Kompyuter tarixi
Loyihani qo'llab quvvatlash uchub buyerga bosing
- Abak
- Napier shkalasi
- Paskal g’ildiragi
- Leybnits g’ildiragi yoki pog’onali baraban
- Farqlar mashinasi
- Analitik mashina
- Tabulyator
- Differensial tahlilchi
- Mark I
- Kompyuter avlodlari
Birinchi sanoq moslamalaridandan ibtidoiy odamlar ham foydalangan. Ular sanoq asboblari sifatida tayoq, tosh va suyaklardan foydalanishgan. Vaqt o’tishi bilan inson aqli va texnologiyasi takomillashgani sayin, ko’proq hisoblash qurilmalari ishlab chiqildi. Birinchisidan so’nggigacha bo’lgan mashhur hisoblash qurilmalarining ba’zilari quyida tavsiflanadi:
Abak
Kompyuterning tarixi birinchi kompyuter deb hisoblangan abakusning tug’ilishi bilan boshlanadi. Taxminan 4000 yil oldin xitoyliklar Abakusni ixtiro qilgani aytiladi.
Abak yog’och taxtacha ustiga o’rnatilgan metall tayoqchalar va tayoqchalarga terilgan munchoqlardan iborat hisoblash qurilmasi . Munchoqlar shartli operatorlar tomonidan arifmetik hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun ma’lum qoidalarga muvofiq harakatlantiriladi.
Abakus hozir ham Xitoy, Rossiya va Yaponiya kabi ba’zi mamlakatlarda qo’llaniladi. Ushbu vositani tuzilishini quyidagi rasmda ko’rishingiz mumkin:
Napier shkalasi
Bu qo’lda boshqariladigan hisoblash moslamasi bo’lib, uni Merchistonlik Jon Nepier (1550-1617) ixtiro qilgan. Ushbu hisoblash vositasida u amallarni bajarish uchun fil suyagidan foydalangan. Shu sababli moslama “Napier suyaklari” nomi bilan mashhur bo’lgan. Moslama o’nli kasrni ishlatgan birinchi mashina sifatida ham tarixda qolgan:
Paskal g’ildiragi
Paskal arifmetik mashinasi 1642-1644 yillarda Fransuz olimi Biaz Paskal tomonidan ixtiro qilingan. Mashina birinchi mexanik va avtomatik kalkulyator sifatida tarixda qolgan.
Paskal bu mashinani soliq hisobchisi bo’lgan otasiga yordam berish uchun ixtiro qilgan. U faqat qo’shish va ayirish amallarini bajarishi mumkin edi. Moslama tishli va g’ildiraklar to’plamiga ega yog’och qutidan iborat bo’lgan. G’ildirak bir aylanish aylantirilsa, u qo’shni g’ildirakni aylantiradi. Umumiy ma’lumotlarni o’qish uchun g’ildiraklarning yuqori qismida bir qator oynalar berilgan.
Leybnits g’ildiragi yoki pog’onali baraban
Ushbu mashinani 1673-yilda nemis matematik-falsafashunosi Gotfrid Vilgelm Leybnits ishlab chiqqan. U ushbu mashinani ishlab chiqish uchun Paskal ixtirosini takomillashtirgan. Bu raqamli mexanik kalkulyator bo’lib, uni pog’onali hisoblagich deb atashgan, chunki u tishli mexanizmlar o’rniga nayli barabanlardan qilingan.
Farqlar mashinasi
1820-yillarning boshlarida “Zamonaviy kompyuterning otasi” sifatida tanilgan Charlz Bebbij tomonidan ishlab chiqilgan oddiy hisob-kitoblarni bajara oladigan mexanik kompyuter. Bu logarifm jadvallari kabi raqamlar jadvallarini echish uchun mo’ljallangan, bug’ bilan boshqariladigan hisob mashinasi edi.
Analitik mashina
Ushbu hisoblash mashinasi ham 1830 yilda Charlz Bebbij tomonidan ishlab chiqilgan. Bu kirish sifatida perfokartalardan foydalangan mexanik kompyuter edi. U har qanday matematik masalani yechish va axborotni doimiy xotira sifatida saqlashga qodir bo’lgan.
Tabulyator
1890 yilda amerikalik statistik German Gollerit tomonidan ixtiro qilingan perfokartalarga asoslangan mexanik hisoblash mashinasi edi. Qurilma statistik ma’lumotlarni jadvalga kiritishi, ma’lumotlarni yozib olishi yoki saralash imkoniga ega edi. Ushbu mashina 1890 yilgi AQSh aholisini ro’yxatga olish jarayonida ishlatilgan. Gollerit shuningdek, Hollerith’s Tabulating Machine kompaniyasiga asos soldi, keyinchalik 1924-yilda kompaniya International Business Machine (IBM) ga o’zgartirildi.
Differensial tahlilchi
Vannevar Bush tomonidan ixtiro qilingan analog qurilma 1930 yilda Qo’shma Shtatlarda taqdim etilgan birinchi elektron kompyuter. Ushbu mashinada hisob-kitoblarni amalga oshirish jarayonida elektr signallarini almashtirish uchun vakumli trubkalar ishlatilgan. Qurilma bir necha daqiqada 25 ta hisobni amalga oshirishi mumkin edi.
Mark I
Kompyuter tarixidagi navbatdagi katta o’zgarishlar 1937 yilda Govard Eyken katta sonlarni o’z ichiga olgan hisob-kitoblarni bajara oladigan mashinani ishlab chiqishni rejalashtirganida boshlandi. 1944 yilda Mark I kompyuteri IBM va Garvard o’rtasida hamkorlik sifatida qurilgan birinchi dasturlashtiriladigan raqamli kompyuter edi.
Kompyuter avlodlari
Kompyuter avlodlari vaqt o’tishi bilan kompyuter texnologiyasining o’ziga xos yaxshilanishini anglatadi.
1946 yildan hisoblashlarni amalga oshirish elektron sxemalarga murojaat qilindi. U avvalgi hisoblash mashinalarida hisoblash uchun ishlatiladigan tishli g’ildiraklar va boshqa qismlarni almashtira oldi.
Har bir yangi avlodda sxemalar oldingi avlod sxemalariga qaraganda kichikroq va rivojlangan bo’ladi. Ixchamlashtirish kompyuterlarning tezligi, xotirasi va quvvatini oshirishga yordam berdi. Quyida kompyuterlarning besh avlodi haqida tushuncha olishingiz mumkin:
Birinchi avlod kompyuterlari
Birinchi avlod kompyuterlari (1946-1959) sekin, ulkan va qimmatbaho bo’lgan. Ushbu kompyuterlarda vakuumli trubkalar markaziy protsessor va xotiraning asosiy komponentlari sifatida ishlatilgan, qurilma faoliyati asosan paketli operatsion tizimga va perfokartalarga bog’liq bo’lgan. Bu avlodda chiqish va kiritish qurilmalari sifatida magnit va qog’oz lentalar ishlatilgan.
Mashhur birinchi avlod kompyuterlaridan ba’zilari;
- ENIAC (elektron raqamli integrator va kompyuter)
- EDVAC (elektron diskret o’zgaruvchan avtomatik kompyuter)
- UNIVACI (Universal avtomatik kompyuter)
- IBM-701
- IBM-650
Ikkinchi avlod kompyuterlari
Ikkinchi avlod (1959-1965) tranzistorli kompyuterlar davri edi. Bu kompyuterlarda arzon, ixcham va kam quvvat sarflaydigan tranzistorlardan foydalanilgan. Birinchi avlod kompyuterlariga qaraganda tranzistorli kompyuterlarni tezroq ishlab chiqarildi.
Ikkinchi avlodda asosiy xotira sifatida magnit yadrolar, ikkinchi darajali xotira sifatida esa magnit disk va lentalar ishlatilgan.
Ushbu kompyuterlarda assembler, cobol va fortran kabi dasturlash tillari hamda paketli ishlov berish uchun multidasturlash operatsion tizimlari ishlatilgan.
Mashhur ikkinchi avlod kompyuterlarining ba’zilari:
- IBM 1620
- IBM 7094
- CDC 1604
- CDC 3600
- UNIVAC 1108
Uchinchi avlod kompyuterlari
Uchinchi avlod kompyuterlarida tranzistorlar o’rniga integral mikrosxemalar (IC) ishlatilgan. Bitta integral mikrosxema ichida juda ko’plab tranzistorlar joy olgani sabab ushbu avlodning quvvati oshdi va xarajatlarni kamaydi. Kompyuterlar ham ishonchli, samarali va o’lchamlari kichikroq bo’ldi.
Bu avlod kompyuterlari operatsion tizim sifatida masofaviy ishlov berish, vaqt almashish, multi-dasturlashdan foydalanganlar. Shuningdek, bu avlodda FORTRON-II TO IV, COBOL, PASCAL PL/1, ALGOL-68 kabi yuqori darajadagi dasturlash tillaridan foydalanilgan.
Mashhur uchinchi avlod kompyuterlaridan ba’zilari:
- IBM-360 series
- Honeywell-6000 series
- PDP(Personal Data Processor)
- IBM-370/168
- TDC-316
To’rtinchi avlod kompyuterlari
To’rtinchi avlod (1971-1980) kompyuterlarida juda katta masshtabli integral (VLSI) sxemalar ishlatilgan. Mikrosxema millionlab tranzistorlar va boshqa elektron elementlarni o’z ichiga olgan. Ushbu chiplar to’rtinchi avlod kompyuterlarini yanada ixcham, kuchli, tez va arzonroq qildi. Bu avlod kompyuterlari real vaqt, vaqt almashish va taqsimlangan operatsion tizimdan foydalangan. Bu avlodda C, C++, DBASE kabi dasturlash tillaridan ham foydalanilgan.
Mashhur to’rtinchi avlod kompyuterlarining ba’zilari:
- DEC 10
- STAR 1000
- PDP 11
- CRAY-1(Super Computer)
- CRAY-X-MP(Super Computer)
Beshinchi avlod kompyuterlari
Beshinchi avlod kompyuterlarida (1980 yildan hozirgacha) VLSI texnologiyasi ULSI (Ultra Large Scale Integration) bilan almashtirildi. Bu o’n million elektron komponentli mikroprotsessor chiplarini ishlab chiqarish imkonini berdi. Ushbu avlod kompyuterlari parallel ishlov berish apparati va AI (sun’iy intellekt) dasturiy ta’minotidan foydalana oladi. Bu avlodda C, C++, Java, .Net va boshqalar dasturlash tillaridan foydalaniladi.
Ba’zi mashhur beshinchi avlod kompyuterlari:
- NoteBook
- UltraBook
- ChromeBook