..

Umr, asablar, sog'liqdan voz kechishga tayyormisiz? Unda dasturlash sohasiga marhamat

Loyihani qo'llab quvvatlash uchub buyerga bosing

Faqat bir necha qo’shimcha shartlar ham bor:

Ko’pchilik soha haqida endi eshitganlar yoki yangi kirib kelmoqchi bo’lganlar doimo moliya tomonidan nazar solishadi. Hammani xayolida dasturlash sohasidan soqqani bosib yerni bir joylarida dam olish simpatiyasi.

Yo’q aslida bu soha siz o’ylaganchalik oson emas. Faqatgina tabiat evolutsiyasi kabi kuchliklargina yashab qola oladi xolos. Soha doirasi juda ham mayda qismlarga bo’linib ketganki hattoki ko’p yillik tajribaga ega mutaxassislar ham to’laqonli bir biridan xabardor bo’la olmaydi ba’zida.

Qaysidir markazga yoki shu soha odamiga uchrashib men IT o’rganaman deyishdan avval ushbu soha doirasiga nimalar kirishi haqida bir nazar internetdan qidirib oling. Shuni o’zi dasturlashga birinchi qadam bo’la oladi.

Marketologlarning ITni o’rgansang millionlar topasan degan gapiga tupuring. Ovora bo’lmang yaqin 5-10 yillikda O’zbekistonda tasavvuringizdagi daromadni ko’ra olmaysiz. Hozircha faqatgina soha rivoji uchun hissa qo’shishingiz mumkin xolos. Ishonavering bir necha yillik tajribamga asoslanib aytiyapman. Mijozning namuncha qimmat, shu ishga shunchami, men kechgacha g’isht quyib shuncha pul topmayman degan gaplaridan bezor bo’lasiz hali.

Qo’rquv va do’stlardan voz keching.

Dasturlash umuman olganda muhandislik sohasi qo’rqoqlarni yoqtirmaydi. O’zingizni sinash uchun kubik-rubikni olib ranglarni terishga harakat qilib ko’ring agar qaysidir rangni joyini almashtirish uchun boshqasini buzishdan qo’rqsangiz sizdan dasturchi chiqmaydi.

Barcha dasturchilar tavakkallar asosida ishlashadi. Mijozdan har doim ham siz kutgan murakkablikdagi buyurtma kelavermaydi. Bilim darajangizdan ortiqlari ko’proq uchraydi va ish jarayonida malakani oshirib ketishga sabab bo’ladi. Aynan shu joyida qo’rqoqlik sizga to’sqinlik qilishi mumkin.

Bemani do’stlar alohida masala. Esingizdan chiqarmang barcha sheriklariz tungi klublarda kayfu safoda yurganda siz kompyuter oldida kod yozib o’tirishga majbursiz. Kezi kelsa sutkalab uxlamaslikka ham tayyor bo’lishingiz kerak. Bu orada sekin-sekin ulardan ajralishga majbur bo’lasiz. Keyinchalik interovertga ham aylanishingiz tabiiy holat.

Salomatlik tushunchasi dasturchida bo’lmaydi.

Sog’lom dasturchini topishga umid bog’lagandan ko’ra yoshlar ittifoqini foydali ish qilishiga ishonish osonroq. Masalan meni o’zimda ayni damda skolioz, orqa miyya shishishi, tug’ma introvertlik sabab ottirilgan asperger sindromlari mavjud. Ko’plab kasbdoshlarimda yurak muammosidan boshlab boshqa bir kasalliklargacha ko’p kuzatganman.

Bunga asosiy sabab ish rejimini aniq shakli mavjud emasligida. Na bir ovqatlanish na hojatga qatnash vaqtida bo’ladi.

Surishga tayyorlaning.

Siz jamiyatga keraksiz odamsiz va bu holatni normal qabul qila olishingiz kerak.

Sinoni quvib, Nasimiy terisini shilib, Mashrabni dorga osib, Ulug’bekni o’ldirganlar nabiralaridan Amrikocha reaksiya kutishga shoshilmang. Zamon o’zgargandir, makon hali-hamon joyida.

Shu o’rinda aytib o’tish kerakki sizni har doim foydalanuvchini tushunmaslik muammosi ham taqib qiladi.

Mijoz hech qachon fikrini sizni tilingizda tushuntira olmaydi, ba’zilari hattoki o’zi nima xohlayotganidan ham bexabar. Siz ham har doim mijozga uni tilida tushuncha bera olmaysiz. Ko’nikmalar sabab orada har doim jarlik bo’lishiga ko’nikishingiz kerak.

Ba’zi bir holatlarda mijozni tushunish uchun uni ish faoliyatini o’rganishingizga ham to’g’ri keladi.

Vaqt haqida unuting

2+1 rejimini dasturchi tajribasini yaxshi oshiradi. Ya’ni ikki yil ta’lim va bir yil tekinga ishlash (Tekinga ishlashni o’zi ko’pchilikni o’ylantirib qo’yadi).

Dasturlashdagi yana bir katta muammolardan biri ikki yillik ta’lim sizga ikkinchi yilning oxirida eskilik qila boshlaydi. Soha shu darajada tez rivojlanadiki to’laqonli yangilanishlar bilan yurishga ulgura olmay qolasiz. Dasturlash tillari, freymvork va ko’plab utilitalarning kuniga yangi verisalaridan xabardor bo’lishga majburisiz. Bularni doimiy kuzatish va o’rganishga esa yana qo’shimcha vaqt sarflashingiz kerak. Yuqorida aytilgan do’stlardan kechishga yana bir sabab topilmoqda.

Robototexnika yanada murakkabroq

Ushbu soha o’zining doirasiga bir vaqtning o’zida elektronika va dasturlashdan xabardor bo’lishni talab etadi. Dasturlashni bir amallash mumkin lekin elektronika har doim ham atrofdan qaragandek oson bo’lavermaydi. Bu soha xatoliklarni kechirmaydi. Elektron plata tahrirlash oynasidagi kodlar emas istalgan payt o’zgartirish kiritsa bo’laveradigan. Har bir detal, uning ish prinsipi, qo’llanishi kabilardan chuqur ma’lumotga ega bo’lishni talab etadi. Nazariya va amaliyotni teng ravishda olib ketishga majbursiz.

Zamondan orqada qolganmisiz birad elektronika uchun oldindan tekshirishga virtual simulatorlar borku deyishga shoshilmang. Simulator va reallik umuman boshqa boshqa effektlarni beradi shuni o’zi sizni detallar qurshovida qoldirishga majbur qiladi. Kezi kelsa birgina kondensatorning yo’qligi sabab tizim kodlari xato ishlashigacha kuzatganmiz.

Shu sabab ham robototexnika sizda yanada ko’proq ko’nikmalarni talab qiladi. Lekin yaxshi yangilik ham bor. Dasturchining hayotini elektronika sohasi hal qiladi.

Aqlan sog’lom inson uchun dasturlash sohasi tafsiya berilmaydi

Yuqoridagilar xamir uchidan patir xolos. Debug, mijozning shang’illashi, amakilarning tez-tez yaxshimisiz? uydagilar tinchmi degan savollari kabi yana bir olam muammolar bor bu sohada.

Aqldan ozmagan bo’lsangiz yaxshisi o’zingizga boshqa soha topganingiz maqul.

To’rtburchak ekrandagi xatlarga tikilib umr va sog’liqni sarflashga tayyor jinnilar uchun hammasi mojna atak.