Retrogaming uchun retropie sozlash
Loyihani qo'llab quvvatlash uchub buyerga bosing
- Bu nima uchun kerak
- Ishni boshlash
- Lokalizatsiya sozlamalari
- RetroPieni o’rnatish
- O’yin (rom)larni o’rnatish
Retro gaming ishqibozlari uchun avvalroq Anbernic qurilmasini sozlash haqida yozgan edim. Bugun esa sizlar bilan odatiy mikro kompyuter yoki boshqa turdagi kompyuterni retro gaming konsolga aylantirish ustida ishlaymiz.
Bu nima uchun kerak
Avvalo retrogaming yoshlikdagi nostalgiya bo’lgan sega va dendy davrlarni eslash uchun yaxshi omil hisoblanadi. Shuningdek portativ qurilmalar doim ham barcha o’yinlarni qo’lllay olish imkoniyatiga ega emas. Ba’zan ularda kerakli resurslar cheklangan bo’lishi mumkin. Ayniqsa psp yoki nintendo64 o’yinlari yetarlicha resurs talab qiladi. Shu sababli ush bu usul sizga ancha qo’l keladi.
Ishni boshlash
Retropie asosan mini kompyuter qurilmalarida ishlashga moslashgan, ammo kodlardan qayta qurish orqali uni istalgan linux mashinasida ishga tushirishingiz mumkin. Ushbu shell retroarch ustida qurilgani bois sizdan juda ham ko’p e’tibor talab qilmaydi bu boradi. Ammo tavsiya qilgan bo’lardimki bunday ishlar uchun sizga debian distributivi ancha qo’l keladi.
Avvalo quyidagi buyruq orqali oxirgi yangilanishlarni ovolish lozim:
sudo apt update && sudo apt upgrade
Lokalizatsiya sozlamalari
Agarda sizda raspberry pi bo’lmasa ushbu bandni o’tkazib yuborishingiz mumkin. Lekin boshqa mashinada ham sozlash zararga ishlamaydi.
Lokalizatsiya sozlamalari uchun tizimni en_US.UTF-8
standartiga moslashimiz kerak.
sudo nano /etc/locale.gen
Yuqoridagi fayldan ushbu bandni topib uning oldidagi #
belgisini olib tashang. Agarda sizda en_GB
yoniq bo’lsa uni o’chiring.
#en_US.UTF-8 UTF-8
Shundan so’ng lokatsizatsiyani qayta generatsiya qiling
sudo update-locale LANGUAGE="en_US:en
sudo update-locale LC_ALL=en_US.UTF-8
sudo locale-gen
Yuqoridagi amallar bajarilgach operatsion tizimni o’chirib yoqish lozim:
sudo reboot
RetroPieni o’rnatish
Maqola boshida aytilganidek retropieni dastur kodlarida yig’ish lozim, shu sababli bu jarayonga kerakli instrumentlarni o’rnatib olish kerak avvalo.
Kerakli dasturlarni o’rnatish:
sudo apt install git lsb-release
Retropie kodlarini olish:
git clone --depth=1 https://github.com/RetroPie/RetroPie-Setup.git
Kodlar yuklab olingach retropie papkasiga o’tib instalyator faylini ishga tushirishga ruxsat berish lozim:
cd RetroPie-Setup
chmod +x retropie_setup.sh
Shundan so’ng installyator scriptini ishga tushiring:
sudo ./retropie_setup.sh
Agarda sizda x64 tizim bo’lsa bash script sizni bu jarayon haqida ogohlantiradi. Bu holatni o’tkazib yuborish uchun ok tugmasin bosing:
Shundan so’ng “Basic install” bo’limini tanlab “Yes” tugmasin bosasiz
O’rnatish jarayoni boshlangach bu jarayon yarim soatdan toki bir soatgacha vaqt olishi mumkin. Sizdan qilish kerak bo’lgan yagona ish bu kutish:
O’rnatish jarayoni tugallangacha sudo ./retropie_setup.sh
faylini qayta ishga tushiring va Configuration / tools
bo’limidan autostart
, bashwelcometweak
hamda Start Emulation Station at boot
qismlarini yoqib qo’ying
Autostart uchun yoqish
bashwelcometweak
ni yoqish
O’yin (rom)larni o’rnatish
O’yinlarni o’rnatish juda oson bu uchun ~/RetroPie/roms/
papkasi ichida joylashgan kerakli emulyator ichiga o’yin faylini ko’chirib qo’yishingiz kerak.
Agarda sizda siz Sony psp o’yinlarini ishga tushirmoqchi bo’lsangiz bu uchun sizga qo’shimcha ppsspp
moduli talab qilinadi. Avvalo modulni o’rnatib ~/RetroPie/roms/psp
papkasiga o’yinni ko’chirib qo’ying.
Barcha amallar bajarilgach qurilmani o’chirib yoqing:
sudo reboot