..

Bo'lajak dasturchilar uchun tavsiyalar

Loyihani qo'llab quvvatlash uchub buyerga bosing

Texnologiya - bu yechim emas yechimni qanday topish

Dasturlash tillari kundan kunga ko’payib rivojlanib boryapti. Lekin muammo yechimini bunda deb bilmaslik kerak. Dasturlash tillari bu shunchaki muammoni yechishga yordam beruvchi vositalar xolos.

Aql bu aniqlik dushmani

Kodlashtirish jarayonida har doim kodlarni tushunarli va o’qishga sodda qilib borish kerak. O’z maqsadini aniq ko’rsatadigan kod, qanchalik aqlli bo’lishidan qat’i nazar, noaniq koddan ko’ra qimmatroqdir.

Kodlarni faqatgina kerakli vaqtda yozing

Hal qilmoqchi bo’lgan muammoni yechimini topish uchun iloji boricha kamroq kod yozishga harakat qilish kerak. Ko’pchilik dasturchilar dasturiy ta’minot kelajagini o’ylab kodlarga turli jimjimador qo’shimchalar kiritib ketishadi. Lekin bu qo’shimcha kod hech qanday qiymat bermasada kelajakda ko’p zarar etkazishi mumkin. Kod qancha ko’p bo’lsa, xatolar ehtimoli ham shuncha oshib boraveradi.
Yaxshi dasturiy ta’minot muhandislari, agar kerak bo’lmasa, kod yozmaydi. Buyuk dasturchilar esa iloji boricha ko’proq kodni o’chirib tashlaydilar.

Kodlarga izoh yozish va sharhlash sizga zarar yetkazadi

“Har safar sharh yozganingizda, siz jilmayib, ifoda etish qobiliyatingiz omadsizligini his qilishingiz kerak.” (Bob amaki)

Izohlarsiz yozilgan kod sizga tezkor dasturiy mahorat qo’llanmasi bo’lib xizmat qiladi. Yaxshisi be’mani sharhlar yozishga ketadigan vaqtingizni obyektlarni tuzukroq nomlashga sarflang.

Kod yozishdan oldin nima qilish kerak ekanligini aniqlab oling

Kodlashtirish atrofiya o’ylaganichalik murakkab jarayon emas aslida. Shunchaki kod yozishdan avval aniq maqsadga ega bo’lishni o’zi yetadi. Avvalo muammoni yaxshilab o’rganing, kerakli algoritmni o’ylab xayolan yechimni ko’rganingizda uchun math muharriri oynasiga ko’chirib olish qiyinchilik tug’dirmaydi.

Har kuni yangi narsalarni o’rganing

Agar siz bugun biron bir yangi narsani o’rganmagan bo’lsangiz, siz faqat orqaga siljish qildingiz, men sizni biror narsani unutganingizga kafolat beraman.

Har kuni olgan bilimlaringiz, qilgan kichik yutuqlaringiz vaqt o’tishi bilan qo’shiladi va kelajagingizni aniq belgilab beradi. Agarda keyinroq mukofot olishdan qo’rqmasangiz, bunga hozirdanoq sarmoya kiritishni boshlashingiz kerak.

Dasturchi malakasi oshgani sayin uni dasturidan foydalanuvchilar nodonlashib boraveradi

Siz harkuni yangi narsalar o’rganib o’z bilimizgizni oshirib borishingiz mumkin lekin sizning dasturingizdan foydalanuvchilarning barchasi ham bunday emas. Qachonlarding biror bir matematik misolni javobini topish uchun qog’oz va ruchka orqali aqlda izlangan bo’lsa hozirda bu ishni ko’plab dasturlar shunchaki kamera orqali qila oladi. Bu esa o’z navbatida insoniyat aql tomonidan emas balkim texnologiya tomonidangina kuchayib boryatganini akslantiradi.

Unutmang sizning foydalanuvchilaringiz siz kabi o’ylamasligi yoki kompyuyter qurilmasi oldida as bo’lmasligi mumkin. Shu sabab dasturni har doim sodda, odamlar vaqtini olmaydigan va ularga zarar yetkazmaydigan qilib tuzishga harakat qiling.

Kod yozish daromad topishdan ko’ra qiziqarli jarayon

Mening biznesim dasturiy ta’minotlar ishlab chiqish ortidan lekin buni daromad uchun emas shunchaki o’z ishim va qiziqishim bilan ko’proq shug’ullanish uchun tanlaganman. Tan olib aytaman men o’z sohanimni oilam, o’z yaqinlarim va hayotimdan ham ustun ko’raman.

O’z ishingizni doimo sevishga harakat qiling. Daromad ko’ra olmasangiz ham tunu-kun qilishga tayyor bo’lgan ishingiz bu sizni kelajagingiz hisoblanadi. Agarda sizga kod yozishdan ko’ra odamlarni davolash yoki futbol o’ynash qiziqroq bo’lsa o’z sohangizni almashtirishga hozir ham kech emas. Daromadni har qanday sohada istagancha topish mumkin.