi urib yiqitilganday yerga qulagan, tomirlaridan qon otilib turgan boʻladi. Miyasi aziz xotiralarining soʻnggi parchalarini toʻxtatib qolishiga behuda urinadi, nima voqea boʻlganini tushunib yetishga ulgurmayoq oʻladi. Darhaqiqat, bunga ishonish qiyin edi. U yakkayu yagona, bir lahzalik harakat edi. Ammo Monteg uzoqdagi shahar uzra tahdid solib koʻtarilgan temirdan qattiq mushtning siltamini koʻrdi. U, samolyotlarning qarsillagan ovozi eshitilib, boʻlar ish boʻlgandan
keyin dona-dona qilib vayros qil, yer bilan yakson qil, hayot bilan
vidolash deyishini bilardi.
Monteg qandaydir lahzaga bombalarni havoda ushlab qoldi, aqlning qarshiligi, chor-nochor yuqoriga koʻtarilgan qoʻllari bilan toʻxtatib qoldi. “Qoching! — qichqirdi Faberga, — qoching! — qichqirardi Klarissaga, — qoch, qoch!” — yolvorardi Mildredga. Shu zahoti Klarissa oʻlganini, Faber esa shaharni tark etganini esladi; hozir qayerdadir togʻlar orasidagi vodiyda soat beshdagi avtobus vayron boʻlgan bir obyektdan ikkinchisiga oʻtib yeldek uchib borardi. Vayrongarchilik hali boshlangani yoʻq, hozircha havoda osilib turibdi, biroq u muqarrar. Avtobus yana ellik yardcha yoʻl bosmasidan, u boradigan.
manzildan nom-nishon qolmaydi, u joʻnab ketgan joy esa ulkan poytaxtdan koʻz ilgʻamas axlatxonaga aylanadi.
Mildred-chi?
“Qoch, qoch!”
Soniyaning qandaydir onida, bombalar hali osmonda osilib, mehmonxona tomidan bir yard, bir fut, bir dyuym masofada turgan chokda xonalardan birida Mildredni koʻrib qoldi. Xotini sal oldinga intilib, “qarindoshlari” u bilan chugʻurlashib gaplashayotgan, miltillab turgan devorlarga mahliyo boʻlib oʻtirganiga koʻzi tushdi.
Ular otini aytib bidirlab javrashar, tishlarining oqini koʻrsatib kulishar, boshida osilib turgan bomba haqida lom-mim deyishmasdi. Mana, yarim dyuym, faqat chorak dyuym zahry qotil snaryadni mehmonxona tomidan ajratib turibdi. Mildred nigohi bilan goʻyo u yerda qoʻrqinchli uyqusiz tunlarining javobini topish mumkinday devorlarga yopishib ketgan-day edi. Butun vujudi bilan ularga intilib, xuddi ushbu ranglar va harakatlar girdobiga tushib qolgisi,
unga shoʻngʻigisi, yayrab choʻmilgisi, hayoliy xursandchiligida gʻarq boʻlgisi kelganga oʻxshardi.
Birinchi bomba kelib tushdi.
— Mildred!
Ehtimol, bundan biron kimsa voqif boʻlarmikan, ehtimol ulkan radio va televizion stansiyalar oʻzlarining tubsiz ranglari, nurlari, quruq safsatalari bilan birinchi boʻlib yer yuzidan yoʻq boʻlib ketdilarmi?
Monteg mukkasi bilan yerga yiqilib koʻrib, his etdi …yoki unga koʻrayotgandek, his qilayotgandek toʻyuldimi.
Mildredning xonasida birdan devorlar qorongʻilashib, sehrli prizmadan oddiy koʻzguga aylandilar. U, Mildredning qichqirib yuborganini eshitdi: xotinining hayotining soʻnishiga soniyaning milliondan bir lahzasi qolganida boʻm-boʻsh xonaning devorlarida oʻzining oʻxshovsiz, vahimali yuzini koʻrib qolgan edi. Koʻrib turgani oʻzining yuzi ekanligi xuddi oʻzi ekanligini tushungan holda, nigohini shipga qadadi, Oʻsha ondayoq mehmonxona binosi ustiga qulab yuz tonnalab gʻisht, metall, suvoq, yogʻoch parchalari bilan qoʻshib uni pastga boshqa odamlarning boshiga, undan qavatma-qavat yer toʻlagacha surib ketdi. Pastda kuchli portlash hammasiga nuqta qoʻydi.
— Esladim! Monteg yerga bagʻrini bosdi, — esladim!, Chikago! Uzoq yillar avval Chikagoda boʻlgan edi. Milli va men. Oʻsha yerda uchrashgan edik! Endi esladim. Chikagoda. Ancha yil avval.
Kuchli portlash havoni larzaga keltirdi. Havo toʻlqini daryo ustidan oʻtib odamlarni bamisoli domino donalari kabi, Chirpirak qilib uchirib suv uyurmasiga aylandi. Havoga chang-toʻzon koʻtarib, daraxtlarni shovullatib egib, yana uzoqroqqa, janub tomonga oʻtib ketdi. Monteg yerga kirib ketguday boʻlib unga yana zichroq yopishib, koʻzlari-ni chirt yumib oldi. Bir martagina koʻzlarini xiyol ochib qaragan edi, oʻsha lahzada shahar osmonu falakka koʻtarilganini koʻrdi. Bombalar bilan shahar goʻyo oʻrinlarini almashtirganga oʻxshardi. Yana bir aklbovar qilmaydigan lahzadan keyin gʻayritabiiy, tanib boʻlmaydigan, bironta ham quruvchi xayoliga keltirmagan, sement parchalari, yaltiroq metall boʻlaklari, ayqash-uyqash singan narsalar, deraza va eshiklar, poydevor va tomlarning joyi almashgan, pastga qarab emas balki yuqoriga otilgan sharshara, gʻaroyib rasm kabi rang-barang tovlanuvchi shahar bir zum havoda muallaq turdi-da, keyin parchalanib koʻzdan gʻoyib boʻldi.
Bir necha soniyadan keyin uzoqdagi portlashning gumburlagan ovozi Montegni shaharning halokatiga uchraganidan voqif etdi. Monteg yer bagʻirlab yotardi. Mayda sement changi koʻzlarini achitar, zich yumilgan lablari orasidan oʻtib ogʻziga qum tushgan edi. U oʻpkasi toʻlib, yum-yum yigʻlardi. Xayoliga yarq etgan fikr keldi… ha, ha, nimanidir esladim! Nimaydi bu, hah? Ekkleziast! Hy, bu Ekkleziast va kashfiyotlardan boblar. Tezroq, tezroq, yana yodimdan koʻtarilmasligi, hozirgi holatimdan chiqmasimdan, shamol tinmasidan eslab qolay. Ekkleziast, esladim uni! Portlashlardan silkinib turgan yerga yanada mahkamroq yopishib, esiga tushgan soʻzlarni pichirlab takrorlab bordi. Purhikmat soʻz va iboralar edi ular. Dengem tish pastasi reklamasi unga xalaqit bermas edi. Roʻparasida voizning oʻzi turar va undan koʻzlarini uzmasdi.
— Tamom-vassalom, — dedi kimdir.
Odamlar qirgʻoqqa uloqtirib tashlangan baliqlar kabi joniqib havo yutib tipirchilab yotishardi. Gʻayriixtiyoriy ravishda chaqaloq tanish buyumlarga, jonsiz va sovuq oʻyinchoqlarga talpinganday yerga mahkam yopishib olgan edilar. Odamlar barmoqlarini tuproqqa suqib, ogʻizlarini lang ochib quloq pardalarini portlashlardan omon saqlash, es-hushlari xira tortmasligi umidida bor ovoz bilan qichqyrishar edi. Monteg ham yuziga kelib urilayotgan, lablarini yulqiyotgan, burnidan qon oqizayotgan shamolga jon-jahdi bilan qarshilik koʻrsatib qichqirardi.
Monteg yotgan joyida qalit chang buluti asta-sekin qoplaganini koʻrdi; u bilan zaminni sukunat chulgʻadi. Uning chang zarrasini, har bir oʻt-oʻlanni koʻrib turgandek, har bir shitirlagan tovush, qichqiriq va yangicha dunyoda tugʻilayotgan shivir-shivirni eshitib turgandek tuyuldi. Atrofga nazar tashlash, quloq tutish va
fikrlash, aql va sezgilar bilan yangi kunni anglash uchun zarur boʻlgan sokinlik, u bilan birga xotirjamlik ham olamni chulgʻadi. Monteg daryoga qaradi. Balki, qirgʻoq boʻylab ketarmiz? U, eski temir yoʻl iziga qaradi. Balki, bu yoʻl bilan ketarmiz. Ehtimol, katta yoʻllardan ketarmiz? Endi hamma narsani koʻrib, hammasini eslab qolishimiz uchun vaqtimiz yetarli boʻladi. Keyinroq qachonlardir hamma qoʻrganlarimiz bizda mujassam boʻlgach, bizning soʻzlarimiz va ishlarimizda yana tashqariga chiqadi. Oʻshanda koʻp narsalar notoʻgʻri boʻlishi mumkin, biroq koʻp narsalar toʻgʻri boʻlib chiqsa, ajab emas. Hozir esa yoʻlga tushamiz; toʻxtovsiz yurib dunyo bilan tanishamiz, u qanday yashayotganini, qanday gapirayotganini; bilib olamiz, Endi hamma narsani koʻrgim kelyapti! Koʻrganlarim hali meniki boʻlmasa-da, bora-bora men bilan bir boʻlib qoʻshilib menikiga aylanadi. Atrofingga bir nazar tashla, oldingda yastanib yotgan olamga qara! U senga chuqoʻr singib ketgan, qoningga qoʻshilib , to mirlaringda kuniga million marta aylangandagina unga haqiqiy
ravishda yaqinlashgan boʻlasan. Uni shunday mahkam tutib olayki, boshqa qoʻlimdan chiqib ketadigan boʻlmasin. Axir bir kun u butunlay mening izmimda boʻladi; hozir esa unga barmoqlarimni sal-pal. tekkizib turibman. Bu boshlanishi, xolos. Shamol toʻxtadi. Yana birmuncha vaqt .
Monteg va boshqalar yarim hushsizlik, yarim uyqu, yarim uygʻoqlik holatida oʻrnilaridan turib, yangi kunni minglab tashvishlari va yumushlari — gulxan yoqish, yegulik narsa topish, harakat qilish, yurish, yashashni boshlab yuborishga madorlari yetmay yotdilar. Ular kipriklaridan changni qoqib koʻzlarini pir-pir uchirar edilar. Avval entikib-entikib, tez-tez keyin esa tobora tekis bir maromda nafas olayotganliklari eshitildi.
Monteg oʻrnidan qoʻzgʻalib oʻtirdi. Ammo oʻrnidan azot turishga urinmadi ham., Uning yoʻldoshlari ham jonlanganday boʻlishdi, timqorongʻi ufqda ingichka tong shafagʻi qizarib koʻrinardi. Havoda yomgʻirdan darak beruvchi salqin shabada esardi.
Grenjer indamay oʻrnidan turdi. Nimanidir gʻoʻldirab qoʻl-oyoqlarini paypaslab koʻrdi. Koʻzyoshlari yuzidan oqib tushardi. Zoʻrgʻa qadam bosib, daryo boʻyiga tushdida, oqimning yuqorisiga qaradi.
— Shahardan asar ham qolmabdi, — dedi u uzoq jimliqdan keyin, — hech narsa koʻrinmayapti. Undan kultepa qolibdi, xolos. Shahardan hech narsa qolmabdi, — u yana jim boʻlib qoldi, keyin qoʻshib qoʻydi: — Qiziq, shunday boʻlishini koʻpchilik bilarmidi? Bundan qoʻpchilik gʻaflatda qolmadimikan?
Monteg ham fiqr yuritardi: dunyoning boshqa qismlarida yana qancha shaharlar halok boʻldiykin? Mamlakatimizda qanchasi kunpayakun boʻldi, yuztami, mingtami? Kimdir choʻntagidan qogʻoz parchasi chiqarib, gugurt yoqdi, mashʼalaga bir bogʻ oʻt va bir siqim qurigan barglarni tashlashdi. Keyin shox-shabbalar keltirib, tashlay boshlashdi. Namiqqan shoxlar vishillab chirsillar edi, nihoyat gulxan lop etib yonib atrofga koʻproq issiqlik tarqata boshladi. Quyosh chiqdi. Odamlar ohista daryodan yuzlarini oʻgirib indamay gulxanga yaqinlashib, olovga egildilar. Quyosh nurlari ularning gardaniga kelib tegdi. Grenjer yogʻ tekkan qogʻozni ochib, bir boʻlak tuzlangan choʻchqa goʻshtini chiqardi. . Hozir nonushta qilamiz-da, qeyin orqaga qaytib daryo yoqalab yuqoriga qarab joʻnaymiz. U yerda kerak boʻlib qolarmiz. Kimdir kichikroq tova uzatdi, uni olovning ustiga qoʻydilar. Bir daqiqadan keyin unda ertalabki havoni ishtahani qitiqlaydigan
hidga toʻldirib goʻsht boʻlaklari vishillab sakray boshladi. Odamlar churq etmay bu taomni kuzatib turdilar. Grenjer olovga qaradi.
— Qaqnus, — deb yubordi u bexosdan.
— Nima, nima?
— Qadimgi paytlarda dunyoda esi yoʻq Qaqnus degan qush yashagan ekan. Bir necha yuz yilda u oʻzini gulxanda yoqarkan, U insonga yaqin urugʻdan boʻlishi kerak. Ammo oʻtda kuyib, har gal kuldan qayta tugʻilarkan. Biz odamlar ana shu qushga oʻxshaymiz. Biroq bizning qushdan bir ustunligimiz bor. Biz qanday ahmoqona ish qilib qoʻyganimizni bilamiz. Ming yil, undan ham koʻproq vaqt ichida qilgan hamma ahmoqliklarimizni bilamiz. Hamonki buni bilsak, bularning hammasi yozilgan, orqaga nazar tashlab, bosib oʻtgan yoʻlimizni koʻrish mumkin ekan. Qachonlardir ahmoqona dafn etish gulxanlarini yoqib, oʻzimizni oʻtga tashlashdan tiyilishimizga umid bor. Har bir yangi avlod bizga insoniyatning xatolarini esda saqlaydigan odamlarni qoldiradi.
U tovani olovdan olib, biroz sovishga qoʻydi. Keyin hamma jim, oʻz xayoli bilan oʻzi boʻlib ovqatlanishga kirishdi.
Ular nonushtani tugatib, gulxanni oʻchirishdi. Kimdir gʻoʻyo pushtirang abajurli chiroq piligini burab turganday, kun yorishib borardi. Uchib ketgan qushlar qaytib yana daraxtlarning shoxlarida chugʻur-chugʻur sayray boshladilar.
Monteg yoʻlga tushdi. U shimolni koʻzlab borardi. Orqasiga qarab, boshqalar ham unga ergashib kelayotganini koʻrdi. U ajablanib oʻzini chetga olib Grenjerni oldinga oʻtkazib yubormoqchi edi, u koʻz qirini tashladiyu, boshini silkitib qoʻydi. Monteg ildam olgʻa qarab ketaverdi. U daryoga, osmonga, molxonaga va odamlar shaharni tark etib tun qorongʻisida kelib turadigan pichan-bosilgan bolxonaga eltadigan, oʻt qoplagan, zanglab ketgan izlarga tikildi.
Qachon boʻlmasin bir oy, yarim yil yoki bir yildan keyinmi bular yerdan ungacha oʻtgan odamlarga yetib olmaguncha yakka oʻzi qolsa-da, albatta, oʻtadi…