Anbernic uchun dual sd Garlic OS tayyorlash
Loyihani qo'llab quvvatlash uchub buyerga bosing
- Ishni boshlash
- Operatsion tizimni yuklash
- Kerakli ilovalarni o’rnatish
- OS image yozish
- Disk qismlarini sozlash
- Ikkinchi sdcardni tayyorlash
- O’yin va bioslarni o’rnatish
Retro gaming ishqibozlari uchun anbernic portativ qurilmalari yaxshi yechim hisoblanadi. Kichik o’lchamdagi cho’ntakbop linux mikrokompyuter retroarch yordamida ataridan toki n64 platformalarigacha emulatsiya qilish imkonini beradi.
Men o’yinlar ishqibozi emasman, shunchaki har qanday qurilmalar doimo meni o’ziga mahliyo qilgani sabab bu safar anbernicga ham qiziqib ko’rishga qaror qildim. Bungacha commodore, atari, sony ps va psplarga qiziqib ko’rgandim. Chunki biz birdona python scriptni ishga tushirishga butun boshli server yetkazib berolmayotgan vaqtda akalar butun boshli grafikani 166 MHz taktota va 64Mb xotira ichiga tiqib qo’yishgan, play station ham bir chetda nvidiaga qarab “hold my beer” deb turipti (Sony PSP 64Mb RAM, 166MHz GPU va 2Mb dram bilan jihozlangan. Press F 🫡).
Anbernic boshidan MIYOO konsolining arzonlashgan kloni hisoblanadi. Ammo keyinchalik sifat va talabning oshishi sabab originalidan ko’ra qimmatroq va ko’proq sotiladigan bo’lgan. Bunga asosiy sabab qurilma opensource tomonga yurishi, shuningdek originalidagi barcha romlarni qo’llay olishi sabab bo’lgan. Ya’ni bir liniya ichidagi anbernic qurilmalari uchun judayam ko’p yechimlar va community yig’ilgan.
Mayli mavzudan chalg’imay asosiy maqsadga o’tsam, portativ konsollarning ko’pi RockChip ustiga qurilgan va ularda odatda ikkita sd card slot bo’ladi. Birinchi slot linux os uchun, ikkinchisi o’yinlar va emulatsiya qilinadigan konsollarning instruksiyalarini saqlashga xizmat qiladi. Buning asosiy sababi SD cardlar uzoq muddatli yozishga moslashmagan. Ammo siz konsolni yangi sotib olganingizda u ko’p holda arzon single SD card va stock os bilan keladi. Single SD card o’z navbatida yozish va o’qishni umumiylashtiradi bu esa uning hayotiy sikli qisqarishiga olib keladi. Stock os bo’lsa o’yinlarni emulyatsiya qilish uchun yaxshi tuning qilinmagan. Komunitiy keyinchalik bunga yechim sifatida onion os asosida garlic os tayyorlaydi. Onion bu MIYOO uchun ishlab chiqilgan os bo’lsa, garlic asososan anbernic uchun yoyiladi. Garlic OSda emulyatorlar yaxshi tuning qilinganidan tashqari cpu chastotalari o’zgartirish, GBA o’yinlarni o’qish, o’yinlar ichidan izlash, tarix, o’yin holatini saqlash kabi imkoniyatlar joriy qilingan. Bundan tashqari siz shundoq ham urumchi yerto’lasida chiqqan sd cardni almashtirishingiz to’g’ri keladi. Shu sababli konsol sotib olgan har bir odam bu ishni qilishga majbur.
Ishni boshlash
Birinchi navbatda ishni sifatli sd card sotib olishdan boshlagan maqul, bu uchun ikkita eng yaxshi nomzodlar bor, Sandisk va Samsung, konsol o’zidan qimmatroq tushishi mumkin ammo shunga yarasha sifatli ishlab bera oladi. Shuningdek ROMS (o’yinlar) uchun kattaroq xotiraga SD card sotib olishni unutmang.
Operatsion tizimni yuklash
Ushbu havolaga kirib uning eng quyi qismidan RG35XX-MicroSDCardImage.7z.001 va RG35XX-MicroSDCardImage.7z.002 fayllarini yuklab oling.
Kerakli ilovalarni o’rnatish
Garlic OS uchun sd card tayyorlar vaqtida bir necha amallarni bajarishga to’g’ri keladi, shu sababli ular uchun kerakli utilitalarni oldindan o’rnatib olgan maqul.
- Terminal utilitalar
sudo apt-get install p7zip-full parted fatresize dosfstools rsync
- Balena etcher
OS image yozish
Operatsion tizimni yuklash bosqichida ikkita fayl ko’chirib olindi, ular umumiy arxiv bo’lib 001ni arxivdan chiqarish orqali 002 fayl ham umumiy qo’shiladi. Bu uchun p7zip tarkibidagi 7z utilitasi yordam beradi.
7z x RG35XX-MicroSDCardImage.7z.001
Shundan so’ng sizda garlic.img va README.txt fayllari paydo bo’ladi. garlic.img faylini balenaEtcher orqali SDcard1ga yozing.
Disk qismlarini sozlash
lsblk
buyrug’i orqali Sdcardda umumiy 4ta bo’lim paydo bo’lganini ko’rishingiz mumkin. Ulardan ikkitasini modifikatsiya qilish kerak.
sdb 8:16 1 58.2G 0 disk
├─sdb1 8:17 1 10M 0 part
├─sdb2 8:18 1 512M 0 part
├─sdb3 8:19 1 51M 0 part
└─sdb4 8:20 1 3.2G 0 part
Bunda sdb1 uchun MISC yorlig’ini sozlash, sdb4 uchun esa qayta xotira ajratib ROMS yorlig’ini qo’yish lozim.
Ishni boshlandan avval sdb4 dan backup olish kerak. Bu uchun:
sudo mount /dev/sdb4 /mnt
rsync -avr /mnt/ /backup_path/ #backup_pathni o'zingizga moslang
sudo umount /mnt
sdb4 o’lchamini sd cardning bo’sh qismiga moslash:
sudo parted /dev/sdb
Agarda sizda quyidagidek ogohlantirish chiqsa “Fix” buyrug’ini kiriting:
Warning: Not all of the space available to /dev/sdb appears to be used, you can fix the GPT to use all of the space (an extra 114326124 blocks) or continue with the current setting?
Shundan so’ng sdb4 ni o’chirish:
rm 4
va sdb4 ni qaytadan diskning to’liq bo’sh hajmiga moslab yaratish kerak:
mkpart primary fat32 3.8GB 100%
Ish tugallangach parted dasturidan chiqish:
quit
Qaytadan yaratilgan sdb4 ni fat32 uchun formatlash:
sudo mkfs.vfat -F32 -n ROMS /dev/sdb4
sdb1 va sdb4 uchun yorliqlarni belgilash:
sudo fatlabel /dev/sdb1 MISC
sudo fatlabel /dev/sdb4 ROMS
Yuqoridagi amallar tugallangach backup qilingan ma’lumotlarni sdb4ga qayta tiklash lozim:
sudo mount /dev/sdb4 /mnt
rsync -avr /backup_path/ /mnt/ #backup_pathni o'zingizga moslang
sudo umount /mnt
Ikkinchi sdcardni tayyorlash
Ikkinchi sdcard faqatgina o’yinlar va boot instruksiyalari uchun ishlagani bois ushbu diskni tayyorlash ancha oson kechadi.
Bu uchun shunchaki diskni FAT32 uchun formatlash va backup papkasidan BIOS, Roms papkalarini nusxalanadi.
sudo mkfs.vfat -F32 -n ROMS /dev/sdc1
sudo mount /dev/sdc1 /mnt
rsync -avr /backup_path/BIOS /mnt/ #backup_pathni o'zingizga moslang
rsync -avr /backup_path/Roms /mnt/ #backup_pathni o'zingizga moslang
sudo umount /mnt
Umumiy ish bajarildi, os o’rnatilgan sdcardni qurilmadagi TF1, o’yinlar uchun moslashganini esa TF2 slotlariga joylashtirib bemalol yangi operatsion tizimni yuklab ko’rishingiz mumkin.
O’yin va bioslarni o’rnatish
O’yinlar borasida mening o’quvim pastroq, maksimum gta vice cityda qizlarni o’rash va nega hamma muhandislar DOOM o’yiniga qiziqishini aytib bera olishim mukin xolos. Ammo bu o’yin va bios o’rnatish masalasini qiyinlashtirmaydi.
Tayyor o’yin va bioslarni internetdagi turli saytlardan yuklab olishingiz mukin. Bios fayl ikkinchi sdcardning BIOS papkasiga, o’yin esa konsol turiga qarab Roms papkasiga joylashtiriladi.
Yanada eng oson urumchida ishlab chiqilgan sd carddan BIOS papkasini yangi ikkinchi sdcardga nusxalang, o’yinlarni ham xuddi shu tarzda tabga ko’ra ko’chirishingiz mumkin.